140
Fe’l beshta nisbat shakliga ega. Ular:
1.
Aniq nisbat. 4. Birgalik nisbat.
2.
Oʻzlik nisbat. 5. Orttirma nisbat.
3. Majhul nisbat.
Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qoʻshiladi. M.:
yuv+il+di, yuv+in+di, yuv+dir+di, yuv+in+tir+ish+di.
Eslatlma. Fe’l nisbatlarining qoʻshimchalari lug’aviy
shakl
yasovchi qoʻshimcha boʻlib, sodda yasama fe’llarga yasovchi
qoʻshimchalardan keyin qoʻshiladi. M.:
ish+la+sh+di, zavq+lan+tir,
yaxshi+la+n+di.
Eslatma.
Ba’zan nisbat qo‘shimchalari
ot hamda sifat
yasovchilardan oldinda boʻladi. M.:
sev+in+ch, o‘ch+ir+g‘ich,
maqta+n+choq.
Aniq nisbat
Bajaruvchisi aniq boʻlgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli
aniq nisbat deyiladi.
Nisbat qo‘shimchasi bo‘lmagan fe’l shakliga aniq nisbat deyiladi.
• Aniq nisbatning maxsus qo‘shimchasi yo‘q.
• Aniq nisbatdagi fe’l tarkibida
zamon, mayl, shaxs-son
qo‘shimchalari bo‘ladi.
• Aniq nisbatning o‘rni gapning kesimidadir. Demak, uning
bajaruvchisi gapning egasi sanaladi. Ega gap boʻlagi
shaxs yoki
predmet bo‘ladi. M.:
Ra’no javob berish o‘rniga birdan yig‘ladi,
ancha vaqt ko‘z yosh to‘kib turdi. Qobil yugurib borib do‘konxona
eshigidan ko‘chga qaradi. (Abdulla Qodiriy). Bunda harakatning
bajaruvchisi shaxs.
Mashina yengilgina joyidan yurib ketdi.
Izoh: Ta’kidlash lozimki, nisbat qo‘shimchasi bo‘lmagan har
qanday fe’llar aniq nisbatda bo‘ladi degan fikrlar ham bor.
Unutmang. -
lan(-la+n), -lash (-la+sh) murakkab fe’l
yasovchilari
bilan yasalgan fe’llar
aniq nisbatda bo‘ladi. M.: faxr+lan+moq,
zavq+lan+moq,
ot+lan+moq,
jon+lan+moq,
ikki+lan+moq,
ta’jub+lan+moq,
afsus+lan,
odat+lan+moq;
gap+lash+moq,
hazil+lash+moq, salom+lash+moq, bir+lash+moq, o‘rtoq+lah+moq,
go‘zal+lash+moq, omma+lash+moq.