Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan xorijiy investisiya va


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan xorijiy investisiya va 
kreditlar 
 
2019 yilning yanvar-dekabrida 86653,1 mlrd. so'm (dollar 
ekvivalentida 9,8 mlrd. AQSh doll.) yoki 2018 yilga nisbatan 2,5 marta 
ko'p asosiy kapitalga xorijiy investisiya va kreditlar o'zlashtirildi. 
Xorijiy investisiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga 
o'zlashtirilgan investisiyalardagi ulushi – 45,7 % tashkil etdi. 
Xorijiy investisiya va kreditlarning eng salmoqli ulushlari 
Qashqadaryo viloyatida – 71,0 %, Surxondaryo viloyatida – 61,8 %, 
Buxoro viloyatida – 52,9 %, Jizzax viloyatida – 47,0 %, Sirdaryo 
viloyatida – 46,5 % va Namangan viloyatida – 43,6 % kuzatildi. 
2019 yilda o'zlashtirilgan xorijiy investisiya va kreditlarning yalpi 
ichki mahsulotga nisbati 16,9 % ni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 9,5 
% punktga ko'paydi. O'zlashtirilgan jami xorijiy investisiya va 
kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 9803,5 mln. AQSh 
dollarini tashkil etib, undan 4205,4 mln. AQSh dollari to'g'ridan-to'g'ri 
xorijiy investisiyalarni, yoki jami xorijiy investisiya va kreditlarning 
42,9 % ini tashkil etdi. 
O'zlashtirilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarning hajmi 
2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 37171,3 mlrd. so'mni yoki 2018 
yilga nisbatan 3,6 martani tashkil qildi. 
Milliy iqtisodiyotda samarali foydalanilgan TTXI lar iqtisodiy 
o'sish sur'atlarini tezlashtirishning, xo'jalik takror ishlab chiqarish 
tizimini 
optimallashtirishning, 
mahsulot 
raqobatbardoshligini 
oshirishning va boshqa ko'pgina strategik vazifalarni echishning muhim 
omili bo'lishi mumkin. Bu xorijiy investisiyalarni jalb etishni tartibga 
solishning puxta o'ylangan davlat tizimi mavjud bo'lgan va 
rivojlanayotgan holdagina mumkin bo'ladi. Milliy iqtisodiyotlarning 
sarmoyaga muhtoj tarmoqlariga xorijiy investisiyalarni jalb qilish 
uchun investorlar faoliyatini tartibga soluvchi, hamda milliy va xorijiy 


96 
sarmoyadorlar huquqlarini himoya qiluvchi me'yoriy-huquqiy baza 
zarurdir. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling