Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi oquv
Xalqaro
xizmatlarning guruhlanishi. Hozirgi kunda xizmatlarning iqtisodiyotda va xalqaro savdodagi o'rni birinchi navbatda ilmiy texnika inqilobi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, ko'pgina jahon mamlakatlarida aholi daromadlarining va xarid qobiliyatining oshishi natijasida jadal o'sib bormoqda. Jaqon bozorida savdo qilinuvchi xizmatlar tarkibi turlicha bo'lib, ularning soni 600 dan ortiq. Shu bois ularni tasniflash, ma'lum bir guruhlarga ajratish xalqaro miqyosda muzokaralar olib borish, xizmat turlari va xizmatlar savdosi to'siqlari haqida ma'lumotlar bazasini yaratish, xalqaro xizmatlar savdosi bo'yicha statistika hisobini olib borish kabi masalalarni hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Hozirda ko'pgina xalqaro tashkilotlar, xususan, Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta fonda, Jahon banki, Birlashgan Millatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda Evrostat tomonidan xizmatlar klassifikatori ishlab chiqilgan. Xizmatlar xalqaro ayirboshlash nuqtai nazaridan ikki guruhga ajratiladi: - savdo qilinmaydigan xizmatlar – ular ishlab chiqarilgan mamlakatda iste'mol qilinadi, ya'ni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bir mamlakat rezidenti hisoblanadi, bunday xizmatlarga kommunal va maishiy xizmatlar kiradi. - savdo qilinadigan xizmatlar – ular bir mamlakat rezidenti tomonidan ishlab chiqariladi va boshqa mamlakat rezidenti tomonidan iste'mol qilinadi. Bu xizmatlarga turizm, transport, bank xizmatlari va boshqalar kiradi. Jahon banki guruhi xizmatlarni ishlab chiqarish omillari nuqtai nazaridan quyidagi guruhlarga ajratadi: - omilli xizmatlar (factor services) – ishlab chiqarish omillari, asosan kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati natijasida paydo bo'luvchi xizmatlardir. - omil bo'lmagan xizmatlar (non-factor services) – ularga transport, turizm va boshqa nomoliyaviy xizmatlar kiradi 1 . 1 Кокушкина ИВ., Воронин М.С. Международная торговля и мировые рынка. -СПб.: «Техническая книга», 2007. С. 257. 80 Bu taqsimot asosan omilsiz xizmatlarga e'tiborini qaratgan Jahon savdo tashkiloti doirasida xalqaro xizmatlar savdosini tartibga solish muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xizmat ko'rsatish ko'p hollarda tovarlar savdosi bilan bir vaqtda yoxud u yoki bu mamlakatga investisiyani amalga oshirish orqali sodir bo'ladi. Shuning uchun iste’molchilarga xizmatlarni yetkazib berish uslublariga ko'ra xizmatlar quyidagilarga bo'linadi: - investisiya bilan bog'liq xizmatlar – bank, mehmonxona va mutaxassis xizmatlari; - savdo bilan bogliq xizmatlar – transport, sugurta xizmatlari; - bir vaqtning o'zida investisiya va savdo bilan bog'liq xizmatlar – aloqa, qurilish, kompyuter va axborot xizmatlari, shaxsiy, madaniy va rekreasiya xizmatlari. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling