Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
7.2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy
usullari Tashqi iqisodiy faoliyatni tartibga solishning noiqtisodiy usullari yoki bojxona tariflariga asoslangan tartibga solish bojxona to'lovlarining umumiy tizimiga kiradigan import va eksport tariflarini qo’llash bilan bog’langan. Bojxona tartibi – bojxona maqsadlari uchun bojxona ittifoqining bojxona hududida yoki undan tashqarida tovarlarni ishlatish va (yoki) tasarruf etish talablari va shartlarini belgilovchi me'yorlar majmui. Bojxona tartibi bojxona tartibga solish maqsadlari uchun belgilanadi. Tarif va tarifsiz tartibga solish mavjud. Tarifni tartibga solish – bojxona bojlari, bojxona tartibi va qoidalarini qo'llashga asoslanadigan tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari majmui. Tashqi savdo aylanmasiga ta'sir qilishning narx omili qo’llaniladi. Bojxona-tarif orqali tartibga solish elementlari quyidagilardir: - Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi. - Bojxona tarifi – bojxona bojlari stavkalari majmui. 69 - Tovarlarning kelib chiqish mamlakati (Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi yoki preferensiyalarning umumiy rejimi). - Bojxona qiymati va uni aniqlash usullari. - Bojxona tartibi Bojxona bojlari bojxona tarifida birlashtiriladi – tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan, qonunchilik darajasida belgilangan bojxona bojlari stavkalari majmui. Shuningdek, bojxona tarifi tushunchasi, tashqi savdo siyosatining maxsus vositasi va bojxona bojining aniq stavkasini bildiradi. Hozirgi vaqtda har bir tovar guruhi uchun ikki yoki undan ortiq stavkalarni belgilaydigan "ko'p pog’onali tariflar" keng tarqalgan. Ular ma'lum bir mamlakatga (mamlakatlar guruhiga) qo'llaniladigan savdo-siyosiy rejimga qarab, bojxona to'lovlarining differentsiatsiyalashgan stavkalaridan foydalanishga imkon beradi, ya’ni bir xil tovarlardan turli darajadagi bojlar undiriladi. Bojxona solig’i – muayyan mamlakatning bojxona chegarasini kesib o'tishda olinadigan soliq. Bojxona boji – import, eksport yoki tranzit vaqtida bojxona davlat organlari tomonidan undiriladigan majburiy to'lov bo'lib, bu boshlang'ich narxni oshishiga olib keladi. Bojlar quyidagi uchta vazifani bajaradi: 1) fiskal – import va eksport bojlariga taaluqli, chunki ular davlat byudjetining tushumlaridan biridir; 2) protektsionistik (himoyalovchi) – import bojlarini nazarda tutadi, chunki ularning yordami bilan davlat mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qiladi; 3) balanslovchi – ayrim sabablarga ko'ra ichki narxi jahon narxidan past bo'lgan mahsulotlar eksportining oldini olish uchun belgilangan eksport bojlarini nazarda tutadi. Bojxona bojlari quyidagicha tasniflanishi mumkin: - import bojlari – tovarlarni bojxona hududiga olib kirishda olinadigan bojlar. - eksport bojlari – eksport tovarlari davlatning bojxona hududidan tashqariga chiqarilganda olinadigan bojlar. - tranzit bojlari – tranzit orqali milliy hududni kesib o'tgan tovarlar uchun olinadigan bojlar. Xalqaro tranzit – bu chet el yuklarini tashishdir, unda jo’natish va borar joylari ma'lum bir mamlakatdan tashqarida bo’ladi. 70 Hisoblash yoki undirish usuliga ko’ra: - Advalor – soliqqa tortiladigan tovarlarning bojxona qiymatidan foiz shaklida undiriluvchi boj. - Spesifik – soliqqa tortiladigan tovarning har birligidan belgilangan miqdorda undiriladi. - Aralash – yuqoridagi har ikkala turdagi boj birgalikda qo’llaniladigan boj. Kelib chiqishiga ko’ra: - Avtonom – davlat hokimiyati organlarining bir tomonlama qarorlari asosida belgilanadi. Uning stavkalari tashqi savdo hamkorlari bo'lgan mamlakatlar bilan kelishmasdan vakolatli organning qarori bilan o'zgartirilishi mumkin. - Konvension – ikki yoki ko'p tomonlama savdo shartnomasi (kelishuv) asosida belgilanadi. Bunday bojlar faqat ushbu hujjatda ko'rsatilgan mahsulotlarga nisbatan qo'llaniladi. Bunday bojlarning stavkalari bir tomonlama o'zgartirilishi mumkin emas; ularni qo'llash muddati tegishli hujjatning amal qilish muddati bilan belgilanadi. - Imtiyozli (preferentsial) – muayyan mamlakatlardan muayyan tovarlarni import qilishni rag'batlantirish uchun chegirmali holda qo'llaniladigan imtiyozli bojlar. Qo’llash xarakteriga ko’ra: - Kompensatsion – ishlab chiqarilishida subsidiyalar ishlatilgan tovarlarni import qilish milliy ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazgan yoki ularning faoliyatini tashkil etish va kengaytirishga to'sqinlik qiladigan hollarda qo’llaniladigan bojlar. - Dempingga qarshi – mamlakat xududiga o'zining haqikiy narxidan past narxda tovar olib kirilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazilsa, bu mahsulot importidan undiriladigan boj. Import qilinadigan tovarlar narxini normal deb e'tirof etilgan darajaga moslashtirish uchun belgilanadi. - Maxsus bojlar – agar tovarlar mamlakatning bojxona hududiga mahalliy ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazadigan yoki tahdid soladigan miqdorda va sharoitlarda olib kirilsa himoya chorasi sifatida; ikkinchidan, boshqa davlatlar yoki ular ittifoqlarining mamlakat manfaatlarini kamsituvchi diskriminatsion va boshqa harakatlariga javob sifatida qo'llaniladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling