Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Download 1.68 Mb.
bet85/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Bog'liq
мажмуа

1 -masala. Siz o’qituvchisiz. Sinfdagi hamma o’quvchilar sizni hurmat qiladi. Dars o’tyapsiz. Dars jarayonida ikki nafar qizning boshqa narsa bilan shug’ullanib o’tirganini sezib qoldingiz. Qizlarga bildirmay ularning oldilariga borasiz. Qizlarning kulgili rasm chizib, rasmning ostiga sizning ismingizni yozib qo’yishgan edi.13
Pedagogik holatni tahlil qiling:

  1. Bunday vaziyatda qanday yo’l tutgan bo’lardingiz?

  2. Bu holat qaysi yoshdagi o’quvchilarga to’g’ri keladi?

  3. Ota-onasi yoki sinf rahbariga murojaat qilasizmi?

2 -masala. 6-sinfda adabiyot darsi ketyapti. Doskada Komil
javob bermoqda. Uni barcha bolalar diqqat bilan tinglashmoqda. Javob beruvchi tutilib yoki bir oz adashib qoldi deguncha darrov barcha qo’llar yuqoriga qarab ko’tariladi. Juda betoqlari xatto ikkala qo’lini ham havoga silkitib ko’targani-ko’targan... Ular o’z o’rtoqlarining javobini tinglashayotganini va uning xatosini darhol tuzatishga tayyor ekanliklarini, o’qituvchisiga ko’rinishni juda istashadi. Komil tez-tez hatolikka yo’l qo’yadi, sarosimaga tushib, gapidan adashib ketaverdi.
Bolalarning o’rtog’ining javobini to’g’rilashga, to’g’rirog’i, unga xalaqit berishlariga o’qituvchi dastlab qarshilik ko’rsatdi, ammo ohirida chidab turolmadi va bolalarning eng betoqatlariga xatosini tuzatishga so’z berdi. Enda Komil javob bilan emas, ko’proq sinfdagi vaziyatlar bilan band bo’lib qolgandi. U tez-tez adashib, so’zlarni ham cho’za boshlaydi va tez-tezda havsalasi pir bo’lib, tamoman jimib bo’lib qoldi.

  • Xo’sh, azizim, javobni qanday yaxshi boshlagan eding, nega qo’qqisdan jimib qolding? Bolalar senga qanday yaxshi yordam berishdi... Yana darsni ohirigacha o’qimabsanda!

...Biologiya darsida Iroda javob beryapti. Sinfda jim-jitlik bu qanaqa sokinlik? Irodaning javobini o’rtoqlari tinglashmayapti? Bolalarning ayrimlari tinglashayapti. Qolganlari-chi? Keling, 9-sinf bolalarining yaxshisi bir kuzatib ko’raylik.
Mana uchta o’quvchi, ular o’qituvchining navbatdagi savolini payqab olishga urinib, darslikni varaqlashyapti. Bir necha bola nigohlarini derazaga adashgan chehralarida chuqur uyatchanlik va orzular og’ushiga ko’chishgan. Boshqalari tarix kitobini sekingina ochib, bundan keyingi darsga tayyorlana boshladi. Ikki qiz dars mazmunidan juda uzoq bo’lgan narsa, qandaydir buyumlar haqida «ko’z urishtirib gaplashmoqda». Xullas, sinfdagilarning ayrimlari ko’pi o’zlari partada o’tirishgan bo’lsa ham, hayollari allaqaerlarda sayr qilib yuribdi.
Iroda xatoga yo’l qo’ydi, ammo uni tuzatuvchi bironta ham talabgor yo’q. Balki e’tirozlar keyinroq bo’ladi? Yo’q. Sinfda hech bir o’quvchi javob haqida fikr bildirishga oshiqmadi. 14

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling