Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


bilan kengaygan harakat nomi nomli birikmani tashkil etib, bitta


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

bilan kengaygan harakat nomi nomli birikmani tashkil etib, bitta 
so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. 
M.: Ega vazifaida: Vatanni sevmoq – iymondandir. Birovni birovga 
chaqish – eng yomon illat. 
 
Sifatdosh 
Fe’lning sifatga xoslangan shakliga sifatdosh deyiladi.
 
Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga 
o‘xshaydi. Sifat shaxs va narsalarning doimiy belgisini ifodalaydi: 
qizil gul, turg‘un suv. Sifatdosh esa shaxs va narsalarning harakat 
natijasida yuzaga kelgan belgisini ifodalaydi: qizargan gul, 
tozalangan xona. 


160 
Xususiyatlari: 1. Harakat va holatni ifodalay oladi: M.: o‘tilgan 
mavzu, uchayotgan quch. 
2. O‘timli va o‘timsiz bo‘ladi: M.: topshiriqni bajarar, darsini 
qilar; uyga borar, ishga chiqar. 
3. Bo‘lishli- bo‘lishsiz bo‘la oladi. M.: yozgan – yozmagan
borgan – bormagan,
Eslatma! –r/-ar shaklidagi sifatdoshga -ma bo‘lishsizlik 
qo‘shimchasi qo‘shilsa -r/ar qoʻshimchasi –s shakliga oʻzgaradi. 
M.: bor/ar – bor/ma/s, kel/ar – kel/ma/s, o‘qi/r – o‘qi/ma/s. 
4. Fe’l nisbatlarini ifodalash imkoniyatiga ega. M.:o‘tilgan, 
kirgizgan, yuvingan, yozishgan. 
5. Sifatdoshlar tuslanib yoki tuslanmasdan ham fe’l zamonlarini
hosil qilishda faol ishtirok etadi. 
6.Fe’llardanda sifatdoshlargina otlashib otga xos egalik, kelishik 
qo‘shimchasini qabul qilib turlanadi va otga xos sintaktik vazifa 
bajaradi. 
7. 
Sifatdosh qo‘shimchalari, ya’ni sifatdoshlar shaxs-son
qo‘shimchalarini qabul qilish qilmaslik imkoniyatiga ega.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling