Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi
-Mavzu: Individual va guruhiy yechimlar nisbati. “Guruhiy qutblanish” xodisasi” (2 soat)
Download 3.6 Mb.
|
IJTIMOIY VA TADBIQIY PSIXOLOGIYA 2021-2022 (2)
12-Mavzu: Individual va guruhiy yechimlar nisbati. “Guruhiy qutblanish” xodisasi” (2 soat).
Liderlikni o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati. Guruhiy qaror qabul qilish. Guruhiy fikr shakllanishi va guruhda qaror qabul qilishga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar. Guruhiy kelishmovchiliklar va qaror qabul qilish mexanizmi. Insonning o’zini qurshab turgan olam bilan o’zaro birgalikdagi harakati odamlar o’rtasida ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob`ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Ob`ektiv munosabatlar va aloqalar (bog’langanlik, bo’ysunganlik, hamkorlik, o’zaro yordam munosabatlari va boshqalar) har qanday real guruhda muqarrar va qonuniyatli tarzda yuzaga keladi. Guruh a`zolari o’rtasidagi ushbu o’zaro ob`ektiv munosabatlarining in`ikosi shaxslararo sub`ektiv munosabatlardirki, ularni o’rganish bilan social psixologiya shug’ullanadi. Munosabat odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chikadigan boglanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Munosabatning ikkinchi jihati - munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar, hatti - harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Do’kon kassasi oldida hisob kitobni amalga oshirarkan, haridor bilan sotuvchi hatto ulardan birortasi hech qanday so’z ishlatishmasa ham o’zaro munosabatga kirishadi; haridor kassirga harid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqcim eca, sotuvchi chek urib, qaytimini sanab beradi. Nihoyat, munosabatlarning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchiparning bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishidir. Masalan, munosabat bo’yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa bo’ladigan, aqlli, tushunadigan, tayyorgarlik ko’rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi, balki oldindanoq u hech narsani tushunmaydi va habar qilingan narsaning fahmiga etmaydi, deb hisoblashi juda muhimdir. Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatdan - kommunikativ (ahborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va perceptiv (o’zaro birgalikda idrok etish ) jihatlarini alohida ko’rsatish mumkin. Munosabatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq-ravshandir. Lekin shunday savol tug’iladi: munosabat birgalikdagi faoliyatining bir qismi, tomoni, jihati hisoblanadimi yoki munosabat va faoliyat ikkita mustaqil to’laqonli jarayonmi? Kishi birgalikda faoliyat ko’rsatayotganda zaruriyatga ko’ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya`ni aloqa o’rnatishi, o’zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli ahborot olishi va javob tariqasida ahborot berishi lozim va hokazo. Bu o’rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikaciya (birinchi turdagi munosabat) sifatida namoyon bo’ladi. Lekin odam kommunikaciya sifatida munosabatni o’z tarkibiga olgan faoliyat jarayonida biron narsa yaratib (asbob yaratib, fikr bildirib, hisoblar qilib, mashinani tuzatib va shu kabilarni amalga oshirib), shu bilangina cheklanib qolmaydi: u yaratgan buyum orqali o’zining xususiyatlarini, o’zining induvidualligini boshqa odamlarga «uzatadi», o’zini boshqa odamlarda (Shu jumladan, faoliyat maqsadiga erishish uchun u aloqa bog’laydigan odamlarda ham va hatto «o’zga odam» sifatida o’zida ham) davom ettiradi. Yaratilgan narsa (qurilgan bino, aniq she`riy satr, o’tkazilgan daraht, yaratilgan yoki ijro etilgan qo’shiq)- bu, tomondan faoliyat mazmuni bo’lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo’ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy hayotda o’zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa odamlar uchun yaratilgandir. Shu narsa orqali odamlar o’rtasidagi munosabat bevosita o’zini aksini topadi, ijod qilayotganlarga va bajarayotganlarga ham, iste`mol qilayotganlarga va o’zlashtirayotganlarga ham bab-barobar tegishli bo’lgan umumiy narsani ishlab chiqarish tariqasidagi munosabat hosil bo’ladi. Munosabatning o’zaro birgalikda harakat qilishi va faoliyat ko’rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi gashgdan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta`minlaydi. Negaki, uni bu maqsad uchun tanlangan so’zlar mohiyatiga ko’ra kodlashtirgan holda ahborotni ma`lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya`ni uning ma`nosini oshkor etgan va ana shu ahborot asosida o’z hulq-atvorini o’zgartirgan holda bu ahborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. Ahborotni boshqa kishiga yo’llayotgan kishi va uni qabul qilayotgan kishi munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya`ni bitta tilda so’zlashishlari kerak. Agar kommunikator va recipient kodlashtirishning turli ?sil sistemalarini qo’llaydigan bo’lsalar, bu holda ular o’zaro hamjihatlikka va birgalikdagi faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Vaviloniya minorasi ko’rilayotgan paytida ko’ruvchilar kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning ag’darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni ochish jarayonlarini bir-biriga bog’lash chog’ida o’zaro birgalikda harakat qilinmasligini aks ettiradi. Negaki, turli hil tillarda so’zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib qo’yadi. Qo’llaniladigan belgilar zamiridagi mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo’lgan taqdirdagina ahborot ayirboshlash mumkin bo’ladi. Harakter shakllanishida kishining jamiyatga va insonlarga munosabati hal qiluvchi rol o’ynaydi. Inson harakteri jamoadan tashqarida, do’stlik, muhabbat va boshqalarsiz to’la namoyon bo’lishi mumkin emas. Kishining boshqa insonlar bilan o’zaro munosabati uning faoliyatga munosabatida - faollik kuchayishi, taranglik, ihtirochilik, yoki aksincha, og’ir-vazminlik, tashabbussizlik orqali hal qiluvchi ahamiyatni namoyon etadi. Boshqa kishilar va faoliyatga munosabat o’z navbatida kishining o’z faoliyatiga, o’z-o’ziga munosabatini shartlaydi. Boshqa insonga nisbatan to’g’ri, baholovchi munosabat o’z-o’zini to’g’ri baholashning asosiy shartidir. Boshqa kishilarga munosabat nafaqat harakterning muhim' qismi, balki shaxs ongi shakllanishining asosini tashkil etadi. Faoliyat o’zgarganda bu faoliyatning nafaqat predmeti, metodi va operaciyalari, balki shu bilan birga kishining o’z-o’ziga nisbatan munosabati ham qayta quriladi. Mohiyat - belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo’lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat faoliyatini ifodalagani singari, belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namoyon qiladi. So’zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarihiy tajribani o’zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in`ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki aks etgani bilan doimiy ravishda to’ldirilib turadi - o’y-fikrlarni ayirboshlash, ahborot uzatish ro’y beradi. Nutq - og’zaki kommunikaciya, ya`ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so’zlar og’zaki kommunikaciya vositasi hisoblanadi. So’zlar eshittirib yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo’yilishi, yoki kar-soqov kishilarda biron-bir mohiyatga ega bo’lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin. Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va ogzaki nutc. Uz navbatida og’zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga ajratiladi. Og’zaki nutqning eng sodda turi dialog, ya`ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan va hal etilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi. Gapirishayotganlarning bir-birlariga luqmalari, suhbatdoshidan keyin iboralarni va ayrim so’zlarni takrorlash, savollar berish, qo’shimchalar qo’shish, izoh berish, faqat so’zlashayotganlar tushunadigan sha`malar qilish, turli hil yordamchi so’zlar va undovlar so’zlashuv nutqi uchun hos xususiyatdir. Bu nutqning o’ziga hos xususiyatlari ko’p jihatdan hamsuhbatlarning hamjihatligi darajasiga, ularning o’zaro munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Aksariyat hamma joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hech qachon sinfda o’quvchilar bilan munosabatda bo’lgani kabi olib bormaydi. So’zlashuv chog’ida hissiy hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Iymangan, hayratlangan, quvongan, qo’rqqan jahli chiqqan kishi hsotirjam holatidagi kabi gapirmaydi, o’zgacha ohangdagina gapirib qolmasdan, balki ko’pincha boshqa so’zlarni, ibora|arni ishlatadi. Og’zaki nutqning ikkinchi bir turi monolog nutq bo’lib, uni bitta kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko’plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o’qituvchining hikoyasi, o’quvchining kengaytirilgan javobi, doklad va shu kabilar kiradi. Odamlar munosabatga kirisharkan, ya`ni biron kimsaga savol, iltimos, buyruq bilan murojdat qilarkan, biron narsani tushuntirarkan yoki ta`riflarkan, boshqa bir kishiga ta`sir o’tkazishni, undan o’zi hohlagandek javob olishni, topshirig’ining ijro etilishini, shu pdytga qadar tushunmaganini tushunib etishni zarurat tarzida o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Munosabat maqsadlari odamlarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi. Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar -odamlarning birgalikdagi harakati va o’zaro munosabatlarini qat`iyan belgilab qo’yadigan hamda jamiyatda udum bo’lgan hul -atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan social nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma`qul topadigan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o’ziga hos sistemasini yaratadi. Ularning bo’zilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning hulq-atvori to’g’rilanishini ta`minlaydigan social nazorat mehanizmlarini o’z ichiga oladi. Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi haqida biron kishining barcha boshqa odamlar hulq-atvoridan farq qiluvchi hatti-harakatiga atrofdagilarning bir hilda munosabat bildirishi dalolat beradi. Ijtimoiy qoidalar doirasi behad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi, harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan hulq-atvor namunalaridan to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy qoidaga mos keladigan hulq-atvorga po’lat erituvchining o’z ish joyidagi eng yuqori unumga erishuvi ham, birinchi sinf o’quvchisining o’qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o’rnidan turishga odatlangan qoidasining bajarilishi ham kiradi. Shunday qilib, o’zaro birgalikda harakat qilayotgan odamlar hulq-atvorining bir-birlaridan kutgan tahminlariga mosligi munosabat jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. Munosabatga kirisharkan, har bir kishi o’zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning hulq-atvori, so’zlari va , hatti-harakatlari ko’proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda bo’lishini kutadi. Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko’rishga tayyor bo’lgan narsani ulardan kutish mumkinligini behato va Aniq tahmin qilish qobiliyati va malakasi odob deyiladi. Bundan odobli kishi har doim va barcha hollarda bunday ehtimolga amal qilaverishi kerak, degan ma`no kelib chiqmaydi, albatta. Bordi-yu, sub`ektning principlari va e`tiqodi uning nazarida atrofdagilar undan kutishayotganiga nisbatan keskin ravishda zid bo’lgan vaziyat vujudga kelgudek bo’lsa, u principiallik ko’rsatib, o’z hulq-atvorining odobga qay darajada to’g’ri kelish-kelmasligi haqida qayg’urib o’tirmasligi ham mumkin. Shaxs ijtimoiy mavjudot. U o’zining hayoti davomida boshqa kishilar bilan bevosita muloqotda bo’ladi va bu orqali o’zining ijtimoiy mohiyatini amalga oshiradi. Bunday muloqot turli hil guruhlarda ro’y beradi. Guruhlar bir necha asos bo’yicha tasniflanishi mumkin. Bular: 1. Uzaro munosabatlarning yaqinligi va chuqurligiga qarab kichik va katta guruhlar farqlanadi. 2. To’zilish tamoyili va usuli bo’yicha - shartli, real, rasmiy va norasmiy guruhlar mavjud. 3. Shaxsning guruh normalariga bo’lgan munosabatiga ko’ra referent guruhlar farqlanadi. Bu guruhlar bilan tanishib chiqamiz. Katta guruhlar. Bu umumiy fazo va makonda mavjud bo’lgan ko’p sonli kishilar uyushmasidir. Bunday katta guruhlarga korhonaning mehnat jamoasini, maktab pedagogik jamoasini misol qilish mumkin. Biroq, bu jamoadagi kishilar, masalan, ko’pchilik o’qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o’zaro aloqalarda bo’lmasligi ham mumkin, lekin shu bilan bir vaqtda ularning barchasi ayni bir rahbarga bo’ysunadi, bitta kasaba uyushmasi a`zosi hisoblanadi hamda maktab ichki hayotining barcha qoidalariga amal qiladi. Kichik guruh - nisbatan barqaror, tarkibi jihatidan a`zosi u^chdlik ko’p bo’lmagan, umumiy maqsad bilan bog’langan kyshilarning birlashmasi. Bunda kichik guruh a`zolari o’rtasida bevosita aloqalar o’rnatiladi va amalga oshiriladi. Bu guruhda umumiy maqsad mavjud bo’lib, uning a`zolari bu maqsadga erishish yo’lida o’zlarining barcha kuchlarini safarbar etadilar. Kichik guruhga kiruvchi kishilar bir-birlarini shaxsan biladilar va guruh oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun bir-birlari bilan muloqotda bo’ladilar. Kichik guruh a`zolari soni 2 tadan kam, 40 tadan ko’p bo’lmasliklari lozim. Oila, ishlab chiqarish brisadasi, samolyot yoki kosmik kema ekipaji, o’quvchilar sinfi kichik guruh sifatida qaralishi mumkin. Ba`zi kichik ,guruh ichida birlamchi guruhlar mavjud bo’lishi mumkin. Bunday guruh unchalik katta bulmay, uning a`zolari 2-7 kishini tashkil etadi. Uning a`zolari kichik guruhning a`zolari bo’lish bilan birga, mustaqil uyushma bo’lishi mumkin. Shartli guruh - faqatgina nom jihatdan mavjud bo’lgan kishilarning uyushmasidir. Shartli guruhga kiruvchi kishilar bir-birlari bilan hech vaqt uchrashmasliklari ham mumkin, lekin shu bilan birga guruhga ajratish bo’yicha umumiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, o’smirlar mamlakatimizning qaysi shahar va qishlog’ida yashashidan, hech qachon bir erga to’planmasliklaridan qat`iy nazar, shartli guruhga birlashtirilishi mumkin. Real guruh - haqiqatan mavjud bo’lgan kishilarning uyushmasidir. Bu guruhdagi kishilar real aloqa va munosabatlar, maqsad va vazifalar bilan o’zaro bog’langan bo’ladilar. Real guruh qisqa davomida yoki uzoq muddat davomida mavjud bo’lishi, son jihatdan ko’p yoki oz bo’lishi ham mumkin. Rasmiy guruh - rasmiy hujjatlar asosida to’ziladigan guruh (ustav, shtat). Ishlab chiqarishdagi ta`minot bo’limi, oliy o’quv yurtidagi talabalar guruhi rasmiy guruhlardir. Bunday guruh a`zolari o’rtasida ish yuzasidan bo’ladigan aloqalar o’rnatiladi, bu aloqalar ham hujjatda ko’zda tutilgan bo’ladi. Ular bo’ysunish yoki teng huquqlikni, topshiriq bajarishdagi javobgarlikning ko’p yoki kam bo’lishini ko’zda to’tadi. Norasmiy guruh - psixologik motivaciyaning yagona yo’nalishi asosida simpatiya, qarashlarning yaqinligi, e`tiqod asosida vujudga keladi. Bunda rasmiy hujjatlar hech qanday kuchga ega emas. Agar simpatiya va o’zaro bog’liqlik yo’qolsa, guruh ham tarqab ketadi. Referent guruh (etalon guruh) - bu real yoki hayolan mavjud bo’lgan guruh bo’lib, uning qarashlari, qonun - qoidalari namuna bo’lib hisoblanadi. Guruh normalarini tan oluvchi, ularni eng yahshi deb hisoblovchi va ularga qo’shiluvchi shaxs shu guruhga kirishi mumkin. Bunda shaxs bu normalarga qo’shilibgina qolmay, ularni himoya qiladi va zarur bo’lsa, tashviqot qilishi mumkin. Guruhlarni rivojlanish darajasiga ko’ra bir qancha turlarga ajratish mumkin. Bular: 1. Tashkil etilmagan guruhlar: a) associaciiyalar; b) diffuz guruhlar; 2. Tashqaridan tashkil etilgan guruhlar: tashkilotlar, ishlab chiqarish, o’quv, kasaba uyushma tashkilotlari, harbiy qism, turli hil jamiyatlar. 3. Ichkaridan tashkil etilgan guruhlar: a) korporaciya; b) jamoadan iboratdir. Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli - jamoadir. Jamoa - bu kishilar faoliyatining umumiy maqsadga erishish yo’lida psixologik jipsligi va umumiy foydali motivlar bilan tavsiflanuvchi guruhidir. Jamoaning muhim belgisi - maqsad va vazifalarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligidir. Agar bu belgi bo’lmasa, guruh jamoa deb atalishi mumkin emas. Faoliyat macsadiga ko’ra: a) kasbiy jamoalar - ishlab chiqarish jamoalari, ijodiy, harbiy, o’quv jamoalari; b) ijtimoiy tashkilotlar - kasaba uyushma, turli hil partiyalar, yoshlar tashkilotlari; v) ko’ngilli jamiyatlar - ilmiy, ilmiy-tashviqot, harbiy sport tashkilotlari. g) havaskorlik jamoalari - badiiy havaskorlik jamoalari, kollekcionerlar jamiyati kabilar farqlanadi. Boshqa jamoalar tizimida tutgan o’rni va aloqalariga qarab, birlamchi va asosiy jamoalar ajratiladi. Guruhlar va jamoalarda shaxs ikki hil munosabatda - xizmat yuzasidan bo’ladigan va shaxsip munosabatlarda bo’ladi. Xizmat yuzasidan bo’ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bog’liqlik, do’stlik, o’rtoqlik, simpatiya asosida vujudga keladi. Xizmat yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlar shaxslararo munosabatlar tizimini tashkil etadi. Guruh a`zolari bir-birlariga nisbatan bir hil holatda bo’la olmaydilar. Guruhning har bir a`zosi o’zining shaxsiy va ishga taalluqli bo’lgan sifatlariga, o’zining mavqeiga ko’ra guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan holatni egallaydi. O’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ayrim kishilar boshqalariga nisbatan ko’proq obro’ga ega bo’ladilar. Eksperiment ma`lumotlariga ko’ra, sinf jamoasida, ya`ni 30-40 o’quvchi ichida eng mashhur, obro’lisi 3-4 o’quvchi bo’lishi mumkin. Ularning mashhurligi nimaga bog’liq? Birinchidan, buning sababi o’quvchilarning guruhning boshqa a`zolari bilan aloca o’rnata olish malakalaridir. Ikkinchidan, shaxs o’zining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan o’rtoqlashish, boshqa kishilarga beg’araz yordam ko’rsatishga intilishi sababli mashhur bo’lishi mumkin. Uchinchidan, tashci ko’rinish omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet qozonishi mumkin. Bu omilga jismoniy kuch ko’rsatkichini ham kiritish mumkin. Guruh yoki jamoadagi ba`zi a`zolar shaxsiy o’zaro munosabatlardan chetda qoladilar. Ular bunday aloqalar o’rnatish uchun o’zlariga sherik tanlaydilar. Biroq, bu ushbu shaxs jamoa tomonidan hohlanmaydi, degan so’z emas, bu shaxs bilan ish yuzasidan bo’ladigan munosabatlarga kirishadilar. Jamoadagi bu a`zoning shaxsiy o’zaro munosabatlari jamoadan tashqarida yahshi o’rnatiladi. Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bo’lishi mumkin, bunda uni guruhdoshlari do’stlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar. Guruhdagi yakkalab qo’yish (izolyaciya) va rad etish sabablari ham turlicha bo’lishi mumkin: Birinchidan, rad etiluvchi o’quvchilarning o’cishga befarc munosabatda bo’lishi. Ikkinchidan, ba`zi o’quvchilarning sinfdoshlari tomonidan rad etilishi ular bilan bo’ladigan mulocotning cizicarli emasligi bilan ham tushuntiriladi. Uchinchidan, ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloca o’rnata olmaslikka ham boglic bo’lishi mumkin. Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy rollar nazariyasi keng o’rin egallagan. Unga ko’ra har bir shaxs ijtimoiy munosabatlar sub`ekti sifatida o’z faoliyatida turli ijtimoiy rollarni bajaradi. Masalan, universitet talabasi ustozlari oldida talaba, ota-onasi oldida farzand, akasi oldida uka, ukasi oldida aka, bobo-buvisi oldida nevara va o’rtoqlari oldida esa tengdosh rolida faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy rol - ijtimoiy faoliyatning zaruriy turi, ijtimoiy munosabatlar sistemasidagi shaxsning o’rni bilan belgilab berilgan shaxs hatti-harakatining usulidir. Ijtimoiy rolni bajarishda turli usullarning "shaxsiy" bo’lish imkoniyatlari mavjud. Guruhlar yoki jamoalarda o’ziga boshchilik rolini oluvchi shaxs farqlanadi. Psixologiyada bunday shaxs lider deyiladi. Lider guruhni tashkil etish va boshqarish uchun tayinlanishi yoki belgilanishi mumkin. Lider quyidagi vazifalarni bajaradi: • guruhda maqsadga erishishning usul va yo’llarini rejalashtirish; • guruh a`zolari o’rtasida javobgarlikni taqsimlash; • muayyan muhitni tashkil etish; • guruh a`zolarining faolligini oshirish. O’zaro munosabatlar sohasi bo’yicha liderlarning ikki turi farqlanadi: • Rasmiy lider; • Norasmiy lider. Rasmiy lider - liderlikka saylangan yoki tayinlangan lider bo’lib, ushbu jamoaning faoliyatiga rasman javobgar hisoblanadi. Norasmip lider - rasmiy liderlik mavqeini egallamaganligiga qaramay, ko’pchilik tomonidan e`tirof etilgan, obro’ga ega bo’lgan liderdir. Liderlik uslublari: 1. Avtoritar uslub. 2. Demokratik uslub. 3. Liberal uslublardan iborat. Demak, ayni bir jamoada bir necha lider mavjud bo’lishi mumkin. Agar jamoada liderlar ko’p bo’lsa, bu ijobiy holat. Lekin bunda liderlarning ahloqiy normalari bir-biriga zid kelmasligi lozim. Liderlarning turli-tumanligi jamoa hayotining turlicha bo’lishini ta`minlaydi. Liderlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jamoadagi psixologik iklimning muhim tomonidir. Bundan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga jamoa a`zolari o’rtasidagi shaxslararo munosabatlar ham katta ta`sir ko’rsatadi. Bunda jamoa a`zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qanchalik chuqur bo’lishi muhim rol uynaydi. Bu jihatdan o’zaro munosabatlarning 3 hil darajasini ajratib ko’rsatish mumkin: 1 - daraja: simpatiya yoki antipatiya asosida vujudga keluvchi o’zaro munosabatlar. 2 - daraja: ish yoki o’qish yuzasidan bo’ladigan o’zaro munosabatlar. 3 - daraja: insoniy munosabatlar yoki chuqur ishonchga asoslangan o’zaro munosabatlar. Jamoadagi normal psixologik iqlimni belgilovchi bevosita ko’rsatkichlar ham mavjud: • Jamoadagi erkinlik atmosferasi. • Muloqot turli shakllarining mavjudligi. • Umumiy maqsadni tushunish va unga erishishga intilish. • Fikr - mulohazalarni ochiqchasiga aytish imkoniyatining mavjudligi. • Tanqid qilish erkinligi. Nizolarning ham mavjud bo’lishi. • Jamoa a`zolari o’rtasida vazifalarning to’g’ri taksimlanishi. • Boshliqning norasmiy lider bo’lishi. • Hodimlar qo’nimsizligining kamligi. Bulardan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga bir qancha omillar ta`sir ko’rsatishi mumkin. Uquvchi, talabalar jamoasidagi ma`naviy psixologik iqlimning tashkilotchisi - o’qituvchi, guruh rahbari hisoblanadi. Har bir guruh rahbari jamoada normal psixologik iqlimni yaratish uchun unga ta`sir etuvchi omillarni yahshi bilishi zarur. Chunki yahshi tashkil etilgan jamoada normal psixologik iqlim mavjud bo’lganda guruh a`zolarining o’zlashtirishi, tartib -intizomni saqlashi ham yahshi yo’lga qo’yiladi. Guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganishda kuzatish, eksperiment va suhbat metodlaridan foydalaniladi. Shaxslararo munosabatlarni o’rganish metodlaridan yana biri - sociometriya metodidir. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich bo’yicha guruh a`zolarini tanlaydi, qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o’rni haqida hulosa chiqaradi. Demak, sociometriya metodi yordamida guruh a`zolari o’rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin, sociometriya metodini operativ tarzda o’tkazish, uning natijalarini esa matematik ravishda qayta ishlash va grafik tarzda ifodalash mumkin. Sociometriya metodini tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba`zi kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, sociometriya metodi mavjud munosabatlar to’zilishining sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sociometriyadan olingan ma`lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik - pedagogik eksperiment natijalari bilan to’ldirilishi lozim. Sociometriya metodidan guruh jamoa a`zolari o’zaro bir-birlarini yahshi bilgan holatlardagina bo’ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o’rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjudligi yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo’lish va tarqab ketish sabablarini aniqlash mumkin. Sociometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga qilinadigan ishlar yoki guruh a`zolarining ishlarini birgalikda bajarishga hohishlari to’g’risida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko’rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar farqlanadi. Kuchlshari chukur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari esa yuzaki va beqaror munosabatlarni aniclashga imkon yaratadi. Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar mazmun jihatdan turlicha bo’lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa natija, ya`ni sherik tanlashdir. Sociometrik tadqiqotdan olingan ma`lumotlar asosida sociogrammalar to’ziladi. Agar guruh a`zolari soni 20 tadan ko’p bo’lsa, sociometrik matrica to’zish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, natijalarni gryafik ravishda, zanjir, uchburchak yoki yo’lduzcha shaklida ham ifodalash mumkin. Shunday qilib, sociometriya metodi ob`ektiv va aniq ma`lumotlar, ya`ni shaxsning guruh yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma`lumotlar olishga imkon beradi va amaliy maqsadlarda foydalanishi mumkin. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling