Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
MDH davlatlarining iqtisodiy hamkorlik muammolari
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
12.3. MDH davlatlarining iqtisodiy hamkorlik muammolari
O’zbekiston jahon xo'jaligi tizimiga integrasiyalashib borar ekan, uning xalqaro iqgisodiy aloqalari uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan taraqqiy etib bormoqda. O'zbekistoning MDH va iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti kabi integrasiya uyushmalarida ishtirok etishi mamlakatimizning dunyo miqyosidagi obro'-e'tiborini yanada oshiradi. O'zbekisgon sobiq Ittifoq respublikalari bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat berib, MDH tuzish g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Bunday hamkorlikka Hamdo'stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog'likligi, nafaqat bog'likligi, balki chuqur tarixiy, madaniy va ma'naviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo’lmoqda. Hamdo'stlik birlashmasi maqsaddari quyidagilardan iborat: - demokratik huquqiy davlatlar tuzish, ular o'rtasidagi munosabatlar davlat mustaqilligini hamda suveren tenglikni o'zaro tan olish va hurmatlash, o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi, teng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday tazyiqlardan voz kechish, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan kichik millatlar huquqlarini hurmat qilish, majburiyatlarini va boshqa umum tan olingan xalkaro huquq tamoyillari va normalarini halol bajarish; - bir-birlarining hududiy butunligi va mavjud chegaralarning buzilmasligini tan olish va hurmat qilish; - chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan xalqlarning tub manfaatlarini hamda qo'shnichilik va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash; - fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash. 127 Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasining MDHga a'zoligi unga bir qator muhim vazifalarni millat, iqtisodiyot manfaatlariga muvofiq hal etish imkonini beradi: - ishlab chiqarishni, aholini zarur mahsulotlar bilan ta'minlashni qo'llab-quvvatlashni ko'zda tutuvchi kooperativ xo'jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish; - MDHning bir qator tovarlarini milliy bozorda, jumladan, an'anaviy mahsulotlarni sotish sohasida yetakchi mavqeni saqlash; - sobiq ittifoqchi respublikalar ega bo’lgan xomashyo resurslaridan fovdalanish; - O'zbekistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga xizmat ko’rsatuvchi transport kommunikasiyalaridan kafolatli va xatarsiz foydalanish. O'zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari iqtisodiy erkinlashtirish, uni bozor tamoyillariga izchillik bilan o'tkazish, xo'jalik tuzilmasini qayta qurishdan iborat umumiy yo'l bilan belgilanadi. MDH mamlakatlari O'zbekistonning asosiy savdo-iqgisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga respublikamiz tashqi savdo umumiy hajmining 30% dan ortig'i to'g'ri keladi. O’zbekiston va MDH mamlakatlari tovar ayirboshlash dinamikasi tenglik va o'zaro foydali tamoyillarga asoslangan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Iqtisodiy munosabatlarning shakli va tarkibi MDH mamlakatlari bilan tubdan o'zgarib bormoqda. O'zbekistonning mavqei tobora mustahkamlanmoqda. O'zbekisgon MDHning aksariyat mamlakatlari bilan savdo-to'lov balansida ijobiy saldoga ega. O'zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlantirilishi uning jahon xo'jaligi integrasiyasida samarali ishtirok etishini ta'minlaydi. Bunday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bozor iqgisodiyotiga o'tish muammolarini hal etishni, jumladan, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor xo'jaligini shakllantirishni yengillashtiradi. Ushbu holat xalqaro kreditlar olishda, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda, milliy mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqarishda katta yordam beradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling