Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


I Shaxs. A. Birlik shakli


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

I Shaxs. ABirlik shakli:  1. Soʻzlovchining istagini ifodalaydi
M.: Men ham test yech/ay
2. Iltimos ma’nosini ifodalaydi. M.: Kitobni oʻqib tur/ay
3. II shaxsga qarata qat’iy buyruq, do‘q-po‘pisa ma’nosini 
ifodalaydi. M.: Qaytib bu yerda qorangni ko‘rma/y
4. -ayin shakli iltimosni, yalinishni kuchaytirib keladi. M.: Men 
ham o‘yinga kirayin. 
B. Ko‘plik shakli: 1. Maslahat, istak ma’nosini ifodalaydi. M.: 
Bolalar, guruhimiz bilan sayohatga bor/aylik. 
2. Umumshaxsga, ya’ni barchaga chaqiriq – da’vat ma’nosini 
ifodalaydi. M.: Yurtimiz ravnaqi uchun o‘z hissamizni qo‘shaylik. 
II Shaxs.  
A. Birlik shakli: 
Bilib oling!  Fe’lning zamon, shaxs-son qoʻshimchalarisiz qismi
II shaxs (birlik) buyruq-istak maylini ifodalaydi. M.: yugur, ko‘r, 
o‘tir. 
Bu qismga buyruq-istak ma’nosini kuchaytirish uchun -gin
qo‘shimchasini qo‘shish mumkin, shuning uchun bu ikki shakl 
ma’nodosh sanaladi. M.: uchgin, ko‘rgin, o‘tirgin,. 
1. Maslahat ma’nosini ifodalaydi. M.: Do‘stim, koʻproq test 
ishla. Sinalmagan otning, sirtidan oʻtma. 
2. Sof buyruqni ifodalaydi. M.: Kun bo‘yi g’aflat bosib uxlama, 
sergak bo‘l. 
 
B. Ko‘plik shakli. Bu shaxs ham maslahat, buyruq 
ma’nolarini ifodalaydi. 
Eslatma. II shaxs koʻplik -laring  shakli tinglovchiga nisbatan 
hurmatsizlikni ifodalaydi. M.: Stulchamizni berlaring. 
 
III Saxs. Bu shaxsda buyruq, maslahat to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, 
bilvosita II shaxs vositasida yetkaziladi. Bu shakl ham buyruq
maslahat, koʻplik shakli ayni paytda hurmat ma’nosini ifodalab keladi.
M.: Nigora mavzularni o‘zlashtirib kelsin. Buvim kelsinlar. 
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling