Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat


Download 426.5 Kb.
bet18/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • muvofiqlashtiruvchi kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi va unga bu borada ko‘maklashadi;

  • milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish, ularga erishish masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning hisobotlarini har chorakda kamida bir marta eshitib boradi;

  • qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

  • shu yo‘nalishdagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tizimli ravishda monitoring qilib boradi;

  • milliy maqsadlar va vazifalarga kiritilgan sohalar (ijtimoiy, sog‘liqni saqlash, ekologiya, gender tenglik, kambag‘allikni bartaraf etish va boshqalar) rivojini tanqidiy tahlil qiladi;

  • barqaror rivojlantirish sohasidagi ishlarning amaldagi holatini o‘rganadi;

  • mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganadi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda faol qatnashadi;

  • hukumat taqdim etadigan yillik byudjet parametrlari yetarliligi va milliy BRMni O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha rejaga mosligini ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lsa, keyingi yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti va Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

  • BRM borasidagi yutuqlarni keng yoritish maqsadida jamoatchilik bilan aloqalarni, jumladan, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining yuksak darajadagi siyosiy forumida Ixtiyoriy milliy sharhlarni muhokama qilish va taqdim etishda qatnashish orqali qo‘llab-quvvatlaydi;

  • parlament komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni muhokama qiladi.

Bugun bu komissiya tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2020-yili mazkur tuzilma tomonidan respublika hududlarida milliy barqaror rivojlanish maqsadlari hisoblangan — kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, onalar va bolalar himoyasi, gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha holat o‘rganib chiqildi.
Ushbu tadqiqotda 37 ta milliy vazifa va 50 dan ziyod ko‘rsatkichlar qamrab olingan bo‘lib, unda 19 ta davlat organi rahbarlari hisobotlari tinglandi. BRMning milliy maqsadlaridan kelib chiqib, hukumat vakillariga Oliy Majlis tomonidan 27 ta parlament, 388 ta senatorlik hamda 338 ta deputatlik so‘rovlari yuborildi32.
BRMga erishishda Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish to‘g‘risida maxsus rezolyutsiya qabul qilish taklifini alohida tilga olish o‘rinlidir33. Zero, mazkur hujjatning qabul qilinishi parlament tomonidan qonunlar ko‘rib chiqish jarayonida BRMga mos ekanligi nuqtai nazaridan yondashishga, nazorat funksiyalarini bajarishda ijro organlarining bu boradagi faoliyatiga alohida baho berishga, shu bilan birga, BRMning joylarda hayotga tatbiq etilishiga jiddiy e’tibor qaratishga xizmat qiladi.

Download 426.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling