Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


KIRISH I.BOB. YANGI O’ZBEKISTONNING MILLIY BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI


Download 426.5 Kb.
bet4/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

KIRISH
I.BOB. YANGI O’ZBEKISTONNING MILLIY BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI

1.1. Barqaror rivojlanish: kelib chiqishi, tushunchasi, xususiyatlari


1.2. O’zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlari va vazifalari


II.BOB. BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI


2.1. BRMni rag‘batlantirish va amalga oshirishda parlamentning o‘rni
2.2. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda nodavlat notijorat tashkilotlar ahamiyati
Xulosa va tavsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jahondagi hech bir davlat milliy o’zligi, taqdiri va kelajagini, barcha soha va tarmoqlarda erishayotgan yutuqlarini milliy istiqloldan, u bergan huquq va imkoniyatlardan ayri holda tasavvur eta olmaydi. Bu haqiqatni O’zbekiston mustaqillik yillarida bosib o’tgan g’oyat murakkab va ayni paytda sharafli yo’l ham yaqqol tasdiqlab turibdi. Mustaqillik yillarida ko’p millatli O’zbekiston xalqi o’zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og’ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta tarqqiyot yo’llarini bosib o’tdi.
Yurtimiz ilgari iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ong va tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida barcha mamlakatlar bilan do’stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi1.
So’nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi, 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasini joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan -milliy yuksalish sari” g’oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritilayotganligiga guvoh bo’lmoqdamiz.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning teng huquqli a’zosi sifatida tashkilot bilan hamkorlikni o’z tashqi siyosiy strategiyasida milliy manfaatlarni ilgari surishning muhim platformasi sifatida qarab keladi. So’nggi yillarda mamlakatimiz xalqaro ahamiyatga ega tashabbuslari bilan BMT doirasidagi hamkorlikka yangicha mazmun-mohiyat bag’ishlab, ikki tomonlama aloqalarni jadal mustahkamlab bormoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assamleyasining 75-sessiyasidagi nutqida2 mintaqaviy va global miqyosda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlash, izchil taraqqiyotni ta’minlash, inson huquqlariga rioya etishni qo’llab-quvvatlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o’zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag’allikni qisqartirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari taklif qilgan tashabbuslardan biri-global miqyosdagi muammolarni hal etishga qaratilgan muhim xalqaro huquqiy hujjatga oid bo’lib, “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlarning rolini oshirish to’grisida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi” ni qabul qilishni nazarda tutdi. E’tiborlisi, bu va boshqa ilg’or g’oyalar O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy sohalardagi islohotlari va izchil amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasining eng muhim yo’nalishlari ifodasi bo’lib, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga to’liq mos kelgan3. Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida hamda Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishni davomi sifatida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining qabul qilinishi islohotlar davomi bo’ldi4. Bu xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’idagi amaliy harakatlarni izchil davom ettirish, jamiyatimizda tichlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, Yangi O’zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko’lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o’zgarishlar alohida tadqiq etilmaganligi mavzuning dolzarbligini asoslashda muhim o’rin tutadi.
2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son 2022-2026 yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi farmonini, Vazirlar Mahkamasining “2030 yilgacha bo’lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari hamda ushbu sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur bitiruv malakaviy ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 426.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling