Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Pul o’tkazmalarini jo’natuvchi yetakchi mamlakatlar, mlrd. doll
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. Ishchi kuchining xalqaro migratsiya jarayonini boshqarish
Pul o’tkazmalarini jo’natuvchi yetakchi mamlakatlar, mlrd. doll,
2017 yil 1 2005 2010 2015 2017 AQSh 47,25 AQSh 50,78 AQSh 61,86 AQSh 67,96 Saudiya Arabistoni 14,30 Saudiya Arabistoni 27,07 Birlashgan Arab amirliklari 40,33 Birlashgan Arab amirliklari 44,37 Germaniya 12,71 Rossiya 21,45 Saudiya Arabistoni 38,79 Saudiya Arabistoni 36,12 Shveytsariya 10,52 Shveytsariya 17,76 Shveytsariya 25,40 Shveytsariya 26,60 Buyuk Britanya 9,64 Germaniya 14,68 Xitoy 20,42 Germaniya 22,09 Frantsiya 9,48 Italia 12,89 Rossiya 19,69 Rossiya 20,61 Korea 6,9 Frantsiya 12,03 Germaniya 18,03 Xitoy 16,18 Rossiya 6,83 Quveyt 11,86 Quveyt 15,20 Quveyt 13,76 Lyuksemburg 6,70 Lyuksemburg 10,65 Frantsiya 12,79 Frantsiya 13,50 Malayziya 5,68 BAA 10,57 Qatar 12,19 Korea 12,89 Xitoy pul o’tkazmalarini qabul qiluvchi mamlakat sifatidagi roli bilan bir qatorda, pul o’tkazmalarini jo’natuvchi yetakchi mamlakatlar qatoridan ham o’rin egallagan. 2016 yilda 20,29 milliard AQSh dollari 1 WORLD MIGRATION REPORT 2020.- P.36. 117 va 2017 yilda 16,18 milliard AQSh dollari pul o’tkazmalari amalgam oshirilgan. 11.2. Ishchi kuchining xalqaro migratsiya jarayonini boshqarish Jahon iqtisodiyotida mehnat migratsiyasi mehnat sharoitlarini, ish bilan bandlikni, aholi daromadlarini tenglashtiradi, mamlakatlar orasida va ularning ichida ziddiyatlarni kuchaytiradi. Shuning uchun milliy va xalqaro miqyosda jahon mehnat bozorini tartibga solish zarurdir va buni rivojlangan davlatlar faol amalga oshirmoqda. Dunyoda migratsiya jarayonlari tezlashmoqda. Ixtiyoriy va majburiy migratsiya ko'lami kengaymoqda va bu jarayonga ko'plab mamlakatlar jalb etilmoqda, noqonuniy migratsiya oqimi ortib bormoqda. Bu migratsiya siyosatini ishlab chiqish, ularni tartibga solish vositalari rivojlantirish uchun bir ehtiyoj borligini anglatadi. Jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakat iqtisodiyoti uchun migratsiya jarayonlarining alohida ahamiyati tufayli mehnat migratsiyasi barcha darajalarda qat'iy tartibga solinadi: xalqaro, davlatlararo va davlat darajasida. Bunday tartibga solish vositalari bo’lib qonun hujjatlari, shuningdek, iqtisodiy, siyosiy va ma'muriy ta'sir usullari hisoblanadi. Ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro hamjamiyat hayotida normativ hodisa bo'lib, u milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlar asosida taraqqiy etgan shakllarda amalga oshiriladi. Migratsiya masalalarini xalqaro darajada tartibga soluvchi hujjatlar, migratsiya siyosatini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari va yondashuvlari BMT va uning bo'linmalari, Xalqaro migratsiya tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan o'tkaziladigan yig'ilish va konferentsiyalarda qabul qilinadi. Jahon iqtisodiyotidagi aholi migratsiyasini tartibga soluvchi huquqiy asos bo'lib BMT tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (unga ko'ra, shaxs o'zi uchun mamlakat, yashash joyi va ishini mustaqil ravishda belgilashga haqli), 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro bitim, 1975 yil 1 avgustdagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha Kengashning yakuniy akti, 1986 yil YXHTga a'zo davlatlar vakillarining Vena uchrashuvining yakuniy hujjati, BMTning barcha mehnat muhojirlari va ularning oila a'zolari 118 huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Konvensiyasi, XMT hujjatlari va boshqalar hisoblanadi. Davlatlarning integratsion guruhlari ham mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi hujjatlarni qabul qilishadi. Jumladan, 1957dan beri Yevropa Ittifoqida Rim shartnomasi mavjud bo'lib, 52 xatboshiga ko'ra, Yevropa Ittifoqining har bir fuqarosi har qanday Yevropa Ittifoqi mamlakatida ish topish huquqiga ega. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasida mehnat migratsiyasini rivojlantirishga Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari o'rtasida viza to'siqlarini bartaraf etgan Shengen bitimining qabul qilinishi ham yordam berdi. Davlat migratsiya jarayoniga juda faol ta'sir ko'rsatadi. Nafaqat muhojirlar soni balki professional, malaka, jinsiy va yosh tuzilishi va mamlakatda qolish muddati ham tartibga solinadi. Davlat darajasidagi migratsiya siyosati davlat va uning institutlarining o'z mamlakatlari hududida rezidentlar va norezidentlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish bo'yicha chora-tadbirlar va harakatlar tizimini ishlab chiqish, aholining jahon migratsiyasi va ishchi kuchining milliy iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarini oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan. Bu sohada davlat an'anaviy ravishda protektsionizm afzalliklariga ega, chunki ishsizlik va uning oqibatlari bilan kurashish muammosi uning elkasiga tushadi. Migratsiya siyosati muhojirlar uchun muayyan qat'iy talablarni ishlab chiqishda ifodalanadi. Shu bilan birga, migratsiya siyosati doirasida davlat ko'pincha muhojirlarning muayyan guruhlarini (yuqori malakali mutaxassislar, ishbilarmonlar va boshqalarni) jalb qilishdan manfaatdor ekanligini hisobga oladi. Emigratsiya siyosati, odatda, mamlakatda istiqbolli ishchilarni saqlashga qaratilgan. Davlat darajasidagi migratsiya siyosati davlat va uning institutlarining o'z mamlakatlari hududida rezidentlar va norezidentlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish, aholi va ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining milliy iqtisodiyot uchun ijobiy oqibatlarini rag’batlantirish va salbiy oqibatlarini oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar va harakatlar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu sohada davlat an'anaviy ravishda protektsionizmni afzal ko'radi, chunki ishsizlik va uning oqibatlari bilan kurashish muammosi uning yelkasiga tushadi. Migratsiya siyosati muhojirlarga nisbatan muayyan qat'iy talablarni ishlab chiqishda ifodalanadi. Shu bilan birga, migratsiya siyosati doirasida davlat ko'pincha muhojirlarning muayyan guruhlarini 119 (yuqori malakali mutaxassislar, ishbilarmonlar va boshqalarni) jalb qilishdan manfaatdor ekanligini hisobga oladi. Emigratsiya siyosati, odatda, mamlakatda istiqbolli ishchilarni saqlab qolishga qaratilgan. Migratsiya siyosatini amalga oshirish vositalari bo’lib, migratsiyani murakkablashtiruvchi yoki manfaatni pasaytiradigan shart-sharoitlar yaratishga qaratilganiqtisodiy va inoqtisodiy xarakterdagi turli tadbirlar Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlarda migratsiyani tartibga solishning davlat chora-tadbirlari tizimi ishlab chiqilgan. Bu huquqiy, siyosiy va professional maqom to'g'risidagi qonunchilikni, milliy immigratsiya xizmatlari, shuningdek, davlatlararo bitimlarni o'z ichiga oladi. Xalqaro darajada IHTT (OECD) ga a'zo davlatlar tomonidan milliy immigratsiya boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi SOPEMI (migratsiyani doimiy kuzatish tizimi) xizmati tashkil etilgan. Immigratsiya siyosati to'g'ridan-to'g'ri milliy immigratsiya xizmatlari orqali amalga oshiriladi, ular odatda mehnat, Adliya yoki ichki ishlar vazirliklarida tuziladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling