Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


II.BOB. BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI


Download 426.5 Kb.
bet17/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

II.BOB. BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI
2.1. BRMni rag‘batlantirish va amalga oshirishda parlamentning o‘rni


Insoniyat taraqqiyotga erishgani sari global muammolarni birga va hamjihatlikda hal qilish ehtiyoji ham o‘sib boraveradi. Shu bois xalqaro tuzilmalar tomonidan eng dolzarb masalalar yechimida barcha davlatlar salohiyatidan hamkorlikda foydalanish choralari ko‘rib kelinmoqda. Xususan, BMT tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) qamrab olingan masalalar nuqtai nazaridan butun insoniyat uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 2015 yilda O‘zbekiston hukumati 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun Global kun tartibini amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
Dastlab O’zbekistonda BRMni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. 2019 yil 20 martda ushbu kengash ularning ijrosini nazorat qilish uchun 206 ko‘rsatkichni tasdiqladi. BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida 119 ta ko‘rsatgich bo‘yicha ma’lumotlarga ega veb-portal (http://nsdg.stat.uz) ishga tushirildi, 80 ta ko‘rsatkich bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish ishlari davom etmoqda29.
O‘zbekistonda BRMni amalga oshirish 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar strategiyasi doirasidagi keng ko‘lamli islohotlar bilan uyg‘un kechdi. Mazkur strategiya va uning beshta ustuvor yo‘nalishi BRMga erishish yo‘li sifatida tasdiqlandi. E’tiborlisi, BRMni milliy hamda mintaqaviy rivojlanish strategiyasi va dasturlar, jumladan, 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasiga integratsiya qilish ishlari ham olib borildi.
Hozirgi vaqtda 190 dan ortiq strategik hujjat, tarmoq va mintaqaviy dastur hamda strategiyalar BRM vazifalari va ko‘rsatgichlarini o‘z ichiga to‘liq oladi. Hukumat 23 ta global reyting (indekslar), jumladan, BRM global reytingi orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuzatib boradi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hozir 66-o‘rinni egallab turibdi30.
Bugun O‘zbekiston parlamenti qonun ustuvorligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda har bir inson hayotida barqaror rivojlanishga erishish uchun BMT tomonidan taklif qilingan maqsadlarni amalga oshirishda parlament a’zolari mas’uliyat hamda shaffoflikka alohida e’tibor qaratayotganliklarini ham ta’kidlash joiz. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy vositasi esa parlamentning nazorat funksiyalaridan samarali foydalanishdir. Negaki, aynan parlament nazorati BRMga erishish borasidagi ishlar holatini xolisona baholash imkonini beradi.
Shu munosabat bilan 2020-yili O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzilib, uning nizomi tasdiqlandi31. O‘zining qonun ijodkorligi hamda nazorat qiluvchi vakolatlaridan foydalangan holda, parlamentning har ikki palatasi barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda. Bu ishlarga fuqarolik jamiyati, yoshlar hamda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari ham keng jalb qilingan.

Download 426.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling