Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Tartibga solishning moliyaviy tarifsiz usullari
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
3. Tartibga solishning moliyaviy tarifsiz usullari
Eksportni moliyalashtirish davlat manbalaridan davlat byudjeti va turli muassasalar (banklar, fondlar va boshqalar) hisobidan, shuningdek xususiy sektor – eksportchilar va ularga xizmat ko'rsatuvchi banklar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. А. Subsidiyalar Agar hukumat milliy ishlab chiqaruvchilarning eksportini rag'batlantirish zarur deb hisoblasa, u holda ularni byudjetdan subsidiyalar bilan ta'minlashi mumkin. Subsidiya – milliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash va importni bevosita kamsitishga qaratilgan pul to'lovi. Subsidiyalar to’lov xarakteriga ko’ra bo'linadi: - eksport operatsiyalari amalga oshirilgandan so'ng eksportchiga uning xarajatlari va olingan daromadlari o'rtasidagi farq miqdori bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar. To'g'ridan-to'g'ri subsidiyalar ishlab chiqaruvchiga tashqi bozorga chiqganda dotatsiyalar sifatida beriladi; - Bilvosita – soliqlarni to'lash bo'yicha imtiyozlar berish, sug'urtalashning imtiyozli shartlari, bozordan past bo'lgan stavka bo'yicha kreditlar, import bojlari va boshqalar orqali eksportchilarni yashirin ravishda dotatsiyalash. 75 Subsidiyalar import bilan raqobatlashadigan tovar ishlab chiqaruvchilar va eksportga sotiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchilarga berilishi mumkin. Ichki subsidiya savdo siyosatining eng yashirin moliyaviy va importga qarshi kamsitish (diskriminatsiya) usulidir, bu esa import bilan raqobatlashadigan tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarishni byudjet hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. B. Eksport kreditlari Eksport krediti – davlat tomonidan milliy firmalar tomonidan eksportni rivojlantirishni moliyaviy rag'batlantirishni nazarda tutadigan tashqi savdo siyosatining moliyaviy tarifsiz usuli. Eksportni kreditlash shakllari: - milliy eksportchilarga davlat banklari tomonidan bozordan past foiz stavkasi bo'yicha beriladigan subsidiyalangan kreditlar; - xorijiy importchilarga davlat kreditlari, tovarlarni faqat bunday kreditni bergan mamlakat firmalaridan sotib olish sharti bilan kreditlash (bogliq kredit); - milliy eksportchilarning eksport tavakkalchiliklarini sug'urtalash, savdo tavakkalchiliklarini (importchining yetkazib berishni to'lashga qodir emasligi) va siyosiy tavakkalchiliklarni (importchining o'z majburiyatlarini bajarishiga hukumatning to’sqinlik qiladigan harakatlarini) o'z ichiga oladi. Eksport kreditlari ko’rinishlari: - qisqa muddatli – 1 yilgacha bo'lgan muddatda, iste'mol tovarlari va xom ashyo eksportini kreditlash uchun foydalaniladi; - o'rta muddatli – 1 dan 5 yilgacha bo'lgan muddatda, mashina va uskunalar eksportini kreditlash uchun foydadalaniladi; - uzoq muddatli – 5 yildan ortiq muddatda, yirik loyihalar va investitsiya mahsulotlarini eksport qilishni kreditlash uchun foydalaniladi. C. Demping Demping – eksport bahosini ushbu mamlakatlarda mavjud bo'lgan normal narx darajasidan pasaytirish orqali mahsulotni tashqi bozorga chiqarishga qaratilgan savdo siyosatining moliyaviy tarifsiz usuli. Demping tashqi bozorni egallashga intilayotgan ayrim firmalarning resurslari va eksportchilarga davlat subsidiyalari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Dempingning asosida odatda 76 talabning narxga ko’ra elastikligi ichki bozorda tashqi bozorga nisbatan past bo'lgan bozor holati yotadi. 4.Tartibga solishning tarifsiz noiqtisodiy usullari А. Savdo shartnomalari Davlatlar o'rtasidagi savdo munosabatlari ikki tomonlama asosda ijro etuvchi hokimiyat darajasida (hukumatlar o'rtasida) tuzilgan savdo shartnomalari va bitimlar yordamida tartibga solinadi. Bunday bitimlar qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan ratifikatsiyalanadi. Ular odatda 5-10 yilga tuziladi va tomonlar tomonidan davriy qayta ko'rib chiqiladi. Savdo shartnomasi – davlatlararo shartnomalar turi, ikki tomonlama savdo tamoyillari va rejimini belgilaydi. Xalqaro huquqning asosiy tamoyili shundaki, har bir davlat o'z hududida mutlaq yurisdiktsiyaga ega va bu hududda joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar uning yurisdiktsiyasiga kiradi. B. Huquqiy rejimlar Jahon amaliyotida xalqaro savdoni tartibga solishda quyidagi huquq rejimlaridan biri berilishi mumkin: milliy rejim yoki "mumkin qadar qulaylik yaratish (imkon tug'dirish)" rejimi. Milliy rejim – bir davlat xorijiy rezidentlarga o’zining yuridik va jismoniy shaxslari uchun yaratib bergan rejimdan kam bo'lmagan qulay rejim taqdim etishi. Ko'pincha milliy rejim integratsiya guruhlariga a'zo davlatlar o’rtasidagi va kapitalni eksport qilish bilan bog'liq munosabatlarda qo’llaniladi. Xorijiy investisiyalarga milliy rejim taqdim etilganda milliy va xorijiy tadbirkorlar, ba'zi bir istisnolardan tashqari, bozorda teng huquqli sub'ekt sifatida chiqadilar va bu xorijiy investorlar manfaatlarini cheklab qo'ymaydi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, "milliy rejim" qabul qiluvchi davlat hududida asosan chet elliklar huquqlari sarmoya chiqayotgan mamlakat qonunlari doirasida emas, balki mahalliy (milliy) qonunlar doirasida belgilanadi. Bunda xorijiy investisiyalar rejimi milliy yuridik shaxslarga taqdim etiladigan rejimdan qulayligi past bo'la olmaydi. Mumkin qadar qulaylik yaratish (imkon tug’dirish) rejimi – xalqaro savdo shartnomalarida mustahkamlangan shart bo’lib, bir mamlakat tomonidan uchinchi mamlakatga yaratgan qulay shart- sharoitlarni, afzallik va imtiyozlarni o'z hamkor mamlakatiga ham taqdim etishini nazarda tutuvchi huquqiy rejim. Bu rejim JST 77 shartlariga kiritilgan va xalqaro savdoda nodiskriminatsion rejim yaratish uchun asos hisoblanadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling