Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU. XALQARO XIZMATLAR BOZORI
- 8.1. Jahon iqtisodiyotida xizmatlar, xizmatlarning klassifikatsiyasi
Nazorat savollari:
1. Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari nima va uning qanday turlari mavjud? 2. Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklashning qanday usullari mavjud? 3. Lisenziyalash nima va u qanday usullar yordamida tarqatiladi? 4. Savdo siyosatining moliyaviy usullariga qaysi usullar kiradi? 5. Ichki va eksport subsidiyalarining milliy iqgisodiyotga ta'siri qanday? 6. Savdo siyosatining yashirin usullari qanday usullardan iborat? 7. Dunyo amaliyotida tashqi savdoni tartibga solishning yashirin usullari nima uchun keng tarqalgan? 8. Tartibga solishning noiqtisodiy usullari nima va ular qanday tartibda joriy etiladi? 8-MAVZU. XALQARO XIZMATLAR BOZORI 8.1. Jahon iqtisodiyotida xizmatlar, xizmatlarning klassifikatsiyasi 8.2. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh kelishuv 8.3. Xalqaro turizm Tayanch iboralar: jahon iqtisodiyoti, xizmatlar, savdo qilinmaydigan xizmatlar, omilli xizmatlar, transport xizmatlari, sayohatchi, turizm, xalqaro turizm. 8.1. Jahon iqtisodiyotida xizmatlar, xizmatlarning klassifikatsiyasi Jahon xo'jaligidagi milliy iqtisodiyotlarning XXI asr bo'sag'asidagi xususiyati shundaki, uning tarkibida xizmatlar sohasining ulushi barqaror sur'atlarda o'sib bormoqda. Xizmatlar sohasining pirovard natijasi tovarlar ko'rinishida emas, balki buyumlashgan noyob iste'mol qiymatlari – xizmatlar hisoblanadi. 78 XX asrning 80-yillaridayoq jahon yalpi ichki maxsulotining 64% i xizmatlardan iborat bo'lishiga qaramasdan uzoq davr mobaynida xizmatlar xalkaro iqtisodiy munosabatlar fanida chuqur o’rganilmagan. Shu munosabat bilan xizmatlar tushunchasi ta'rifida iqgisodiy adabiyotda yakdillik bilan umumqabul qilingan ilmiy yondashuvlar yo'q. Xalqaro xizmatlar savdosi sohasini o'rganishdagi birinchi vazifa xizmatlarga ta'rif berish va uning iqtisodiy faoliyatning boshqa turlaridan farqini aniqlab olish zarur. Xizmatlar – ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi kelishuv munosabatlari asosida boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan faoliyat. Xalqaro tovarlar savdosi va xizmatlar savdosi bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Tovarlarni xorijga yetkazib berishda bozorlarni tahlil qilishdan boshlab tovarlarni transport bilan tashishgacha bo'lgan ko'pgina xizmatlar ko'rsatiladi. Xalqaro aylanmaga kelib tushuvchi ko'pgina xizmatlar turlari tovarlar eksporti va importi tarkibiga kiritiladi. Shu bilan birga xizmatlar savdosi an'anaviy tovarlar savdosiga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan solishtirganda quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: - chegarada emas balki mamlakat ichida ichki qonunchilikka mos ravishda tartibga solinadi. Xizmatning chegara bilan kesishishi haqidagi faktning mavjud yoki mavjud emasligi xizmat eksporti mezoni bo'la olmaydi; - xizmatlar saqlashga moyil emas, ular bir vaqtda ishlab chiqariladi va iste'mol qilinadi. Shu tufayli ko'pgina xizmatlar turlari ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasidagi to'gridan-to'gri shartnomalarga asoslanadi; - xizmatlarni ishlab chiqarish va realizasiyasi moddiy ishlab chiqarish hamda savdoga qaraganda katta davlat himoyasiga ega. Ko'pgina mamlakatlarda transport, aloqa, moliyaviy va sugurta xizmatlari, ilm - fan, ta'lim, sog'liqni saqlash butunlay yoki qisman davlat mulki tarkibida va uning qatiy nazorati ostida bo’ladi; - xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan chambarchas aloqada va unga kuchli ta'sir qiladi. Masalan, xizmatlar sohasining katta hajmda texnik xizmatni, axborot va maslahat xizmatlarini talab qiluvchi ilmtalab tovarlar savdosiga ta'siri katta; 79 - xizmatlarning hamma turi tovarlarga qaraganda savdo predmeti bo'la olmaydi. Asosan, ichki isge'molga kelib tushuvchi xizmatlar xalqaro xo'jalik aylanmasi tarkibiga kiritilmaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling