Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

O‘zlik nisbat 
 
Bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat yo holatni 
ifodalaydigan fe’lga o‘zlik nisbat deyiladi. 
 
Halima juda ozoda kiyinadi. Sobir masalani yechishga qiynaldi. 
Qo‘shimchalari: 
-n/-in: 
tara+n+di, suya+n+di, o‘pkala+n+di, ko‘r+in+di, 
yuv+in+di, art+in+di, kiy+in+di, maqta+n+di.
-l/-il: qiyna+l+di, bo‘g‘+il+di, tug‘+il+di, tani+l+moq, ayr+il+moq, 
ot+il+moq, cho‘m+il+moq. 
-sh/-ish: joyla+sh+moq, ker+ish+moq, qor+ish+moq.
 
Yodda tuting. O‘zlik nisbati qoʻshimchalari ko‘makchi fe’lli so‘z 
qo‘shilmalarida doim yetakchi fe’l tarkibiga qo‘shilib keladi. M.: 
yuv+in+ib ol, art+in+b ol, tayyorla+n+ib yurMuammo yig‘ilib qoldi
 
EHTIYOT BO‘LING
O‘lik nisbati qo‘shimchalari quyidagi fe’llarga 
qo‘shila olmaydi: 1) ayrim o‘timli fe’llarga: o‘qi, ek, hayda, min, 
kes, sug‘or, hidla, ko‘r, angla, beza; 2) ayrim o‘timsiz fe’llarga: 
yugur, bor, chiq, qayt, kel, uxla, baqir, yayra. 
 
Majhul nisbat
 
Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni anglatgan fe’lga 
majhul nisbat deyiladi.
• Bu nisbatda harakat holatni bajaruvchi shaxsga emas, balki 
bajariladigan narsaga e’tibor qaratiladi. 
• Majhul nisbat eng ko‘p rasmiy-idoraviy uslubda ishlatiladi. 
Qo‘shimchalari: 
-n/-in: tozala+n+di, takrorla+n+di, egalla+n+di, egarla+n+di, 
ol+in+di, taklif qil+in+di, vayron qil+in+di. 
-l/-il: o‘qi+l+di, so‘ra+l+di, yasa+l+di, hayda+l+di, ber+il+di, 
tushir+il+di, art+il+di, yur+il+di. 
 Majhul nisbat qoʻshimchalari mutlaqo soʻz oxirida kelmaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling