Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti
Odam savdosi profilaktikasi bo‘yicha maktablarda o‘smirlar uchun eng yaxshi ommaviy tadbirlar ro‘yxati (“Yaxshi hayotni izlab” loyihasi doirasida)
Download 161.09 Kb.
|
Odam savdo (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam savdosi oldini olish” mavzusida trening
Tavsiyalar
Odam savdosi profilaktikasi bo‘yicha maktablarda o‘smirlar uchun eng yaxshi ommaviy tadbirlar ro‘yxati (“Yaxshi hayotni izlab” loyihasi doirasida) 1. Yoshlar spektakli “Hayot bitta...O‘ylab ko‘r!” (Maktab o‘quvchilarini jalb qilgan holda qo‘yilgan.) 2. “Hayot, hayot va yana hayot!” konsert dasturi 3. Yuqori sinf o‘quvchilari, kollej va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasidagi so‘rov. Odam savdosi mavzusiga bag‘ishlangan insholar va rasmlar tanlovi. 4. “Odamlar trafigi. Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi. 5. Ma’naviyat soatlari. Odam savdosi profilaktikasiga bag‘ishlangan ochiq dars. 6. Ma’naviy soatlarda targ‘ibot guruhlarining chiqishlari. 7. “Qo‘rquvsiz va zulmsiz hayot – har bir insonning huquqidir” 8. Huquq-tartibot organlari vakillari ishtirokida “dumaloq stol atrofida” suhbat. 9. “To‘g‘risini tanla!” munozarasi. Aholi bandligi markazi vakillari ishtirokida. Televidenie muxbirlari ishtirokida. 10. Odam savdosi bo‘yicha yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rov. 11. Psixologlar ishtirokida “To‘g‘ri qarorni qabul qilishning psixologik aspektlari” mavzusida ochiq dars. 12. Nolegal migratsiya mavzusida ochiq dars. 7 sinf o‘quvchilari ishtirokida. 13. Interfaol texnologiyalarni qo‘llagan holda seminar o‘tkazish. 14. Ommaviy aksiya. Shahar ko‘chalarida trafik, odam savdosi muammolari haqidagi axborotlar yozilgan flaerlarni tarqatish. Volonterlar ishtirokida. 15. Yoshlar odam savdosiga qarshi!” badiiy teatrlashtirilgan tadbir va konsert.
Hamkorlar: “Istiqbolli avlod” YOAMM, huquq tartibot organlari vakillari Maqsad: Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish Odam savdosining barcha salbiy oqibatlarini ko‘rsatish Hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish va ularni hal qilish yo‘llarini izlab topishga o‘rgatish Yoshlarda odamlarni qullikka tushishi sabablari va oqibatlari to‘g‘risidagi aniq asavvurlarni shakllantirish. Qo‘yilgan savollarga birgalikda javob topishga rag‘batlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Dunyoqarashlarini kengaytirish, faol hayotiy maqsadni shakllantirish. Asosiy tushunchalar: odam savdosi, jabrdiyda, majburiy mehnat, qullik. Tadbirning borishi I. Kirish qismi. Tanishish. Mavzu e’lon qilinadi va trening maqsadlari bilan tanishtiriladi. Slayd namoyish etiladi. Ishtirokchilar tadbirni o‘tkazish usullari bilan tanishadilar. II. Suhbat «XXI asrda odam savdosi». BMT baholariga ko‘ra, jahonda har yili 4 mln.ga yaqin odamlarni davlatlar chegarasidan o‘tkazib, qullik mehnatlarida foydalanadilar. BMTning odam savdosiga qarshi kurash haqidagi konvensiyalari 1904,1910,1921,1933,1949 yillarda qabul qilingan. O‘zbekistonda ham qaror qabul qilingan bo‘lib, jinoiy kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Yevropa Ittifoqining ham alohida konvensiyasi chiqarilgan. IІІ. Mashq “To‘rga ilinmaslik uchun...”. Ishtirokchilar orasidan 2 ta eng faoli tanlab olinadi. Ular varaqlarga savolga javobni yozadilar. Topshiriq: «Odamni sotayotganlarning ko‘rinishi qanday?» (Tanlab olingan ishtirokchilar javoblarni yozgunicha, auditoriya bilan savollar muhokama qilinadi). Auditoriya 3ta mikroguruhga bo‘linadi. Bu guruhlar kim tezroq javob beradi tarzida musobaqa uyushtirishadi: 1. Odam savdosi tushunchasini ta’riflang 2 Odam savdosi jarayoni zanjirini tuzing Savollar muhokama qilib bo‘lingach, alohida ishlagan o‘quvchilarning javoblari eshitiladi. ІV. Rolli o‘yin «Meni ishontir». Har bir mikroguruh odamlarni sotuvchining taklifiga qanday sabablar rozilik bildirishga majbur qilishini aniqlaydi. Bu sabablardan foydalanib, boshlovchiga xorijda ishlashga rozi bo‘lishni taklif etishadi. Boshlovchi “jabrdiyda” rolini o‘ynaydi, mikroguruhlar ishtirokchilari esa odam sotuvchilari rolini bajarishadi. Savol: “Jabrdiydani xorijga ketish haqidagi qarorni qabul qilishga qanday ishontirish mumkin?» V. Mashq «Vaziyatlar» (Mikroguruhlarda ishlash. Ishtirokchilar kartochkalarda topshiriqlarni oladilar. Tasodifiy yo‘lovchi tomonidan ish taklif qilinishi vaziyati, nolegal ishga yollash, xorijga ishga taklif qilish vaziyati). VІ. Evristik suhbat «Agar men ishlashni xohlasam» Boshlovchi trening ishtirokchilari bilan birga xorijda ishlashni yoki o‘qishni istayotganlar uchun maslahatlar ro‘yxatini tuzadi. VII. Yakuniy suhbat. «Odam savdosining jabrdiydasi (qurboni) bo‘lganlarga yordam». VIІІ. Trening yakunlari. Xulosalar. Download 161.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling