Rossiya imperiyasi


Download 0.73 Mb.
Sana24.10.2020
Hajmi0.73 Mb.
#136316
Bog'liq
Tarix rossiya imperiyasi 1

  • Mavzu: Rossiya imperiyasi
  • Reja:
  • 1.Rus podsholigini vujudga kelishi.
  • 2.Rossiyaning Imperiyaga aylanishi.
  • 3.Rossiya XVII-XVIII asrlarda fan va madaniyat.
  • Rossiya imperiyasi — Rossiya davlati asosida shakllangan davlat. 1721 y. Pyotr I tomonidan imperiya deb eʼlon qilingan. R. i. tarkibiga Boltik, boʻyi, Ung qirgʻoq UkrainaBelorussiya, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Shim. Kavkaz (19-asrdan), shuningdek, Finlyandiya, Zakavkazye, Qozogʻiston, Urta Osiyo va Pomir kirgan. 19-asr oxiriga kelib R.i. hududi 22,4 mln. km2 ga yetgan. 1897 y.gi aholi roʻyxatiga koʻra, imperiyada 128,2 mln. kishi, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismida 93,4 mln., Polsha podshox/shgida 9,5 mln., Finlyandiya Buyuk knyazligida 2,6 mln., Kavkaz oʻlkasida 9,3 mln., Sibirda 5,8 mln., Urta Osiyoda 7,7 mln. kishi yashagan. 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57% ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. R.i. hududi 1914 y. 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar boʻlgan.
  • Guberniya va oblastlarning bir qismi generalgubernatorliklarga (Varshava, Irkutsk, Kiyev, Moskva, Amurboʻyi, Dasht, Turkiston va Finlyandiya) birlashtirilgan. Buxoro xonligi va Xiva xonligi R.i.ning rasmiy vassallari boʻlgan. 1914 y. Uryanxay oʻlkasi R.i. protektorati (homiyligi) ga oʻtgan. R. i. merosiy monarxiya boʻlib, uni mutlaq hokimiyatga ega imperator boshqargan. Uning oila aʼzolari va qarindoshurugʻlari imperator xonadonini tashkil etgan. Hukmron cherkov pravoslaviye boʻlib, uni imperator Sinod orqali idora etgan. Barcha aholi R. i. fuqarrlari hisoblangan, erkak aholi (20 yoshgacha) imperatorga sadoqati haqida qasamyod ettirilgan. R.i. fuqarolari 4 tabaqaga ajratilgan: dvoryanlar, ruhoniylar, shahar va qishloq aholisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Sibir va b. mintaqalarning mahalliy aholisi alohida tabaqaga — "gʻayrirus" aholiga ajratilgan. R.i.ning gerbi — ikki boshli burgut, davlat madhiyasi — "Boje, sarya xrani" ("Podshoni oʻzing asra, xudoyim"). Umumdavlat tili — rus tili. 1917 y.dagi Fevral inqilobi monarxiyani agʻdargan: 1917 y. 1(14) sent.da Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan. [1]
  • XVII asrda Rossiva iatisodivoti. Rossiyada XVII asrda shaharlarning
  • rivojlanishi boshlangan. Shaharlar tobora mamlakatning savdo-sanoat
  • markazlariga aylana bordi. Ular orasida Novgorod, Yaroslav, Pskov,
  • Qozon, Nijniy Novgorod va boshqalar ajralib turardi. Eng katta shahar
  • Moskva bo'lib, aholi hunarmandchilikning 250 turi bilan shug'ullanardi.
  • Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishi, o'z navbatida,
  • turli viloyatlar o'rtasida xo'jalik aloqalarining kengayishiga olib keldi.
  • Bu esa oxir-oqibatda hunarmandlarning bozorga qaramligini oshirdi.
  • XVII asrda Rossiyada manufakturalar ham paydo bo'ldi. Ular birinchi
  • o'rinda qora metallurgiya sohasida paydo bo'lgan manufakturalar edi.
  • Manufaktura ishlab chiqarishi mehnat unumdorligining o'sishiga olib
  • keldi. Savdogar, davlat, podsho xonadoni va ayrim yirik pomeshiklar
  • ham manufaktura egalari edilar.
  • XVII asrda tashqi savdo ham rivojlana boshladi. Astraxan (Ashtarxon)
  • va Arxangelsk shaharlari mamlakat tashqi savdosida muhim rol
  • o'ynadi. Boltiq va Qora dengizga chiqish imkoni bo'lmagan Rossiya
  • 191
  • dengiz savdo flotiga ega emasdi. Shuning uchun G'arbiy Yevropa davlatlari
  • bilan savdo-sotiq ishlari Buyuk Britaniya va Gollandiya savdogarlari
  • vositachiligida amalga oshirilardi. Shunga qaramay, davlat Rossiya
  • savdogarlarining manfaatini chet el savdogarlaridan himoya qilishga
  • qaratilgan qator choralarni ko'rdi. Chunonchi, 1667-yili «Yangi savdo
  • nizomi» joriy etildi. Unga ko’ra, chet el savdogarlarining rus bozorlarida
  • chakana savdo qilishi taqiqlandi.
  • Sobor nizomi. Buning yorqin isboti 1649-yili Zemstvo sobori qabul
  • qilgan yangi nizom edi. Nizomga ko’ra, dvoryanlar o’zlari egalik qilayotgan
  • yer-mulklarini votchinaga aylantirish va meros qoldirish huququga
  • ega bo’ldilar. Dehqonlar dvoryanlarga uzil-kesil biriktirib qo’yildi. Ularning
  • xo’jayindan xo’jayinga o’tishi taqiqlandi. Krepostnoylik nasldan naslga
  • o’tadigan bo’ldi. Shu tariqa Rossiyada krepostnoy huquqning shakllanish
  • jarayoni tugallandi.
  • Mutlaa monarxivanino aaror tooishi. Rossiyada mutlaq monarxiyaning
  • to'la qaror topishi Aleksey Mixaylovichning o’g'li Pyotr I nomi bilan bog'liq.
  • U 1689-yili taxtga o'tirdi. Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan
  • biri Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi.
  • U bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddaladi. Pyotr I Polsha va Daniya
  • bilan Shvetsiyaga qarshi kurash uchun ittifoq tuzishga erishdi. Shundan
  • so'ng Pyotr I Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urush
  • boshlashga qaror qildi.
  • Pyotr l islohotlari. Rossiya ma'muriy boshqaruv jihatidan guberniyalarga
  • bo'lindi. Ular podsho tomonidan tayinlanadigan general-gubernator
  • tomonidan boshqarilardi. Podsho huzuridagi Boyarlar dumasi
  • tugatildi. Uning o'rniga Senat tuzildi. Senatga qonun chiqarish va
  • hukumatni boshqarish vakolati yuklatildi. Pyotr I zamonaviy qo'shin
  • ham tuzdi. Qo'shinda harbiy xizmat umrbod o'taladigan bo'ldi. Qo'shin
  • rekrutlikka olish yo'li bilan shakllantirildi va zamon ruhiga mos ravishda
  • qurollantirildi.
  • Pyotr I vafotidan so'ng, XVIII asr oxirigacha (1725 - 1800) yana 8
  • nafar romanovlar sulolasi vakillari imperatorlik qilishdi. O'tgan 75 yillik
  • davr islohotlarning mustahkamlanishi davri bo'ldi. Ayniqsa, Yekaterina
  • II (1762 - 1796) hukmronligi davri Rossiya tarixida alohida iz qoldirdi.
  • Biroq Rossiyada krepostnoy tuzum hukmron bo'lib qolaverdi. Dehqonlar
  • og'ir hayot kechirardilar. Oxir-oqibatda ular bir necha marta
  • qo'zg'olon ko'tarishga majbur bo'lganlar. Ularning ichida eng mashhuri
  • Y.Pugachyov boshchiligidagi qo'zg'olon edi (1773 -1 7 7 5 ). Qo'zg'olon
  • Yekaterina II tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Y.Pugachyov
  • esa qatl etilgan.
  • Rossiyaning tashqi siyosati. X V II-X V III asrlarda ham Rossiya tashqi
  • siyosatining asosini unga tutash bo'lgan yerlar hisobiga kengaytirish
  • uchun kurash tashkil etgan. 1654-yili Ukraina va Sharqiy Belorussiya
  • Rossiyaga qo'shib olindi. XVII asr davomida Rossiya G'arbiy Sibirdan
  • Tinch okeani qirg'oqlariga, Kamchatka va Kuril orollariga qarab
  • siljishni davom ettirdi.
  • XVII asr oxiridan Rossiyani kuchli dengiz davlatiga aylantirish uchun
  • kurash boshlandi. Bu vazifa ham bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
  • Pyotr I tashqi siyosatining tig'ini O'rta Osiyoga ham qaratdi. O'rta Osiyo
  • oltiniga ega bo'lish maqsadida 1714-yili Xiva xonligiga harbiy ekspeditsiya
  • yubordi.

Rossiya imperiyasi davridagi oltin tanga

Pre-11U talabasi

Shavkatova Muslima


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling