Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


II shaxs ko‘plik II shaxs birlik o‘rnida hurmat ma’nosida


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

II shaxs ko‘plik II shaxs birlik o‘rnida hurmat ma’nosida 
keladi. M.: Dada, uyning to‘riga o‘ting. 
• 
III shaxs ko‘plik shakli II shaxs o‘rnida kelib, hurmatni 
ifodalaydi. M.: Mehmon, ko‘ngillari nimani tusasa, buyursinlar. 
• 
II shaxs birlik umumshaxs ma’nosida keladi. M.: Yetti oʻlchab, 
bir kes. 
IZOH: Kim? Men, sen, u yetti oʻlchab, bir kesishimiz kerak.) 
• 
II shaxs ham, III shaxs shakli ham kishi, odam soʻzlari bilan 
kelib, umumshaxs ma’nosida keladi. M.: Tabiatni injiqliklarini 
ko‘rib hayron qolasan kishi. 
 
FE’LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI 
 
Fe’l so‘z turkumining ikkita nokategorial shakli bo‘lib, mazkur 
shakllar fe’lni turli vazifaga xoslaydi, qolaversa, turli ma’nolarni 
ifodalash uchun xizmat qiladi. 
1. Fe’lning vazifadosh shakli. 
2. Fe’lning modal shakli. 
Fe’lning vazifadosh shakllari 
 
Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib kesim, ega, 
to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning 
uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi. 
O‘quvchi keldi ( sof fe’l ). 
O‘quvchi shoshilib, yugura-yugura keldi ( ravishdosh ). 
O‘qigan o‘quvchini ko‘zidan bilish mumkin ( sifatdosh ).
O‘qish zavqli, uqish undan zavqli ( harakat nomi ). 
➢ Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun mo‘ljallangan fe’l 
shakllari  fe’lning vazifa shakllari  sanaladi. 
Fe’lning 4 ta vazifadosh shakli mavjud: 
1. Sof fe’l; 2. Harakat nomi; 
3. Sifatdosh; 4. Ravishdosh. 
 
 
Sof fe’l – tarkibida harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh 
qoʻshimchasi boʻlmagan fe’ldir. Masalan: keldim, bajardim, 
kuldirishdi, ishlayotirman. 


158 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling