orttirma nisbat: kuldirish, yedirish, so‘rattirmoq;
majhul: qaytarilish, tozalanish, so‘ratilish.
❖ Eslatma! A. Harakat nomi shaklidagi fe’llarda aniq nisbat
ifodalanmaydi, chunki aniq nisbatlar zamon, mayl, shaxs-son
qo‘shimchalari vositasida ifodalanadi.
159
B. Birgalik nisbatdagi fe’l ham zamon, shaxs-son bilan birga
kelganligi uchun, qolaversa, harakat nomi qo‘shimchasi bilan (-
sh/ish) shakldoshligi uchun uni ifodalamaydi.
5. Garchi harakat nomi fe’l shakli bo‘lsa-da, yakka holda
mutlaqo shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilmaydi, ya’ni
tuslanmaydi.
6. Harakat nomi - ma bo‘lishsizlik ko‘rsatkichini qabul
qilmaydi, chunki uning o‘zida inkor qo‘shimchasi bor. M.: O‘qish –
o‘qimaslik, so‘rash – so‘ramaslik.
➢
Bilib oling! Harakat nomi koʻmakchi fe‘lli so‘z
qo‘shilmasida doim ko‘makchi fe’l tarkibida qo‘shilib keladi. M.:
yoza boshlash, sinab ko‘rish, aytib berish, takrorlab turish.
Otga xos xususiyatlari:
1. Otga xos ko‘plik, egalik, kelishik qo‘shimchasini qabul qiladi. M.:
oʻqish/lar/im/dan xavotirlanmang, kulish/lar/ing chiroyli, ishlash/ga
ketmoq,
Demak, harakat nomi to‘g‘ridan to‘g‘ri turlanadi.
2. Harakat nomi otning narsa buyum nima? so‘rog’ini qabul
qiladi.
Sintaktik vazifalari:
1. Ega va ot kesim vazifasida keladi: M.: O‘qimoq – yuksalmoq.
2. To‘ldiruvchi:M.: Vaqtni samarasiz tortishuvlarga sarflamaylik.
3. Qaratqichli-aniqlovchi: M.: O‘qishning erta-kechi boʻlmaydi.
➢ Bilib olishingiz shart! Gapda harakat nomi o‘ziga tobe so‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |