Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Xalqaro kapital harakatini boshqarish
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
9.3. Xalqaro kapital harakatini boshqarish
TTXIni xalqaro darajada tartibga solishning asosiy shakli xalqaro investision shartnomalar hisoblanadi. Xalqaro investisiya shartnomalarining mohiyati shundaki, ular ikki va ko'p tomonlama milliy davlatlarning investisiya siyosatlarini muvofiqlashtirish va xalqaro investisiyalar sohasida tartibga solishning umumiy qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. Xalqaro investisiya shartnomalari qatnashchilari tarkibiga ko'ra ikki tomonlama, mintaqaviy va ko'p tomonlama bo'lishi mumkin. Ikki tomonlama investisiya shartnomasi ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida investisiyalarni amalga oshirish maqsadida tuziladigan maxsus shartnomadir. Mintaqaviy investisiya shartnomasi – bir mintaqaviy guruhga kiruvchi mamlakatlar hukumatlari o'rtasida investisiyalarni amalga oshi rish xususida imzolanadigan maxsus shartnoma. Mintaqaviy shartno - malarning predmeti bo'lib investisiya rejimini o'rnatish, investorlarga kafolatlar berish, investisiya nizolarni tartibga solish, mintaqa ichida kapital, texnologiya, malakali ishchi kuchining harakati uchun qulay erkinlikni ta'minlash hisoblanadi. 1 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: o'quv qoilanma. / A.V. Vaxabov, Sh.X.Xajibakiyev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova. - Т.: «Voris-nashriyot», 2014. – b.135. 91 Ko'p tomonlama investisiya shartnomalari manfaatdor mamlakatlarning investision hamkorlikda qatnashishi va a'zolarni keng miqyosda qamrab olishni ko'zda tutadi. Xalqaro investisiya shartnomalari qatnashchilari sifatida milliy hukumatlar va Jahon savdo tashkiloti (JST), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kabi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar qatnashishi mumkin. Xalqaro investisiya shartnomalarining amal qilishida ikki tomonlama investisiya shartnomalari muhim ahamiyat kasb etadi. Investision hamkorlik doirasidagi iqtisodiy munosabatlarni davlatlar ikki tomonlama va mintaqaviy kelishuvlar asosida mustahkamlaydilar. Xorijiy investisiyalarni himoyalashda ko'proq ikki tomonlama investisiya kelishuvlari (Bilateral investment treaties yoki BITs) amaliy ahamiyatga ega. Birinchi BITs 1950-yillarda qabul qilingan bo'lib, umuman olganda ularning mohiyati hozirgi kunda uncha o'zgarmagan. Ular ikki tomonlama investision hamkorlik me'yorlari, andozalari va asosiy tamoyillarini belgilaydi va investisiya kiritishning barqaror rejimi mavjudligidan darak beradi. Investisiyalarni o'zaro himoyalash va rag'batlantirish to'g'risidagi ikki tomonlama investisiya kelishuvlarini tuzish qulay investisiya iqlimi yaratish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etib, xorijiy investisiyalarni tartibga solishning huquqiy-me'yoriy bazasi jiddiy kamchiliklarga ega bo'lgan vaziyatda, tog’ridan-to’gri xorijiy investisiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishning istiqbolli yo'nalishi bo'lib hisoblanadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling