Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ILMIY FAN SIFATIDAGI VA
Download 0.81 Mb.
|
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kichik guruxlar va jamoalar psixologiyasi.
- 2. Shaxsni ijtimoiy psixologik o`rganish.
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ILMIY FAN SIFATIDAGI VAZIFALARI
Ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatda sodir bo`laetgan o`zgarishlarga aloqador psixik xodisalarni o`rgangani uchun ham bevosita davrga boglikdir. Shuning uchun ham tanikli frantso`z olimi Serj Masqovisi: "Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita jamiyat belgilaydi", deb ezgan edi. Demak, fan sifatida ijtimoiy psixologiyaning oldida to`rgan vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chikali. Ayniksa, xozirgi jumxuryayatimiz mustakil bo`lib, jamiyatimizda keskin ijtimoiyiktisodiy o`zgarishlar ruy beraetgan pallada ijtimoiypsixologik darajada xal kilinishi lozim bo`lgan vazifalar xar kachongidan ham muxim bo`lib turibdi. Bugungi kunimizda ijtimoiy psixologiya uchun muxim dolzarb bo`lmagan muammoning o`zi yo`kligini isbot kilinmokda. Bu narsa ishlab chikarishni boshkarishga ham, yangicha bozor iktisodieti sharoitida odamlar urtasidagi munosabatlar, ular tafakkurini, tasavvurlarini o`zgarishiga ham, yangi insonni tarbiyalash soxasiga ham taalluklidir. Ijtimoiy psixologiyaning vazifalaridan kelib chikib, uning baxs mavzuini o`z ichiga olgan soxalar yoki ob`ektlarni kuyidagi guruxlarga bo`lishi mumkin 1.Kichik guruxlar va jamoalar psixologiyasi. Bu soxadagi tadkiqot ob`ektlariga odamlarni guruxda va yakka xoldagi xulkatvorlarinn o`rganish, kichik guruxlarning psixologik to`zilishi ularga ruy beradigan dinamik ja rayonlar (uyushqoklik, o`zaro moslik va xokazolar); guruxlardagi peshkadamlik va boshkarish psixologiyasi; qonformizm xodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruxlararo munosabatlar. Guruxlardagi kishilar urtasida o`zaro muloqot, o`zaro bir biriga ta`sir usullari, odamlarni samarali mulo qotga o`rgatish ham guruxlar ijtimoiy psixologiyasining muxim vazifasi xi soblanadi. Ushbu soxani o`rganish tufayli ajralib chikkan tadbikiy fan soxalariga ishlab chikarish ijtimoiy psixologiyasi va boshkarish psixologiyasi kiradi. 2. Shaxsni ijtimoiy psixologik o`rganish. Shaxs ijtimoiy psixolo gik tadkiqotlarning ob`ekti sifatida karalganda, avvalo uning xulkatvori, ijtimoiy motivlari, uning yo`nalishlari, xulkatvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavkei, ijtimoiy kushilish omillari sotsiallashuvi; shaxsning o`zo`ziga baxosi, munosabati, xurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shartsharoitlarnnng shaxs ongiga ta`siri, shaxs tiplari o`rganiladi. Ommaviy ijtimoiy psixologik xodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy xodisalar deganda turli kishilar guruxiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta`sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urfodatlar, an`analar, udumlar, akidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar: turli guruxlarda odamlarning birbirini idrok kilishlari va tushunishlari, o`zaro ta`sir masalalari tushuniladi. Xozirgi murakkab ijtimoiy xodisalar sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshkarishning ahamiyati byonixoyat kattadir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling