Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Fe’lning grammatik kategoriyalari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Fe’lning grammatik kategoriyalari 
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi 
 
Harakat va holatning tasdiq hamda inkorini ifodalaydigangan 
kategoriyaga bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi deyiladi. 
Shunga ko‘ra bu kategoriyaning ikki shakli mavjud: 
1. Bo‘lishli fe’l; 
2. Bo‘lishsizlik fe’li.
 
Bo‘lishli fe’l shakli. Bu shaklda harakat va holatni tasdiq etish 
hukmi yotadi. Qo‘shimchasi yo‘q: “nol” ko‘rsatkichli: yoz, keldim, 
borgin. Amir Temur raqiblari ustidan 30ga yaqin yirik jangda g‘alaba 
qozongan. 
 
Bo‘lishsiz fe’l shakli. Fe’lning mazkur shakli harakat va holatni 
inkor etadi. Qo‘shimchasi -ma:   yozma, kelmadim, bormagi. 
Abdurauf Fitrat koʻpgina davlatlarning fuqaro boʻlish takliflarini 
qabul qilmadi. 
❖ 
ESLATMA
! – ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasining ko‘makchi 
fe’lli so‘z qo‘shilmasidagi o‘rni nisbatan erkin. Quyiga e’tiborimizni 
qaratamiz. 
1) -ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ko‘makchi fe‘l tarkibiga 
qo‘shilishi mumkin: oshib tushma, yozib qo‘yma, aytib berma, ola 
ko‘rma, bajara olmadi - bunda bir martalik inkor ma’nosini 
ifodalaydi
2) yetakchi fe’lga qo‘shilib kelishi mumkin: o‘qimay tur, chiqmay 
qol, aytmay ket – bu holatda davomiy boʻlishsizlikma’nosini 
ifodalaydi
➢ Unutmang! Ta’kidlash lozimki, -ma qo‘shimchasi ko‘makchi 
yoki yetakchi fe’lga qo‘shilsa, inkor mazmunini ifodalayapti. 
Agar bir paytda ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, 
qat’iy bo‘lishli – tasdiq mazmunini ifodalaydi. Masalan: o‘qimay 
kelma, aytmay qo‘yma. Jiddiy tayyorlangan Ixtiyor o‘qishga kirmay 
qo‘ymadi (kirdi). 
 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida boʻlishsizlikdan tashqari quyidagi
inkor shakllari ham bor:
1. Sifatdoshning -gan shakli + shaxs-son + yo‘q inkor so‘zi: 
o‘qi + gan + im (-ing, -i) yoʻq, ko‘rganim(-ing, -i) yo‘q. 
Oʻrta Osiyoda biror bir shahar Buxoro shahrichalik uzoq va koʻp 
marotaba poytaxt boʻlgani yoʻq. 


139 
2. Sifatdoshning -(a)yotgan shakli + shaxs-son + yo‘q: bor + 
ayotgan + im yoʻq.yozayotganim yo‘q. 
3.Sifatdoshning –gan + emas + I guruh shaxs-son 
qo‘shimchasi: bor+gan emas + man(-san), qo‘rq+qan emas+man, 
bajar +gan emas + man. 
Payg‘ambarimiz(s.a.v) hayotlari davomida yolg‘on gapirgan 
emaslar. Bu – bir ibratdir. 
 
4. Na…. na… inkor yuklamasi va vazifadosh inkor 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling