Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi
Download 85.44 Kb.
|
Xviii asr birinchi choragida rossiyaning tashqi siyosati
2.bob . Ingliz-shved ittifoqi hamda Rossiya va Angliya o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi. XVIII asr I choragida Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan munosabatlari.
2.1. Shimoliy urush yakuni hamda Nishtad sulhi. 1719-yil boshida ingliz diplomatiyasining asosiy vazifasi Angliyaning shimolda o’z qudratini qayta tiklash, Rossiyani Boltiq dengizidan likvidatsiya qilishga qaratilgan edi. Shvetsiyani Angliya bilan ittifoqqa kirishini ko’zlagan ingliz hukumati, ushbu vazifani yosh diplomat Djon Karter zimmasiga yukladi. 1719-yil aprelda Veselovskiy hamda Karter ushbu masala yuzasidan suhbat quradi. Suhbat davomida Shvetsiya bilan Gannover kurfyuristi o’zaro ittifoqqa birlashgani (Angliya bilan emas), Rossiyaga qarshi urush parlament aktisiz amalga oshmasligini, ingliz qiroli yoki kurfyuristning so’zi bilan urush boshlanmasligini aytib o’tadi. Stokgolmga Gannover elchisi Basseyivichning yuborilishiga ham ingliz hukumatining aloqasi yo’qligini bildiradi.Biroq, Angliya va Gannover o’zaro bog’liq hudud bo’lgani sabab, bu ikki (Basseyevich hamda Karter) tashrif ham o’zari bir-biriga bog’liq ingliz diplomatiyasining ayyorona harakati edi.Karterga Germaniya (Finlandiya hamda Livoniya) dagi hududlarni qaytarib olish osonlikcha kechmasligi, qo’shni hududlar Daniya, Polsha va Germaniya bilan munosabatlarni qayta tiklashiga ko’ndirib, 1700 -yildagi Angliya- Shvetsiya o’rtasidagi shartnomani yangilash vazifasi yuklatilgan edi.55 1719-yil 3-iyulda Norris boshchiligidagi ingliz eskadrasi Kopengagenga yetib keldi.Ingliz eskadrasining yo’lga chiqqani haqidagi xabar, rus hukumatini tashvishga soldi.Ushbu eskadra shvedlarga yordam berish uchun yuborilayotgani hammaga ma’lum edi. Veselovskiy Angliyaniingliz eskadarsiga qarshi Rossiya zudlik qa’tiy choralar ko’rishini, bu esa ingliz savdosiga keskin zarba berishini aytib ogohlantirdi. 1719-yil 20-iyun Veselovskiy Norris boshchiligidagi eskadradagi kemalar ro’yxati haqida xabar yetkazsa-da aynan uning tarkibi to’g’risida ma’lumotga ega emasdi.Norris eskadrasi 11dona kema va bir fregatdan iborat edi.Rus flotining qudrati ikki barobar bo’lib, 22 dona kema va 4 fregatdan iboratligi haqida ingliz hukumati xabardor edi. Bu davrda Angliya ispanlarga qarshi harbiy harakatlarni olib borayotgani sabab,uning qo’shinlarining bir qismi O’rtayer dengizida edi. Stengop ushbu ingliz eskadrasi, qudratli rus floti oldida ojiz ekanini yaxshi anglardi. Zaiflashgan shved floti Rossiya bilan ochiq jangga kirish uchun yetarli kuch emasdi.Stengop qudratli rus flotini yengish uchun Angliya yana yordam kuchlarini yuborishini ingliz hukumatidan talab qiladi.Harbiy yordam yetib kelgunga qadar, ingliz floti Kopengagenda kutib turdi.Natijada, Shvetsiya hududiga rus harbiylari kirib keldi, shuningdek kontraband tovarlar yuklangan kemalar(Shvetsiyaga ketayotgan) ham qo’lga olindi. Birgina , Gotland orolida 24 dona ingliz hamda golland kemalarini qo’lga tushirdi.Ko’rinib turibdiki, qudratli Angliya ham Rossiyaga qarshi ochiqchasiga harakat qilish uchun yetarli kuchga ega emas edi. 56 Rus hukumati inglizlarning tasodifiy hujum uyushtirishi mumkinligi haqida o’ylab, havotirga tushdi. Chunki biz eslaymizki 1718-yil inglizlar Sitsiliya oldida gishpansalarga hech qanday ogohlantirishsiz hujum qilib, ispan flotini yakson qilgandi. Shuning uchun ham Norris eskadrasini yo’lga chiqqani haqida Kopengagendan V.L. Dolgorukiy xabar berishi kerak edi. Bu orada 8 dona kema yordami yetib kelgach, Norris eskadrasi yo’lga tushdi. V.L. Dolgorukiy maxsus kaper (oldindan tayinlangan) yordamida Norris eskadrasining yo’lga tushgani haqidagi xabarni yetkazadi. Pyotr esa 18-iyulda admiral Norrisga yo’llagan maktubida : Norris eskadrasi yuborilishini maqsadi, sababini izohlab berishini so’rab, shuningdek tasodifiy hujum uyushtirilsa rus floti munosib zarba berishini aytib, tahdid qiladi. Ushbu tahdiddan so’ng Norris eskadrasi tasodifiy hujum uyushtirish haqidagi fikridan qaytib,zudlik bilan Pyotrga javob maktubini yo’lladi. Norris maktubida ushbu harakatlarining maqsad va vazifalarini Veselovskiyga avval bildirganini aytadi.Bunday javob Pyotrni qanoatlantirmasligi tabiiy edi.57 Ingliz hukumati Rossiyaga qarshi nafaqat harbiy (Norris eskadrasi Boltiq dengizida), balki diplomatik choralar ham qo’llay boshladi. Avvalo,ingliz hukumati Prussiyani Rossiyaga qarshi ittifoqqa birlashishga ko’ndirishi lozim edi.Ushbu vazifani amalga oshirishi uchun 1719-yil mayida Angliyaning tajribali elchilaridan Vitvort Berlinga yuborildi. Unga bu topshiriqni amalga oshirishda fransuz elchisi yordam berdi.Vitvort Prussiya qiroli Fridrix Vilgelmni Shtettinni qaytarib olishi evaziga Angliya bilan Tinchlik muzokaralarini olib borishga ko’ndirishi lozim edi.Biroq, bu vaqtda Rossiya ham ingliz diplomatiyasining o’yinlariga jim qarab turmadi.1719-yil yozida rus hukumati tomonidan P.A.Tolstoy Berlinga yuborildi.P.A. Tolstoy pruss ministrlariga zudlik bilan Angliya yoki Rossiya tarafdori ekanini aytishini taklif etdi.Ikki tarafdan ham foyda olishni ko’zlagan shvedlar, Pyotrdan olgan Shtettin hududiga egalik huquqini mustahkamlash maqsadida Angliya bilan muzokaralarini olib borishga rozi edi. 1719-yil 14-avgustda Prussiya hamda Angliya (Gannover va Prussiya ) o’rtasidagi Tinchlik sulhi imzolandi. Unga ko’ra Gannover taxtiga vorislik Pussiyaga o’tishi evaziga, pruss hukumati 6 ming dengiz qo’shini yoki ushbu majburiyatini pul to’lovi orqali bajarishi lozim edi.Ushbu shartnomaning imzolanishi, Prussiyani Shimoliy ittifoqdan chiqishi, Angliyaning antirus siyosatining muvaffaqiyati edi.Shartnomaning imzolanishi bilan Tolstoy Berlinni tark etdi.58 Rus armiyasi Shvetsiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Shvetsiya esa Bremen va Verdenni qaytarib olish fikridan qaytish evaziga ingliz hukumati tomonidan harbiy yordam ko’rsatilishi kerak edi. Kartret tomonidan Shvetsiyaga nafaqat harbiy yordam balki katta miqdorda pul summasi ham va’da qilingandi.1719-yil 22-iyul Shvetsiya hamda Gannover o’rtasida Konvensiya imzolanib, Bremen va Verden hududlaridan voz kechishi evaziga ingliz hukumati tomonidan Rossiyaga qarshi kurash uchun harbiy yordam berilishi kerak edi.Biroq, Angliyaning bu va’dalari yolg’on bo’lib chiqdi.Chunki Angliya Rossiyaga qarshi o’z qo’llari bilan kurashmoqchi emasdi. Shvetsiya Shtralzund hamda Ryugen orolini Daniyaga berishi evaziga , shved hukumati Daniya bilan Yarash sulhini imzolagan taqdirdagina ingliz floti yordamga kelishini Kartret ma’lum qiladi. Angliya shved hukumatining Daniya bilan Yarash sulhini imzolanishi hamda Rossiyaga qarshi antirus kaolitsiyasining tuzilishidan manfaatdor edi.Avgust II - Polsha qiroli hamda Saksoniya kurfyuristi sifatida Liflandiyaning Rossiyaga berilganidan norozi edi.59 31-iyulda maktub yo’llagan Stengop fransuz elchisi Dyubuaga birlashgan ingliz-shved qo’shini Norris boshchiligida rus armiyasiga qarshi harakatlanishini aytib, Fransiyani ham bunda qo’llab- quvvatlashini talab qiladi.Angliyaning doimiy tazyiqi hamda 1717-yilgi Amsterdam kelishuviga ko’raFransiya shvedlarga 300 kron moliyaviy yordam ko’rsatdi. 1719-yil 29-avgustda shved-ingliz flotining birlashuvi haqidagi Shartnoma imzolangach, 15-sentabrda rus elchilari Alandskiy Kongressni tark etdi.Rossiyaga qarshi antirust kaolitsiyasi tuzilgan bir vaqtda, Pyotr o’ziga ittifoqchi qidira boshladi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, hozirda Rossiyani qo’llab-quvvatlovchi yagona kuch Ispaniya edi. Pyotr buyrug’iga ko’ra Kurakin ispanlar bilan muzokaralar olib borish vaqtida bahorga borib birgalikda hujumga o’tish qulay ekani, bu vaqtda ingliz armiyasinig bir qismi O’rta Yer dengizida bo’lishiniaytib,Yakov III ni o’zaro ittifoqqa ko’ndirishi lozim edi.Biroq, Pyotr suyangan ittifoqchisi Ispaniya shu qadar zaiflashgan ediki, o’z dushmanlariga ham qarshilik ko’rsata olmadi. Harbiy harakatlarni olib borishga imkoni yetmagan Ispaniya , urushdan chiqishini ma’lum qilib,Alberoni tomonidan 1720-yil fevralda Kokpitskiy kelishuvini imzolab, harbiy harakatlarni butunlay to’xtatdi.60 Shimolni qo’lga olgan Angliya Rossiyaga qarshi kurashda butunlay g’alaba qilishiga ishondi.Shu sababdan ham ingliz hukumat a’zolari muntazam ravishda maktub yo’llab, Norrisni Rossiyaga qarshi hujumga ruhlantirdi. “Sizning qo’lingizda dunyoga ingliz millati kim ekanligini ko’rsatuvchi imkoniyat bor. Rus shohiga shunday hujum uyushtiringki, u Revelyaga qadar yetib kelolmasin.Har bir ingliz sizning oldingizda qarzdordir. Siz bu ishni uddalay olishingizga ishonaman”- deya yozgan Stengopning Norrisga yo’llagan maktubi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.Arxiv hujjatlarida Karterning ham Norrisga yozgan shu ruhdagi maktublari ko’zga tashlanadi.61 1719-yil 10-sentabrda Alandskiy Kongressni tark etmasdan rus vakillariga Karteret hamda Norris tomonidan Berkley (ingliz vakili)orqali Pyotrga maktub yo’llanadi.Ikki maktub ham bir mazmunda edi.Unga ko’ra Rossiya Angliya vositachiligida shvedlar bilan Tinchlik sulhini imzolanishiga munosabatini bildirishi kerak edi. Biroq, Rus diplomatiyasi o’ta zukkolik bilan ish ko’rdi.Karter hamda Norris qirollik oilasi a’zolari ham , maxsus elchilar ham emasdi. Shu sababdan ham ular Rossiya shohiga maktub yo’llashga haqli emasdi. Ushbu sababga ko’ra bu maktub Pyotrga yatkazilmaganini rus diplomatlari ma’lum qiladi.Ingliz hukumati ushbu maktubga bunday javobni kutmagani tabiiy edi62. 1719-yil ingliz eskadrasi Norrisning yurishi muvaffaqiyatli kechmadi. Chunki Angliya 1719-yil butun ingliz flotini Rossiyaga qarshi yo’naltira olmadi.Shuningdek, Daniya ham ushbu vaziyatda aniq bir harakat qilmadi.Rus flotining tajribasizligi hamda rus kemalarining u qadar katta hajmga ega emasligi ingliz flotini g’alaba qilishga ishontirgan edi.Biroq, muntazam ravishda rus floti Shvetsiya hamda savdo yo’llariga hujum uyushtirib,qirg’oqdagi gavannalarga yashirindi.Ulkan ingliz kemalari esa ular ortidan quvsa-da, hujum qilishga imkoni bo’lmagan.Bundan tashqari, dengizda tasodifan kuchli shamol ko’tarildi.Norrisning g’alaba qilishiga ko’zi yetmagach, 20- oktabrda Angliyaga qaytdi.1719-yilgi Angliyaning rus flotini yakson qilishdagi rejasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.63 1721-yil ingliz eskadrasining rus flotiga qarshi olib borgan keyingi harbiy harakatkari ham samarasiz bo’ldi. Ushbu muvafqqiyatsiz harakatlar oqibatida inglizlar, shved hukumatiga Rossiya bilan kelishuv yo’lini tanlashni taklif etdi. 1721-yil aprel Nishtad(Finlandiya)da Tinchlik Kongressi ish boshladi. Ushbu kongressda Rossiya o’zining barcha territorial talablarini hattoki Alandskim Kongressda bajarilmay qolgan talablarini ham qoniqtirishga erishdi.1721-yil 30-avgustda Rossiya uchun Benazir foyda keltirgan Nishtadskiy Sulh imzolandi. Ushbu sulhga ko’ra Rosiya va Shvetsiya o’rtasida “ Haqiqiy, boqiy, xavfsiz” sulh imzolandi. Ingriya , Karellining bir qismi, Estlandiya, Liflandiya dengiz qirg’oqlari bilan Vibergadan Rigagacha, Ezelem orollari, Dago hamda Moonom Rossiyaga “ umrbod xususiy mulk” sifatida berildi. Rossiya Findlandiyani Shvetsiyaga qaytarishni va’da qilib, 2 mln yefim to’lashni hamda Shvetsiya qirolligiga da’vogarlik qilayotgan Pyotr I ning kuyovi Golshinskiy gersogini qo’llab - quvvatlashni ham rad etdi. Nishtad sulhi Yevropadagi kuchlar nisbatida muhim o’zgarishlarga olib keldi. Endi Shvetsiya- buyuk davlat maqomini yo’qotdi. Kelishuv uzoq va mashaqqatli kechgan urushda g’alabani qo’lga kiritgan Rossiya foydasiga hal bo’ldi. XVI- XVII asrlardan beri Rossiya tashqi siyosatining asosiy muommolaridan biri- Boltiq dengiziga chiqish masalasi hal etildi.Rossiya oliy darajadagi portlar rastasiga ega bo’lib, G’arbiy Yevropa bilan savdo aloqalarida o’zi uchun qulay bo’lgan sharoitni yaratdi.Nishtad sulhi- Rossiya mudofaasini mustahkamlash uchun ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi: Rossiyaning shimoliy-g’arbiy chegaralari g’arbga tomon siljib, Boltiq dengizda qudratli rus floti paydo bo’ldi.Nishtad kelishuvi oldidan Menshikov fransuz elchisiga aytganidek: “ Biz endi o’z qo’shinlarimiz bilan yana to’qnashishni istamaymiz , bu uchun bizga dengizni bo’lib berishsa bas .”- deb, Rossiya tashqi siyosatining asosiy maqsadini e’tirof etgan. Bunga javoban , vaqt o’tgach Kompradon ( fransuz elchisi):”Nishtad sulhi- Pyot I ni Boltiq dengizdagi ikki eng yaxshi portlarning hukmdoriga aylantirdi.” - deb ushbu vaziyatga munosib baho bergan edi.64 Shvetsiya boshqa davlatlarning hujumiga qarshi harakatda ( Turkiyadan tashqari) Rossiyani qo’llab- quvvatlashi evaziga, Angliya bilan 1724-yil Itttifoq shartnomasini bekor qildi. Rossiyaning xalqaro obro’yini oshishi, 1721-yil Senat tomonidan absolyutizmni tasdiqlanishiga imkon yaratdi. Rossiya imperiya, Pyotr esa uning imperatori deb e’lon qilindi.Shvetsiya yerlari bo’lgan Estlandiya va Liflandiya endi Rossiya imperiyasi tarkibida edi. Download 85.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling