Adabiyotlar tahlili
Odamlar savdosi va unga qarshi kurashga oid huquqiy normativ hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan chop ettirilgan maxsus to‘plamda tanishish mumkin.2 Umuman olganda, bitiruv-malakaviy ishimiz mavzusiga oid maxsus adabiyotlar mavjud emas. Biroq, Rossiyalik T.Bakka, L.Belyaeva, S.Juravlev, D.Lebedevlar odamlar savdosi, uning huquqiy jihatdan baholanishi, qulchilik, bu boradagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan bir qator kitoblari va maqolalari e’lon qilingan1. Biroq ularda asosan Rossiyadagi ahvol tahlil qilingan. O‘zbekistondagi ahvol esa gazeta va jurnallardagi hamda Internetdagi maqolalarda o‘z aksini topgan. Adabiyotlarning kamligi tufayli biz asosan Internetda keltirilgan xabarlar, maqolalar, axborotlar2 asosida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarga erishishga harakat qildik. SHuningdek, odamlar savdosi va uning oqibatlari, unga qarshi kurash va profilaktika ishlari borasidagi ayrim ma’lumotlar mutasaddi tashkilotlarning aholi orasida tarqatiladigan flaerlarida keltirilgan.3
Do'stlaringiz bilan baham: |