Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


Shuningdek, mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi


Download 426.5 Kb.
bet19/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

Shuningdek, mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi:
— Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ularning ijrosini monitoring qilish, jumladan, milliy reja va dasturlar hamda parlament nazoratini ta’minlashda parlament a’zolarining rolini mustahkamlash imkonini beradi;
— BMT Global kun tartibining tamoyillarini aks ettiruvchi zarur shart-sharoitlarni, jumladan, milliy huquqiy tizimni yaratish, BRMning milliy siyosatda in’ikosini ta’minlash uchun qonunchilikka tatbiq qilish, o‘rganish va tahlil etishga ko‘maklashadi;
— BRMga erishish yo‘lida byudjetni rejalashtirish va tasdiqlash, bu borada qilinayotgan ishlar bajarilishi hamda monitoringi bo‘yicha qarorlarni aniqlash uchun boshqa davlatlar bilan tajriba almashish doirasidagi muhim vazifani bajarishga yordamlashadi.
Umuman, milliy parlamentimizni Barqaror rivojlanish maqsadlari ijrosiga keng jalb etish orqali Parlamentlararo Ittifoq va BMT bilan hamkorlik aloqalar yanada mustahkamlanmoqda. Keyingi yillardagi sa’y-harakatlar hamda qo‘lga kiritilayotgan natijalar ham shundan dalolat berib turibdi.
O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi BRM indeksi reytingini yaxshilash bo‘yicha Hukumat tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Bertelsmann Stiftung” jamg‘armasi bilan global BRM indeksini hisoblash metodologiyasini o‘rganish va doimiy ravishda axborot almashish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilyapti. BRMga erishish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni xolis baholash uchun “MICS” bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish ishlari boshlangan bo‘lsa, aholini ro‘yxatga olish hamda tibbiy-demografik tadqiqotlarni o‘rganish va statistikani yaxshilash borasidagi tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. O‘zbekistonning valyutalar xarid qobiliyati paritetlariga34 asoslangan xalqaro taqqoslashlar dasturida ishtirok etishi uchun ham hozirlik ko‘rilyapti. O’zbekistonning BRMga erishish yo‘lida sobitqadamligi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash jarayonida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Ma’lumki, yurtimizda bu virus bilan ilk kasallanish holati 2020 yilning mart oyida kuzatildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli kasallanganlar soni keskin oshib ketishining oldi olindi. Shu tarzda, mamlakatda ro‘yxatga kiritilgan kasallanganlar orasidagi o‘lim ko‘rsatkichi jahon statistikasi ko‘rsatkichlaridan past qayd etilib, 2020 yilning mart oyi oxiriga 0,4 foiz, 2021 yilning martida esa 0,7 foizni tashkil qildi.
BRMga erishish yo‘lidagi intilishlarimiz natijasida o‘tgan to’rt yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini erkinlashtirish borasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Bunday yutuqlar 2015 — 2019 yillarda iqtisodiy o‘sishga qaratilgan murakkab islohotlarni amalga oshirish va fuqarolarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasida ham ko‘zga yaqqol tashlandi.
BRM asosidagi Milliy maqsadlarga erishish biz uchun eng to‘g‘ri yo‘l. Shu bois hozirgi paytda Hukumatimiz tomonidan davlat institutlarini isloh qilish, fuqarolik jamiyatining islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish hamda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi davlat xizmatlarini yaxshilash choralari ko‘rilayotganligini ham ijobiy holat sifatida baholash kerak.
Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan har bir vazifa tahlili shuni ko’rsatadiki, ularni hal qilish uchun faqatgina davlat institutlarining salohiyatidan foydalanish bilan cheklanib qolmasdan, jamiyatimizdagi barcha institutlarning sa’yi harakatlarini safarbar etish talab qilinadi. Bunda davlat organlari bilan bir qatorda, biznes sub’yektlari hamda fuqarolik jamiyati vakillarining ishtiroki ham muhimo’rin tutadi. Darhaqiqatdan ham davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini bu sohaga yo’naltirish eng to’g’ri yechimlardan biridir. Zero, parlamentlar bu borada barcha zarur tashkiliy va nazorat vositalariga ega.
O’zbekiston BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish doirasida o’z zimmasiga olgan barcha majburiyatni aniq va to’liq bajarib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi yetakchilik roli, uning mazkur sohadagi davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirish jarayoniga shaxsan boshchilik qilib, faol ishtirok etayotganligi bu borada ko’rilayotgan choralar samaradorligini va ta‘sirchanligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. So’nggi yillarda O’zbekiston BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida katta tajriba orttirdi.
Misol sifatida, Milliy tariximizda birinchi marta mamlakatimizda kambag’allik mavjudligi ochiq e’lon qilinib, uni qisqartirish bo’yicha zarur chora tadbirlar dasturi ishlab chiqildi35. O’zbekistonda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand qatlamlarini hisobga noyob tizimi joriy etildi. Yurtimizda “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila-tadbirkor”, “Yoshlar -kelajagimiz ” kabi dasturlar, “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari joriy etildi. Qo’llab-quvvatlashga muhtoj ayollar va yoshlar yashaydigan kam ta’minlangan oilalarning nomma-nom hisobotini yuritish, ularning ehtiyojlariga davlat tomonidan e’tibor qaratish amaliyoti yo’lga qo’yildi. Ehtiyojmand aholining aniq yo’naltirilgan holda qo’llab-quvvatlash uchun yangi, yanada takomillashgan shart-sharoitlar yaratildi. Bu o’z navbatida, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining birinchi yo’nalishdagi, ya’ni kambag’allikni barcha shaklini bartaraf etish kabi vazifalarni bajarish uchun asos bo’lib xizmat qilmoqda. 1-maqsad asosida aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirishga jiddiy kirishilib, 2015 yilda 12,8 foiz bo‘lgan bu ko‘rsatkichni 2019 yilga kelib 11 foizga tushirishga erishildi36.
Xususan, 2030 yilga qadar kambag’allikni ikki baravar kamaytirish va o’ta qashshoqlikni tugatish, aholining eng kam ta’minlangan 40 foizi daromadlarining o’sishini mamlakat bo’yicha o’rtacha ko’rsatgichdan yuqori darajada qo’llab-quvvatlash vazifasi belgilangan.
Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo’yicha 2-maqsad asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston 2020 yilda Ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish global indeksida 6,7 ball bilan 107 davlat orasida 30-o‘rinda qayd etildi va ochlik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kiritildi37. Albatta, bunga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Buning zamirida hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari (g‘alla, tuz, tuxum, kartoshka, meva-sabzavot, poliz ekinlari va uzum)ga bo‘lgan ichki ehtiyojlar to‘la qondirilgani yotibdi.
Uchinchi maqsad asosida ya’ni Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasida oxirgi yillarda bajarilgan ishlarni nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro jamoatchilik ham e’tirof etib kelyapti. Buning natijasini birgina ko‘rsatkich, ya’ni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi darajasi 2015 yilda 15,1 foizni tashkil etgani holda, 2019 yilda 12,4 gacha pasaygani misolida ham ko‘rish mumkin.
Gender tenglikni ta’minlash borasidagi intilishlar ham oxirgi yillarda o’z natijasini bermoqda. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun oxirgi besh yilda ko‘plab hujjatlar qabul qilindi. Agar xotin-qizlar hamda erkaklarga 15 yoshdan boshlab jinsiy va reproduktiv salomatlikni saqlash xizmatlari hamda axborotdan to‘liq va teng foydalanish imkoniyatini beruvchi qonun hamda me’yoriy hujjatlar soni 2015 yilda 73 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda 101 tani tashkil qildi. Lekin aytish kerakki, bu borada hali muammolar ham bor. Masalan, xotin-qizlarning ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi erkaklarnikidan yuqori bo‘lib, 12,8 foizlik ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. Rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushi pastligicha qolmoqda. Shuning uchun ham Oliy Majlis Senati tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlar uchun barcha sohada teng imkoniyatlar yaratishni maqsad qilib qo‘ygan 2030 yilgacha mo‘ljallangan gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi.
Muhim maqsadlardan biri bo‘lgan umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash borasida ham sezilarli natijalarga erishildi. Jumladan, so‘nggi to’rt yil ichida maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 2017 yildagi 27,7 foizdan 60 foizgacha oshdi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar soni 2016 yildagi har 10 ming kishiga 84 tadan 2020 yilda 140 taga yetdi.
Ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi qabul qilindi. Unda O‘zbekistonning atrof-muhitni muhofaza etish sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ya’ni vazifalari aniq belgilab berildi. Bugungi kunda ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega boʻlishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikka oid 20 dan ortiq qonunlar va yuzlab qonunosti hujjatlari qabul qilinib hayotga tatbiq qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, 2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi shular jumlasidandir. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan takliflar asosida Orolboʻyi mintaqasini “Ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus Rezolyutsiya qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolboʻyi mintaqasi uchun BMTning inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. O’zbekiston Respublikasining Yangi konstitutsiyasida ham bir qator ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq normalar qo’shildi. Xususan, konstitutsiyaning 49-moddasida davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish boʻyicha zarur choralar koʻrishi belgilandi38.
Ma’lumki, Barqaror rivojlanish maqsadlari insoniyat kamolotining ajralmas qismi bo’lib, shu nuqtai nazardan, BRM aynan bir millat yoki davlatninggina emas, balki butun jahon hamjamiyatining orzu-istagidir. Shunday ekan, uni birgalikda, hamkor va hamjihatlikda hal etish mumkin.
Mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat ana shu hayotiy ehtiyoj asosida yo‘lga qo‘yilgan. BRMni amaliyotga samarali tatbiq etishda O‘zbekiston hukumati, eng avvalo, BMTning tuzilmalari, jumladan, Taraqqiyot dasturi, Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Gender tengligi hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha tuzilmasi hamda boshqalar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Har bir bir yo‘nalish bo‘yicha birgalikda dasturlar, “yo‘l xaritalari” joriy etilmoqda.

Download 426.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling