Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti amaliy psixologiya yo
I BOB. Ehtiyojlar haqida umumiy tushuncha
Download 240.59 Kb.
|
Kurs ishi Intizora Akparovna
I BOB. Ehtiyojlar haqida umumiy tushuncha
1.1 Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar. Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. Ehtiyoj subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hatti-harakatlar, feʼl-atvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy ehtiyoj boʻlishi mumkin. Ehtiyojning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarishga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan. Ehtiyoj oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va ehtiyojni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Masalan, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan. Ehtiyoj ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi. Tarixan ehtiyoj oʻsib boradi, ular xilma-xil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. Ehtiyoj tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiy-ashyoviy ehtiyoj (moddiy va maʼnaviy), oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyim-kechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga ehtiyoj, shuningdek, iqtisodiy ehtiyoj tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash ehtiyoji kiradi. Iqtisodiy ehtiyojni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subʼyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy ehtiyoj). Bozor munosabatlari sharoitlarida ehtiyoj pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi. Ishlab chiqarish va ehtiyoj oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy ehtiyojdan tobora har tomonlama rivojlangan inson ehtiyojining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin. Ehtiyoj — insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan zaruriyat. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u „xohish“, „istak“ boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Biz bir vaqtning o'zida yashaymiz. Ulardan biri haqiqiy, kichik, jismoniy. Yana biri bizning ongimizda, fikrlarimizda yashaydi - psixologik. Bu haqiqiy hayotdan ancha katta. Barcha qo'rquvlar, orzular, istaklar va tajribalar asosan biz tomonidan o'ylab topilgan, bizning miyamiz tomonidan qarz va ko'p miqdorda massaj qilinadi va haqiqiy dunyoda umuman mavjud emas. Insonning psixologik ehtiyojlari zamonaviy dunyoda ko'proq e'tiborni talab qiladi, chunki insoniyat erishgan yutuqlar va turmush darajasining oshishi tufayli fiziologik ehtiyojlar allaqachon osonlikcha qondiriladi. Inson ehtiyojlarini boshdan kechiradigan, lekin ularni qondira olmaydigan holat noqulaylik hissi tug'diradi. Norozilik jamiyatdagi keskinlikni, aholi faolligini keltirib chiqaradi. Yaratilgan ehtiyojlarni qondirish insonni muvozanatga, normal munosabatga qaytaradi. Tabiat tomonidan yaratilgan va ehtiyojni qondirish uchun kishilardan hech qanday haq talab qilmaydigan narsalarga quyosh nuri, havo, suv, yer, boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Download 240.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling