Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


Bundan tashqari, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlarda ham faollik bilan ishlar olib borilmoqda


Download 426.5 Kb.
bet20/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

Bundan tashqari, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlarda ham faollik bilan ishlar olib borilmoqda:

  • atrof-muhit ob’ektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer qa’ri, bio xilmaxillik, qo‘riqlanadigan tabiiy hudud) antropogen ta’sir, boshqa salbiy ta’sir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini ta’minlash;

  • ekologik jihatdan kam xavf tug‘diruvchi materiallar, mahsulotlar, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqa ob’ektlardan ustuvor darajada foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;

  • zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni ta’minlash;

  • chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish;

  • aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirish va fuqarolik jamiyatining bu boradagi rolini kuchaytirish.

Konsepsiyada ko‘zda tutilgan bu vazifalar tegishli “yo‘l xaritalari” asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018 yilning 27 noyabr kuni Nyu-Yorkda BMT shafeligida Orol bo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trast fondi faoliyati taqdimoti va uning ishga tushirilishi bo‘yicha maxsus yuqori darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Trast fondining maqsadi Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha loyiha va dasturlarga donorlik mablag‘larini jalb qilishdan iborat. Navbatdagi qadam sifatida 2019 yil 8 yanvarda Prezidentimizning “Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, jumladan, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Shu qaror bilan ushbu trast fondi faoliyatiga ko‘maklashish va donorlar hamjamiyatining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha idoralararo ishchi komissiyasi tuzildi. Fond uchun huquqiy, institutsional asosni yaratish maqsadida 2019 yil 24 yanvarda fond boshqaruv qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilib, mazkur qo‘mita va texnik kotibiyat tarkibi hamda fondning rahbariyati tasdiqlandi.
2019 yilda uning hisob raqamiga Norvegiya hukumati tomonidan 1,1 million va O‘zbekiston hukumati tomonidan 2 million dollar o‘tkazildi. Bu mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilishi mo‘ljallangan 2 ta loyihani moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi. Eng muhimi, bu yo‘nalishdagi ishlar tobora izchillik kasb etib, qo‘lga kiritilayotgan natijalar salmoqli bo‘lib bormoqda.
BRMning amalga oshirishda xalqaro hamkorlikka, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tayaniladi. Bu borada Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forum muhim ahamiyat kasb etdi. 2021 yil 23-24 iyun kunlari Buxoroda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” masalalariga bag’ishlangan xalqaro forum tashkil qilindi39. Unda BMT rasmiylari, Xitoy Xalq Respublikasi, Malayziya, Indoneziya, Latviya, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Qirg’iziston parlamentlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari faol ishtirok etdilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning eng muhim shartlaridan biri- bu keng qamrovli hamkorlikni samarali yo’lga qo’yishdir. Global pandemiya tufayli dunyo mamlakatlarida nafaqat sog’liqni saqlash tizimlari, balki iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda inqirozli vaziyat yuzaga kelganligi munosabati bilan pandemiyadan keyingi tiklanish va barqaror rivojlanishda faol xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda BRMni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamoatchilik ishtiroki, barqaror rivojlanish manfaatlari yo’lida jahon parlamentlari o’rtasida xalqaro muloqot va global hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda gender yo’naltirilgan siyosat va yoshlar parlamentarizmini rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumining Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi40.
Buxoro deklaratsiyasi barqaror rivojlanish bo’yicha global kun tartibini yanada inklyuzif, ochiq va shaffofroq amalga oshirishning ta’minlashning qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli yo’llarini nazarda tutadi. Hujjatda yoshi, jinsi, millati, kelib chiqishi, dini, iqtisodiy holatidan qat’iy nazar, barcha shaxslarning siyosiy jarayonlarda ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlar gender tenglikka e’tibor qaratgan holda inson huquqlarini himoya qilishni targ’ib qilish choralarini ko’rishi, rivojlanayotgan mamlakatlarni tashqi samarali va har tomonlama qo’llab-quvvatlash uchun parlamentlararo hamkorlik yo’llaridan faol foydalanishi, 2030 yilgi kun tartibiga erishishda barqaror rivojlanish muammolarini yengib o’tish, samarali strategik va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun eng yaxshi amaliyot va tavsiyalar almashishi kerakligi belgilab berildi41.
Shuningdek, Barqaror rivojlanish sohasidagi qonunchilik siyosatini muhokama qilish va targ’ib qilishda muhim rol o’ynaydigan parlament fraksiyalari va siyosiy partiyalar guruhlarining salohiyatini oshirish, umumiy g’oyalarni targ’ib qilish uchun parlament a’zolarining mintaqaviy va global tarmoqlari bilan muloqotni kengaytirish ko’zda tutildi. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga fuqarolik jamiyati, xususan siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, xayriya tashkilotlari, xususiy sektor, ilmiy muassasalar va boshqa barcha darajadagi mansabdor tomonlar ham faol jalb etilishi ta’kidlandi.
Xulosa qilsak, mamlakat iqtisodiy farovonligi uning boshqa davlatlar bilan hamkorligi darajasiga bog’liq. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hukumatlararo, parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kuchaytirishni davrning o’zi taqozo etmoqda. Bu jarayonda barcha manfaatdor tomonlar, xususiy sektor va oddiy odamlar ham faollik ko’rsatishi lozim. Zero, iqlim o’zgarishi, atrof-muhit muhafazasi kabi masalalar butun insoniyatni birdek xavotirga solmoqda. Ma’lumki, hech qaysi mamlakat global maqsadlarga alohida va yakka holda erisha olmaydi. Davlatlararo muntazam muloqot, ishonch hamda yaqin hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Shu sababli Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament nazoratining ahamiyati nihoyatda muhim. Shu o’rinda Germaniyani misol tariqasida keltirsa bo’ladi. Bu davlatda Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi bajarilishini kuzatish vazifasi bilan shug’ullanuvchi komissiya mavjud. Norvegiya esa byudjet muhokamasini BRM dasturi ijrosini ta’minlash nuqtai nazaridan kelib amalga oshiradi. Bu kabi tajribalarni o’rganish foydadan xoli emas. O’zbekistonda ham bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasidan o’rgangan holda Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzildi. Milliy parlamentimizni Barqaror rivojlanish maqsadlari ijrosiga keng jalb etish orqali Parlamentlararo Ittifoq va BMT bilan hamkorlik aloqalar yanada mustahkamlandi.



Download 426.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling