Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Ma`naviy tarbiyani kuchaytirishda oila, mahalla va ta`lim


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Ma`naviy tarbiyani kuchaytirishda oila, mahalla va ta`lim 
muassasalarining o`rni
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma’naviyat-
insonning ulg‘ayishi va kuch qudrat manbai ekanligi, shu sababligi, 
ma’naviyatni to‘g‘ri anglash zarurligi, uni shakllantiradigan asosiy 
mezonlar mavjudligi, ma’naviy va moddiy hayotining uyg‘un bo‘lishi
hamda ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi haqida ajoyib nazariy va 
amaliy fikrlar mavjud. 
Aslida ta’lim va tarbiya uyg‘unligi tamoyilining o‘zi milliy 
g‘oya tamoyillari bilan nihoyatda uyg‘un.
Milliy g‘oyamizning umumiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
- tarixiylik, 
- zamonaviylik 
- umumbashariylik 
- mintaqaviylik 
- milliylik 
- ilmiylik, ya’ni dunyoviy bilimlar va qarashlarga asoslanganligi. 


34 
Milliy g‘oyaning umumiy tamoyillaridan biri bo‘lgan tarixiylik 
tamoyili ijtimoiy voqealar rivojining davomiyligini, tarix va bugun 
o‘rtasida uzilish bo‘lib qolmasligini e’tirof etadi. Zamonaviylik 
tamoyili esa uning davr ruhiga mos bo‘lishi, o‘zgarishlar jarayonining 
asosiy yo‘nalishlari va davr yangiliklarini o‘zida aks ettirish 
xususiyatiga 
asoslanadi. 
Umumbashariylik 
tamoyili 
dunyo 
davlatlarining hamkorligi, barcha xalqlar, millat va elatlarga xos rang-
baranglikning uyg‘unligi kabi omillarga asoslanadi. Umumbashariylik 
mamlakatlarning 
o‘zaro tengligi, bir-birining ichki ishlariga
aralashmaslik, xalqlarning o‘z huquqini o‘zi belgilash kabi tamoyillarga 
asoslanadi. Mintaqaviylik tamoyili muayyan hududni tarixiy makon 
tutgan bir necha millat va xalqlarning mushtarak va o‘xshash etnik 
hududiy xususiyatlari, urf-odatlari va mentalitetiga asoslanadi. Milliylik 
tamoyili xalqimizning milliy etnik qadriyatlari, ma’naviy merosi va 
buyuk ajdodlarimiz yaratgan asarlar «Avesto», «Temur tuzuklari», 
«Zafarnoma» (Sharofiddin Ali Yazdiy), «Xamsa» (Alisher Navoiy), 
«Boburnoma» (Zahiriddin Muhammad Bobur) kabi ma’naviy, siyosiy, 
mafkuraviy qadriyatlarda o‘z aksini topadi. Shu bilan birga milliylik 
tamoyili turmush tarzimizda, ma’naviy qiyofamizda, o‘zligimizni 
asrashda, milliy davlatchiligimiz an’analarini tiklashga asoslanadi. 
Mafkuraning ilmiylik tamoyili uning fan yutuqlari va xulosalari
ijtimoiy bashoratlarga, sotsiologik tadqiqotlarga asoslanganligida 
namoyon bo‘ladi, dunyoviylik tamoyili esa mazmunan na diniy, na 
sinfiy, na partiyaviy, na millatchilik va na irqchilik g‘oyalariga 
asoslanadi, balki, mamlakatning kelajakka ishonish ruhi, xalqning 
bag‘rikengligi, ijtimoiy barqarorlik, tinchlik va kishilarning ma’naviy 
komilligi bilan bog‘liq umuminsoniy dunyoviy g‘oyalarga tayanadi. 
Mafkuraning dunyoviy bilimlarga asoslanishi uning ikki 
mushtarak tamoyilini taqozo qiladi: Bu mafkurada nazariya va 
amaliyotning birligi tamoyilidir. 
Milliy g‘oya milliy va umuminsoniy tamoyillarga rioya qilgan 
holda shakllanadi va xalqimizning tabiati, irodasi, orzu-intilishlarini 
ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida 
yanada boyitishni nazarda tutadi: 
- xalqimiz hayotida jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi; 
- jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining 
muqaddasligi; 
- ota-ona, mahalla-kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat-e’tibor; 
- millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat; 


35 
- kattaga hurmat va kichikka izzat; 
- mehr-muhabbat, go‘zallik va nafosat,hayot-abadiyligining ramzi 
– ayol zotiga ehtirom; 
- sabr-bardosh va mehnatsevarlik; 
- halollik, mehr-oqibat. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling