Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Nazorat savollari: 
1. Xalqaro xizmatlar deganda nimani tushunasiz?
2. Xalqaro xizmatlarning qanday turlari mavjud?
3. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xizmatlarni qaysi mezonlar asosida 
guruhlaydi?
4. Xalqaro xizmatlar bozorining rivojlanishiga qaysi omillar ta'sir 
ko'rsatadi?
5. Xalqaro xizmatlar bozorining rivojlanish tamoyillariga baho bering.
6. Xalqaro transport xizmatlarining xizmatlar bozoridagi o'rni va tarkibi 
qanday?
7. Turizm xizmatlarining xalqaro xizmatlar bozoridagi o'rniga baho 
bering.
8. Xapqaro xizmatlar savdosi qanday usullar yordamida tartibga 
solinadi? 
9-MAVZU. XALQARO KAPITAL HARAKATI 
 
9.1. Kapital chiqishining mohiyati, sabablari va shakllari 
9.2. Jahon iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalr dinamikasi va turlari 
9.3. Xalqaro kapital harakatini boshqarish 
 
Tayanch iboralar: xalqaro migrasiya, kapitalning chetga chiqib 
ketishi, kapital, xususiy kapital, portfel investisiyalar, to'gridan-to'g'ri 
xorijiy investisiyalar (TTXI), moliyaviy investisiyalar 


86 
9.1. Kapital chiqishining mohiyati, sabablari va shakllari 
Xalqaro kapital harakati jahon iqtisodiy munosabatlarining asosiy 
shakllaridan biridir. Xalqaro kapital harakati kapitalni xorijga 
chiqarishda namoyon bo’ladi.
Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol 
migratsiyasi zamonaviy jahon хo’jaligi va хalqaro iqtisodiy munosaba
tlarning eng muhim ajralib turuvchi tomoniga aylandi.
Kapitalni chiqarishning mohiyati kapitalning bir qismini bir 
mamlakatdagi milliy tovar ayirboshlash jarayonidan olib chiqib boshqa 
mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoniga (yoki boshqa muomalaga) 
kiritish bilan bog’liq. Qadim zamonlardan buyon keng tarqalgan tashqi 
savdodan farqli o'laroq, sarmoyani eksport qilish imkoniyati sanoati 
rivojlangan mamlakatlarda kapitalning to'planishi katta hajmga 
yetganida va uning nisbiy "ortiqchaligi" shakllanganida paydo bo’ldi. 
Bu "ortiqcha", yoki sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapital yig'ish 
hajmi va shu mamlakatlarda uning qo'llash imkoniyatlari o'rtasidagi 
tafovut, kapitalni chiqarishni zarurligini belgilaydi.
Kapitalni eksport qilishning roli kapitalni eksport qiluvchi va 
import qiluvchi mamlakatlar uchun farq qiladi. Eksport qiluvchi 
mamlakatlar (ya'ni, kapital chiqadigan) "asos mamlakatlari» deb 
ataladi. Import qiluvchi davlatlar (ya'ni, kapital kiradigan) qabul 
qiluvchi tomonlar deb ataladi. Sarmoyani eksport qilish eksport 
qiluvchi mamlakatning tashqi savdo ekspansiyasining samarali vositasi 
hisoblanadi. Boshqa tomondan, kapitalni import qilish qabul qiluvchi 
tomonning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtiradi. 
Zamonaviy sharoitda kapitalni chiqarish bir qator xususiyatlarga 
ega.
Birinchidan, bugungi kunda sanoati rivojlangan davlatlar o'rtasida 
xususiy kapital harakati kuchaymoqda va xususiy kapital eksportining 
3⁄4 dan ortig’ini tashkil etadi. Xalqaro kreditlarning umumiy hajmida 
rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi kamaydi.
Ikkinchidan, kapitalni eksport qilishda davlatning roli o'zgardi. 
Xususiy kapital eksportining oddiy himoyachisi bo'lgan davlat o'zi 
moliyaviy resurslarning eng yirik eksportchisi bo’lmoqda.
Uchinchidan, integratsiya jarayonlarini rivojlanishi va transmilliy 
korporatsiyalarning (TMK) o'sishi bilan bog'liq holda kapital 
harakatining shakllari o’zgardi. 


87 
Kapital eksporti (import) mulkchilik shakliga ko’ra uch turga 
bo’linadi: 
a) asosan yirik sanoat kompaniyalari va banklar tomonidan 
amalga oshiriladigan xususiy kapital eksporti
b) davlat byudjeti hisobidan hukumat yoki davlat tashkilotlari va 
kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan kapitalni davlat 
tomonidan olib chiqish; 
v) xalqaro valyuta-moliya kompaniyalari va tashkilotlari 
tomonidan kapitalni eksport qilish. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling