Ega ergash gap. M.: Kim birovga choh qazisa, unga o‘zi
yiqiladi.
Aniqlovchi ergash gap. M.: Siz qaysi kitobni o‘qi desangiz, men
shu kitobni o‘qiyman.
To‘ldiruvchi ergash gap. M.: Nimani so‘rasangiz, shunga
javob beraman.
Hol ergash gap. M.: Agar kishi halol mehnat qilsa, u shon-
shuhrat qozonadi.
Yodda tuting! Agar -sa shart mayli ergash gap kesimida
kelsa, bunday kesim nomustaqil kesim sanaladi. Tugal fikr
ifodalamaydi, chunki gap yakka holda qo‘llanilmaydi.
Buyruq-istak mayli
I shaxs. Birlik: -y, -ay, -(a)yin: o‘qi/y, bor/ay, bor/ayin;
Ko‘plik: -ylik, -aylik: o‘qi/ylik, bor/aylik
II shaxs. Birlik: “nol” -gin, -gil: o‘qi, bor, o‘qi/gin, bor/gin, o‘qi/gil,
bor/gil
Ko‘plik: -ng, -ing, -inglar, -laring: oʻqi/ng, bor/ing,
oʻq/inglar, borlaring
III shaxs. Birlik: -sin: o‘qi/sin, bor/sin
Ko‘plik: -sin(lar): o‘qi/sinlar, bor/sinlar
BILIB OLING! Harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik
haqidagi buyruq (yoz, kel), istak
(o‘qiy, kiray, boraylik), maslahat
(o‘qigin) ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq istak mayli
sanaladi.
Ta’kidlash lozimki, buyruq-istak maylini hosil qiluvchi
qo‘shimchalar bifunksional qo‘shimchalar sanaladi, ya’ni mazkur
qo‘shimchalar buyruq-istak maylini ifodalash bilan birga harakat va
152
holatni bajaruvchi shaxs va uning sonini ham ko‘rsatadi. M.:
(Biz)Suhbat aylaylik, (Sizlar)kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar.
Buyruq-istak maylidagi fe’llar ifodalaydigan ma’nolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |