Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Ulardan soʻng, albatta, zamon, shax-son qoʻshimchalari bo‘lishi shart


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Ulardan soʻng, albatta, zamon, shax-son qoʻshimchalari bo‘lishi shart. 
 
Yodda tuting. Majhul nisbat qo‘shimchalari ko‘makchi fe’lli so‘z 


142 
qo‘shilmasida doim ko‘makchi fe’lga qo‘shilib keladi. M.: aytib 
o‘t+il+di, ta’kidlab qo‘y+il+di. 
Unutmang. O‘lik va majhul nisbatining qo‘shimchalari o‘zaro 
shakldoshdir. 
M.: 
yuv+in+di(oʻzlik) 
– 
ol+in+di(majhul), 
choʻm+il+di(o‘zlik) – bajar+il+di(majhul). 
 Bular harakat-holatning bajaruvchisini aniq ifodalash-ifodalamasligiga 
ko‘ra farqlanadi. O‘zlik nisbatda harakat-holat bajaruvchining o‘zida 
qoladi va bu bajaruvchini aniqlash uchun kim? yoki nima? so‘rog‘i 
beriladi. Majhul nisbatga kim tomonidan? nima tomonidan? so‘roqlari 
beriladi. M.: yuvildi, aytildi; yuvindi, tarandi.
 
Yodda tuting. Ta’kidlash lozimki, ayrim fe’llarning o‘zlik yoki 
majhul nisbatdaligi matnda farqlanadi. Masalan, yozilmoq soʻziga 
qarasak. Umida to‘garakka yozildi. - Kim yozildi? –Umida. 
O‘zlikda. Xat yozildi. Kim tomonidan? Ma’lum emas. Bola 
onasining etagiga osildi. – Kim osildi? – Bola. O‘zlikda. Xona 
eshigiga parda osilgan. – Kim tomonidan? – Ma’lum emas. 
Birgalik nisbat 
Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat 
holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi.
Qo‘shimchasi: -sh/ish: o‘qi+sh+di, bajar+ish+di, ishla+sh+di, 
o‘yna+sh+di. 
Ba’zi manbalarda birgalik nisbat qoʻshimchasi ayrim so‘zlar 
tarkibida takror qo‘shilib kelishi qayd qilinadi. M.: ayt+ish+ish+di, 
ko‘r+ish+ish+di. 
Qushlar uni yaxshi ko‘rishib, mayna deb ism qo‘yishibdi. Demak, 
birgalik nisbatda harakat-holatning bajaruvchisi bir nechta bo‘lar 
ekan.
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling