Leksik-semantik usul bilan fe’llarning ko‘chma ma’nolari hosil
bo‘ladi. M.: Bu gapni biror joyda gullab qo‘yma.
Fonetik usul yordamida artmoq-archmoq, tizmoq-chizmoq
juftliklarining ikkinchisi hosil bo‘lgan.
Affiksastiya fe’l yasalishining eng mahsuldor usuli hisoblanadi. Bu
usul bilan o‘zbek tilida fe’l bo‘lmagan so‘zlardangina (5 ta mustaqil
va 3 ta alohida so‘z turkumidan) fe’llar yasaladi:
1. Otdan: qonamoq, ishlamoq, ko‘zikmoq, suvsamoq.
2. Sifatdan: oqarmoq, pasaymoq, qisqarmoq, garangsimoq.
3. Sondan: birikmoq, ikkilanmoq.
4. Olmoshdan: mensimoq, sizlamoq, sensiramoq.
5. Ravishdan: kechikmoq, ko‘paymoq, tezlashmok.
6. Modal (ma’noli) so‘zdan: yo‘qlamoq, yo‘qotmoq, yo‘qolmoq.
7. Undov so‘zdan: dodlamoq, voyvoylamoq.
8.Taqlid
so‘zdan:
gumburlamoq,
shildiramoq,
yaltiramoq,
miltillamoq.
Unutmang: Qushimcha qushish yo‘li bilan otdan ot, sifatdan sifat,
ravishdan fe’l yasaladi, lekin fe’ldan fe’l yasalmaydi!
Fe’l yasovchi qo‘shimchalar
- a: otdan – yosh – yasha, osh – osha, qon – qona, son – sana,
tun – tuna, yo‘l – yo‘la, o‘yin – o‘yna;
sifatdan – qiyin – qiyna, bo‘sh – bo‘sha;
taqlid so‘zdan – g‘ildira, shildira, hilpira, guldura;
- an: otdan (unumsiz) – kuchan;
- i: otdan – changi, ranji;
sifatdan – tinchi, boyi;
- illa: taqlid so‘zdan – zirilla, chirqilla, guvulla, lovulla;
- ik: otdan – ko‘zik;
sondan – birik;
ravishdan – kechik;
- ir// - ur: otdan – gapir, tupur;
ravishdan – ko‘pir;
taqlid so‘zdan – tupur ( “ tuf “ so‘zidan);
- ira: taqlid so‘zdan – yarqira, sharqira, yaltira, zirqira;
- ka: otdan ( unumsiz ) – iska;
- la: otdan – gulla, yog‘la, ishla, arrala, egovla, mog‘orla,
134
bolala, zangla, egalla, ko‘zla, bog‘la, boshla,
yo‘lla;
Do'stlaringiz bilan baham: |