Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti


II-bob. Odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy va ma’naviy asoslari


Download 161.09 Kb.
bet9/16
Sana02.01.2022
Hajmi161.09 Kb.
#202310
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Odam savdo (Восстановлен)

II-bob. Odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy va ma’naviy asoslari

2.1. Odam savdosi profilaktikasini tashkil etishning xalqaro hamkorlik asoslari

Keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar jahon miqyosida jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. O‘tgan asrning 70-80-yillarida Yevropa davlatlarida odam savdosi keskin rivojlandi. Tahlilchilarning fikricha, jahon iqtisodining rivojlanishi, transport taraqqiyoti, mahalliy va davlatlararo migratsiya jarayoni odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning faoliyati avj olishiga sabab bo‘ldi. XX asrning 80-90-yillariga kelib uyushgan transmilliy jinoyat sifatida odam savdosi dunyo miqyosida dolzarb muammolardan biriga aylandi. Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo‘lsa, dunyoning qator mamlakatlarida bu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lami ham kengaymoqda.

Odam savdosi oqibatida jismoniy shaxslar tovarga aylanadilar. Odamlar sotib olish yoki sotib yuborish, hadya qilish, topshirish uchun ob’ekt bo‘lishlari mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ular jonsiz buyumlarga tenglashtiriladi. Jabrlanuvchilar asosan o‘z yurtidan boshqa davlatlarga tranzit qilish, chegaralardan o‘tkazish orqali sotib yuboriladi. Bu illatga qarshi barcha davlatlar hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarurligi sababli, Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ko‘p e’tibor qaratayotgan faoliyat yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ayni shu illatga qarshi kurashish maqsadida BMT odam savdosiga qarshi kurash xarakati borasida global rejasini qabul qildi. Hujjatda zamonaviy qullikni yo‘q qilish maqsadida jahon hamjamiyati uyushgan jinoiy guruhlarni yo‘q qilishda birgalikda kurashish kerakligi ta’kidlanadi.

Afsuski, hozircha jahon hamjamiyati odamsavdosi bilan bog‘liq jirkanch illatning ildizini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganicha yo‘q. Xalqaro tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, har yili er yuzida 4 milliondan ortiq katta yoshdagi kishi o‘z xohishlariga qarshi ushlanadilar, sotiladilar, sotib olinadilar. XXI asrning sharmandali ko‘rinishi bo‘lmish odam savdosi tufayli har yili 10 million bola qullikka giriftor bo‘lmoqda. Tahlilchilarning fikricha, har yili o‘rtacha 2 millionga yaqin ayol qul sifatida sotiladi. Rossiyalik huquq himoyachilarining so‘zlariga qaraganda, birgina Rossiyadan har yili 50 mingdan ortiq yosh ayol xorijga olib chiqiladi. Ularning yarmidan ko‘pi 15 yoshga to‘lmagan qizlar ekani aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha taxminan 27 million kishi odam savdosi tufayli qullik holatiga tushib qolgan. Bu borada Nepal, Sudan, BAA, Hindiston, Gabon, Gaiti kabi davlatlarda eng og‘ir holatlar kuzatilmoqda.

Bugungi kunda jinoiy biznes deb atalmish odam savdosi keng qamrovli tus olgani bois mazkur illat orqali topilayotgan daromadlar noqonuniy qurol-yarog‘ va olmos savdosi keltiradigan daromadlarga tenglashdi. Xalqaro hamjamiyat ma’lumotlariga ko‘ra, har yili odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar 32 milliard AQSH dollari miqdorida daromad topishadi.

Odam savdosidan dunyodagi biror bir davlat chetda qolayotgani yo‘q. Ya’ni qaysidir davlatdan tirik tovarlar olib chiqilsa, ikkinchi davlatga odam savdosi qurbonlari etkazib beriladi. Jinsiy ekspluatatsiya, majburiy mehnat, tilanchilikka majburlash va inson organlarini transplantatsiya qilish maqsadida tirik odamlarni sotish odam savdosi deya atalmish illatning - zamonaviy qullikning ko‘rinishidir.

Germaniyaning Der Spiegel nashriga ko‘ra, ayni damda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida taxminan 880 000 kishi majburiy mehnatga jalb qilingan. “Ko‘hna qita”da 3600 xalqaro uyushgan jinoiy guruh faoliyat yuritayotir. Bu guruhlar bir yilda odam savdosidan 25 milliard evro daromad ko‘rmoqda1.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi odam savdosiga qarshi kurashish, jinoyat oqibatida jabrlanganlarni himoya qilish va shu turdagi jinoyatlarni sodir etganlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari bo‘yicha asosiy xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan, bu boradagi halqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda.

2008 yilning aprel oyida qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun bilan bu faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat idoralarning vazifalari belgilab berildi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Bosh prokuror rahbarligida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi.

Harakat rejalari asosida odam savdosiga qarshi kurashish, jabrlanganlarni reabilitatsiya qilishning choralari ko‘rilmoqda.

Yig‘ilishda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan O‘zbekistonning davlat idoralari tomonidan o‘zaro hamkorlik dasturlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zini samarali natijalarini berib kelinayotganligi ta’kidlandi. EXHTning O‘zbekistondagi koordinatori tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Idoralararo komissiya ishchi guruhini va Oliy o‘quv kurslarining resurs markazini kerakli uskunalar bilan ta’minlanishi komissiya ishini bir muncha mustahkamlanishiga imkon yaratib berdi.

O‘zbekistonning bu borada amalga oshirilayotgan ishlariga yuqori baho bergan holda, M.G.Djiammarinaro xonim Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlarga o‘zining yordamini ayamasligini bildirib, do‘stona ruhda o‘tgan qabul uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni mustahkamlanishiga katta xissa qo‘shgan bu uchrashuv yakunida har ikkala tomon ham o‘zlarining mamnuniyatlarini bildirib o‘tishdi.

Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan qabuldan so‘ng, M.G.Djiammarinaro O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi. Reabilitatsiya markazida odam savdosidan jabrlanganlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi xizmatlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, M.G.Djiammarinaro bu boradagi ishlarga yuqori baho berdi.

SHular bilan bir qatorda, EXHT delegatsiyasi Samarqand viloyatining odam savdosiga qarshi kurashish idoralararo komissiyaning ish faoliyati bilan ham tanishdi

Afsuski, jamiyatimizda o‘z o‘rnini topa olmay, o‘zgalar fikri va fitnalariga aldanib qolayotgan ayollar ham uchrab turadi. Ma’lumki, odam savdosi, giyohvandlik, fohishalik, firibgarlik kabi illatlar hamon uchrab turibdi. Odam savdosi bilan qonunbuzarlik faqat bir jinoyatni o‘z ichiga olmaydi. Axir jinoyatchining harakatlarida jabrlanuvchining nomusiga tegish, uning badaniga turli darajada shikast etkazish, firibgarlik, odam o‘g‘irlash, shuningdek, hujjatlarni qalbakilashtirish, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish kabi jinoyatlar tarkibi bo‘lishi mumkin. Bu esa, ushbu jinoyatchilikka qarshi kurashadigan prokuratura, sud-tergov organlaridan jinoyat ishlarini batafsil o‘rganib chiqishlari hamda tegishli surishtiruv va tergov amaliyotlarini o‘tkazshlari lozimligini taqozo etadi.

Ochiq tan olish kerak, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning deyarli 40 foizga yaqini ayollar tomonidan sodir etilmoqda. Demak, bu borada qilinishi lozim bo‘ladigan ishlar etarli. Axir qonunbuzarlar o‘z jirkanch faoliyatlarini ko‘pchilik nazaridan yashirib yura olmaydilar. Nahotki ularga tanbeh berish, tartibga chaqirib qo‘yish yoki tegishli idoralarga murojaat etish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini bilmasak. Axir odam savdosi qurboniga aylanishdan hech kim kafolatlanmagan.

Shubhasiz, ko‘p hollarda odam savdosining oldini olishda eng ishonchli vosita aholi turmush darajasini yaxshilash, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya choralarini ko‘rishdir. Biroq ko‘p hollarda, ayniqsa, yoshlarimiz, ayollarimizning o‘z huquqlarini yaxshi bilmasliklari, xorijda oson va mo‘may pul topish mumkinligi haqidagi fitnalarga ishonuvchanligi ham bunday tarzdagi qonunbuzarlik va jinoyatlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Keyingi yillarda huquqni himoya qilish organlarining odam savdosiga, giyohvandlik, fohishalik, firibgarlikka qarshi olib borilayotgan rejali kurashi o‘zining ijobiy natijalarini berayotganligini alohida ta’kidlab o‘tmoq joiz.

Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida bir yarim mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi odam savdosi qurboni bo‘lgan. “Xalq so‘zi” gazetasi ayni ma’lumotni O‘zbekiston bosh prokurori Rashidjon Qodirov matbuotga ma’lum qilganligi haqida yozadi. O‘zbekiston fuqarolari asosan, Birlashgan Arab mamlakatlari, Qozog‘iston, Rossiya, Tailand, Turkiya, Hindiston, Isroil, Malayziya va Janubiy Koreya jinsiy ekspluatatsiya uchun sotilar ekan1.

“Xalq so‘zi” gazetasining yozishicha, O‘zbekiston bosh prokurori Rashidjon Qodirov traffik qurboni bo‘layotganlarning asosiy qismi erkaklar ekanligini va ular aossan Rossiya va Qozog‘istonda qul o‘rnida ishlatilayotganligini bildirgan. Joriy yilda 1283 nafar erkak odam savdosidan aziyat chekkanligi aniqlangan.

Chinozlik besh nafar erkak ham bir ayolning va’dasiga ishonib Qozog‘istonning Qizil O‘rda shahrida 25 kun davomida qul o‘rnida ishlashga majbur bo‘lishdi. Ular orasida ikki o‘g‘li bilan birga Axror Jumazov ham bor.

“Chinoz tumanilik Kim Vika ismli ayol bizlarni aldab Qizil O‘rda shahriga borasizlar dedi. Biz unga ishondik. Ishlashingizga qarab 300.000, 350.000 pul beramiz dedi”.

O‘zbekiston bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda odam savdosi bilan bog‘liq 436 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, 339 nafar odam jinoiy javobgarlikka tortilgan. Trafik qurbonlari orasida erkaklar bilan birgalikda 28 nafar voyaga etmagan bolalar va 166 nafar ayollar ham bo‘lgan2.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining nashri bo‘lgan “Huquq” gazetasining yozishicha, birgina Jizzax viloyatida joriy yilning 8 oyi mobaynida odam savdosi bilan bog‘liq 17 holat aniqlanib, ular yuzasidan hozirgacha 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yaqinda jizzaxlik 20 nafar erkak Qozog‘istonga borib qullik nimaligini o‘z boshidan kechirib qaytishdi. Jizzaxning Zarbdor shaharchasida yashovchi O‘rol aka 2000 AQSH dollari miqdorida mehnat haqlarini olishmagan bo‘lsada qullikdan qutilganiga shukur qiladi.

“Iqtisodiy jihatdan qiynalganimiz uchun berilgan katta va’dalarga ishonib borgan edik. Bola-chaqamizga kiyim qilamizmi, g‘alla sotib olishga pul qilamiz deb borgan edik. Bizga 3 mahal issiq ovqat va’da qilgan edi. Nonsiz, ovqatsiz ishlatib, oshqozon kasaliga duchor bo‘lib keldik. Makarondan boshqa narsa eganimiz yo‘q. Rosa do‘pposlashardi. Qochib ketadigan bo‘lsang, o‘ligingni O‘zbekistondan kelib hech kim olib keta olmaydi, degan gaplarni aytishgan. Kechqurunlari qozoqlar bilan guruh bo‘lib kelib tepkilab ketishardi”.

O‘zbek erkaklari qul o‘rnida majburiy mehnatga jalb qilinsa, o‘zbek ayollaridan jinsiy ekspluatatsiya o‘rnida foydalanish holatlari kuzatiladi.

Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti xodimi Bahrom Hamroev Rossiyada ham o‘zbek qizlarining fohishalik uchun majburiy sotilish holatlari ko‘pligi haqida gapiradi.

“Hozir o‘zbek qizlari juda ko‘p. Hatto Moskvani markazida o‘zbek fohisha qizlarini sotadigan guruhlar paydo bo‘lgan. Ularni juda ko‘pchiligi asosan aldab olib kelinadi. Ularni pasportlarini olib qo‘yib ularni majburan fohishalikka olib chiqishadi”1.

O‘zbekiston rasmiylari xorijga ketayotgan fuqarolarning mushkul vaziyatlarga tushishlariga sabab, o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari ekanligini ta’kidlashadi.

Kuzatuvchi To‘rabek Sano esa bu holatda hukumatning o‘zini ayblar ekan, O‘zbekiston fuqarolarining qullikka tushib qolishiga mamlakatdagi iqtisodiy muammolar sabab bo‘layotganligini aytadi.

“Ishsizlik muammosi o‘zbeklarni qul bo‘lib qolishiga, majburiy mehnatga jalb etilishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda umuman ish yo‘q. Qolaversa, o‘zbek millatining boshqa tanlash yo‘li qolmagan. Ya’ni, o‘zbek millati boshqa yurtlarda mardikorlik qilmoqda. Bu esa ularning oxir-oqibat qullikka tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Odam savdosidan eng katta azob chekayotganlar o‘zbek aëllaridir. Qolaversa, Rossiya va Qozog‘istonda mardikorlik qilib azob chekaëtgan o‘zbek mardikorlaridir. O‘zbek mardikorlarini ahvolini o‘nglash uchun O‘zbekistonda hammasini noldan boshlash kerak. Odam savdosiga qarshi kurashish uchun avvalambor O‘zbekistonni o‘zida islohot o‘tkazish kerak”1.

Joriy yilda O‘zbekiston odam savdosiga qarshi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston fuqarolarini himoyalash uchun parlament tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. SHuningdek, O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish uchun 2008-2010, 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan milliy dastur ishlab chiqilgan.



Download 161.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling