Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
TTXI sohasidagi ikki tomonlama investisiya shartnomalarining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: -
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
TTXI sohasidagi ikki tomonlama investisiya shartnomalarining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: - tomonlarning investisiya sohasidagi o'zaro munosabatlari tamoyillari to'g'risidagi deklarasiya; - TTXI aniqlashning umumiy qoidalari; - Ikki tomonlama hamkorlik shakllari; - Shartnomalarni amalga oshirish bosqichlari; - Investisiyalarni himoyalash mexanizmlari. Jahon xo'jaligida ko'ptomonlama shartnomalar asosida investitsiyalarni kafolatlash qoidalari bilan investisiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik (MAGI) shug’ullanadi. 80-yillarning boshlaridan xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ayniqsa Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya oqimlarini rag'batlantirish bo'yicha choralarni qo'llay boshladi. Shu maqsadda 92 Jahon banki tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlardagi xorijiy investisiyalarni kafolatlash bilan shug'ullanuvchi Investisiyalarni kafolatlashning ko'ptomonlama agentligi MIGA (The Multilateral Investment Guarantee Agency) ni tashkil etish to'g'risidagi Konventsiyaning asosiy nizomi loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. 1988 yil 12 aprel bu tashkilotga asos solindi va u Jahon banki guruhining a'zosi hisoblanadi. MIGAning asosiy funktsiyasi xususiy investorlarni qo'shimcha kafolatlar bilan ta'minlash va xorijiy sarmoyani qabul qiluvchi davlatdagi investisiya iqlimini takomillashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish orqali rivojlanayotgan a'zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy o'sishini jadallashtirish uchun xorijiy investisiyalarni kiritishni rag'batlantirish. MIGA faoliyatining turlari: - Investorlarni siyosiy tavakkalchilikdan sug'urtaviy himoya bilan ta’minlash; - Mablag'larni investisiyalash imkoniyatlari to'g'risidagi axborotlarni tarqatishda mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish; - Investisiyalar bilan bog'liq nizolarni hal etishda vositachilik xizmatlarini ko’rsatish va h.z. MIGA tomonidan siyosiy tavakkalchilikdan beriladigan kafolatlar xorijiy investorlarga o'z investisiya dasturlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan faqat iqtisodiy va kredit tavakkalchiligiga e'tiborni qaratish imkonini beradi. Ammo moliyaviy tashkilotlar va sug'urta tashkilotlarining aksariyati siyosiy beqaror bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda yuzaga keladigan notijorat tavakkalchiligidan sug'urtalashni o'z zimmalariga olishni xohlamaydilar. Shunday qilib MIGA mazkur bo'shliqni to'ldirishga xizmat qiladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling