Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Fe’l mayllarining ko‘chishi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Fe’l mayllarining ko‘chishi 
Fe’l mayllari nutq jarayonida, matnda bir-birining o‘rnida kela 
oladi. Ketdik bu yerdan. Izoh: Shaklan xabar, mazmunan buyruq-
istak maylida ( ketaylik). Vada berdingmi, bajar. Izoh: Shaklan  


153 
xabar, mazmunan shart maylida va’da bersang, bajar). Mehnatni 
ular qilsin-u, foydani biz koʻraylik. Izoh: Shaklan buyruq-istak 
maylida, mazmunan  xabar maylida. 
 
Shaxs-son kategoriyasi 
 
Fe’ldan ifodalangan harakat va holatni bajaruvchi shaxsni 
bildirib, fe’lni kesim sifatida shakllantiruvchi, ega bilan bog‘lab 
keluvchi shakllar  shaxs-son shakllari sanaladi. 
Men bu yo‘ldan necha bor qishlog‘imga o‘tganman. 
 
O‘zbek tilida harakat va holatni bajaruvchi shaxs 3 ta: 
I shaxs – so‘zlovchi; 
II shaxs – tinglovchi; 
III shaxs – o‘zga. 
 
Shaxs ma’nosi maxsus qo‘shimchalar vositasida ifodalanadi. 
Yoza + man  I shaxs – birlik. Yoza + miz  I shaxs – koʻplik 
Yoza + san II shaxs – birlik. Yoza + siz II shaxs – koʻplik 
Mazkur qo‘shimchalar nafaqat shaxsni, balki harakat va holatni 
bajaruvchi shaxslar sonini ham ko‘rsatadi. 
Bilib oling! Fe’lning shaxs-sonda ifodalanishi tuslanish deyiladi,
shuning uchun shaxs-son qo‘shimchalari tuslovchi qo‘shimchalar 
deyiladi. M.: Men hozir uyga boraman. 
Yodda tuting! Ega va kesim I va II shaxsda shaxs-songa 
moslashishi shart. Agar kesim I yoki II shaxsda bo‘lsa, gapda ega 
gap bo‘lagi shaklan ifodalanmasligi, ya’ni yashirinishi mumkin
lekin mazmunan anglashilib turadi. M.:
(Men) O‘shanda yetti yoshlarda edim. (Sen) To‘g‘ri gapirding. 
 
Shaxs-son kategoriyasining III shaxs shakli ham insonga 
nisbatan (Dilshod ishlayapti.), ham jonli-jonsiz predmetga nisbatan 
(Mashina ishlayapti.) ishlatiladi. 
O‘zbek tilida shaxs-son qo‘shimchalarining 4 ta guruhi, ya’ni 4 
ta tuslanish sistemasi mavjud. 
Demak, shaxs-son qo‘shimchalari fe’l anglatgan harakat va 
holatni bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini ifodalash uchun xizmat 
qiladi. Soddagina aytganda, gapning egasi va kesimini shaxs-sonda 
moslashtirib, ularning grammatik aloqasini ta’minlaydi.
Fe’lning 
shaxs-sonda o‘zgarishi tuslanish deyiladi, shuning uchun shaxs-son 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling