Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi
KICHIK GURUXLAR PSIXOLOGIYASI
Download 0.83 Mb.
|
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)
KICHIK GURUXLAR PSIXOLOGIYASI
Kichik guruxlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko`plab ilmiy tadkiqotlar utkazilgan ob`ektlardandir. Bu an`ana Amerikada asrimiz boshida utkazilgan ko`plab eksperimental tadkiqotlardan boshlapgan bo`lib, ularda olimlar oldiga kuyilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka xolda yaxshi ishla ydimi yoki guruxda yaxshirok samara beradimi, boshka odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga kanday ta`sir kursatadi. SHuni ta`kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o`zaro hamqorligi (interaktsiya) emas. balki ularning bir vaktda bir erda birga bo`lganligi faktining (qoaktsiya) ta`sinri o`rganildi. Olingan ma`lumotlar shuni kursatadiki. boshkalar bilan hamqorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi oshadi. lekin xarakatlar sifati ancha pasayishi aniklandi. Bunday ma`lumotlar amerikalik N Triplett, nemis olimi A. Mayer, rus olimi V. M. Bexterev, yana bir nemis olimi V. Mede va boshkalarning tadkiqotlarida ham kayd etildi. Bu psixologik xodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi. uning moxiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat maxsullariga uning yonida bo`lgan boshka individlarning bevosita ta`siri bo`lib, bu ta`sir avvalo. syonsor kuchayishlar hamda ish xarakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo`ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham ko`zatiladi. ya`ni boshkalar ta`sirida individ reaktsiyalariga tormozlanish faoliyatining susayishi xolatlari; bu narsa fanda individtsiya nomini oldi. Lekin olgan faktlarning kandayligidan kat`iy nazar, olimlar uchun kichik guruxlar asosiy tadkiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida kator qonuniyatlar ochildi. Birinchidan, kichik guruxlarning xajmi. uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik gurux "diada" ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 3040 kishigacha deb kabo`l kilindi. Ikki kishilik gurux deyilganda, avvalo sila yangi shakllangan oila ko`prok nazarda tutiladi, lekin samarali o`zaro ta`sir nazarda tutilganda 72 kishi nazarda tutiladi. Bunday gurux turli ijtimoiypsixologik tadkiqotlar uchun ham, sotsialpsixologik tryoninglar utkazish uchun ham kulan hisoblanadi. Ikkinchidan, guruxning ulchami kanchalik katta bo`lsa,, uning aloxida olingan shaxslar uchun kadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. YA`ni. shaxsning ko`pchilikdan iborat guruxdan o`zini tortish va uning normalarini bo`zishga moyilligi ortib boradi. Uchinchidan, guruxning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o`zaro munosabatlar taranglashib boradi. CHunki, shaxslarning birbirlari oldida mas`uliyatlarnning oshishi va yakindan bilishlari uning urtasidagi aloqalarga doim aniklik bo`lishini talab kiladi. Munosabatlardagi xar kanday disbalanslar ochik xoldagi ziddiyatlarni keltirib chikaradi. Turtinchidan, agar gurux a`zolarining soni tok bo`lsa, ular urtasidagi o`zaro munosabatlar juft bo`lgan xoldagidan ancha yaxshi bo`ladi. SHundan bo`lsa kerak. boshkaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruxdagi odamlar soni tok kilib olinadi. Beshinchidan. shaxsning gurux taz`yikiga berilishi va buysunishi ham gurux a`zolarining soniga boglik. Gurux soni 45 kishi bo`lgunga kadar. uning ta`siri kuchaya boradi. lekin undan ortib ketgach ta`sirchanlik kamaiib boradi. Masalan. kuchada sodir bo`lgan baxtsiz xodisaning guvoxlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga erdam berishga intilish, mas`uliyat hissi pasayib boradi. Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruxlarni boshkarish ishini ancha yongillashtiradi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling