II shaxs ko‘plik II shaxs birlik o‘rnida hurmat ma’nosida
keladi. M.: Dada, uyning to‘riga o‘ting.
•
III shaxs ko‘plik shakli II shaxs o‘rnida kelib, hurmatni
ifodalaydi. M.: Mehmon, ko‘ngillari nimani tusasa, buyursinlar.
•
II shaxs birlik umumshaxs ma’nosida keladi. M.: Yetti oʻlchab,
bir kes.
IZOH: Kim? Men, sen, u yetti oʻlchab, bir kesishimiz kerak.)
•
II shaxs ham, III shaxs shakli ham kishi, odam soʻzlari bilan
kelib, umumshaxs ma’nosida keladi. M.: Tabiatni injiqliklarini
ko‘rib hayron qolasan kishi.
FE’LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI
Fe’l so‘z turkumining ikkita nokategorial shakli bo‘lib, mazkur
shakllar fe’lni turli vazifaga xoslaydi, qolaversa, turli ma’nolarni
ifodalash uchun xizmat qiladi.
1. Fe’lning vazifadosh shakli.
2. Fe’lning modal shakli.
Fe’lning vazifadosh shakllari
Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib kesim, ega,
to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning
uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi.
O‘quvchi keldi ( sof fe’l ).
O‘quvchi shoshilib, yugura-yugura keldi ( ravishdosh ).
O‘qigan o‘quvchini ko‘zidan bilish mumkin ( sifatdosh ).
O‘qish zavqli, uqish undan zavqli ( harakat nomi ).
➢ Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun mo‘ljallangan fe’l
shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi.
Fe’lning 4 ta vazifadosh shakli mavjud:
1. Sof fe’l; 2. Harakat nomi;
3. Sifatdosh; 4. Ravishdosh.
Sof fe’l – tarkibida harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh
qoʻshimchasi boʻlmagan fe’ldir. Masalan: keldim, bajardim,
kuldirishdi, ishlayotirman.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |