Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi
Download 426.5 Kb.
|
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barqaror rivojlanish qator xususiyatlarga ega
Barqaror rivojlanish maqsadlari- 2012 yilda BMT tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo’lib, u har bir inson uchun farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik ko’rsatgichlarni o’z ichiga oladi. Mazkur maqsadlar BMTga a’zo davlatlar tomonidan 2015-2030 yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga kiritilgan17.
Barqaror rivojlanish qator xususiyatlarga ega: Bu atrof-muhitga zarar etkazmasdan, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga erishish mumkin degan ishonchga asoslanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilashga qaratilgan biznes va hukumatning sa'y-harakatlari iqtisodiy rentabellikni keltirib chiqarishi kerak. Aks holda, ular ijtimoiy va ekologik jihatdan mos bo'lsa ham, ular vaqt o'tishi bilan barqaror bo'la olmaydi. Barqaror rivojlanish, shuningdek, odamlarning hayot sifatini yaxshilashga intiladi. barqaror rivojlanishga yordam beradigan harakatlar targ'ib qilinadi; jamoat transportidan foydalanish, plastmassalardan foydalanishni kamaytirish, qayta ishlash, ta'lim va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan resurslardan o'rtacha foydalanish va qayta tiklanadigan resurslardan asta-sekin foydalanish kiradi. 2015 yilda BMTga aʼzo davlatlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish dasturini qabul qilgan. 2018 yil 20 oktyabrda O'zbekiston hukumati ham "2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi. Ushbu qaror asosida O’zbekiston hukumati 2030 yilgacha bo'lgan davrda 16 ta barqaror rivojlanishning milliy maqsadlari va tegishli 127 ta maqsadlari tasdiqlangan chora-tadbirlar ishlab chiqilidi. Barqaror rivojlanish maqsadlari – bu BMTning dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash hamda turmush farovonligini oshirishga, adolatli va baqraror jamiyat qurishga qaratilgan global chaqirig’idir. Barqaror rivojlanish dasturi 17 ta global maqsadni hamda ular bilan bog’liq 169 ta vazifani o’z ichiga oladi18: Qasshoqlikni yo’qotish Ochlikni tugatish Sog’liq va farovonlik Sifatli ta’lim Gender tengligi; Toza suv va sanitariya; Arzon va toza energiya; Munosib ish o’rinlari yaratish va iqtisodiy o’sish Sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma; Tengsizlikni kamaytirish; Barqaror shaharlar va qulay yashash joylarini yaratish; Ma’suliyatli iste’mol va ishlab chiqarish; Iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish Dengiz ekotizimlarini asrash; Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash; Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv; Barqaror rivojlanish yo’lida hamkorlik O’zbekiston mazkur maqsadlardan 16 tasini milliylashtirish va amalga oshirish vazifasini o’z oldiga qo’ygan. Respublika hududida dengiz havzalari mavjud bo’lmagani bois, 14-maqsad (dengiz ekotizimlarini asrash) O’zbekiston tomonidan milliylashtirilmagan19. Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 2020 yilgi sessiyasi muhim tarixiy voqea sifatida qabul qilinib, tashkilotning 75 yillik yubiley sanasiga to’g’ri kelgan edi. Garchi o‘tgan davr mobaynida BMT faoliyati ayrim tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, tashkilot global tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega jahonning nufuzli ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmasi hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida tashkilot bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosiy strategiyasida milliy manfaatlarni ilgari surishning muhim platformasi, deb qaraydi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbariyati xalqaro ahamiyatga ega tashabbuslari bilan BMT doirasidagi hamkorlikka yangicha mazmun-mohiyat bag‘ishlab, ikki tomonlama aloqalarni jadal mustahkamlab bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining joriy 75-sessiyasidagi nutqida mintaqaviy va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni taʼminlash, inson huquqlariga rioya etishni qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi20. Prezident tashabbuslaridan biri global miqyosdagi muammolarni hal etishga qaratilgan muhim xalqaro huquqiy hujjatga oid bo‘lib, “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlarning rolini oshirish to‘g‘risida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi”ni qabul qilishni nazarda tutdi. Eʼtiborlisi, bu va boshqa tashabbuslar O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi islohotlari va Harakatlar strategiyasining eng muhim yo‘nalishlari ifodasi bo‘lib, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos kelgan edi. Endilikda Barqaror rivojlanish maqsadlari Harakatlar strategiyasining davomi sifatida Taraqqiyot strategiyasi yo’nalishlariga ham mos kelgan holda davom ettirilmoqda. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Barqaror rivojlanish maqsadlari – bu BMTning dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash hamda turmush farovonligini oshirishga, adolatli va baqraror jamiyat qurishga qaratilgan global chaqirig’i hisoblanadi. Unda mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, jamiyat taraqqiyoti va gullab-yashnashi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ish kabi asosiy ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qilinadi. O’zbekiston Respublikasi ham 2015 yilda BMTning Barqaror rivojlanish dasturini qabul qiladi. 2018 yilga kelib, O'zbekiston hukumati "2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qiladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha Milliy maqsad va vazifalar muvaffaqiyat bilan amalda tatbiq etilmoqda. Barqaror Rivojlanish Maqsadlari, yoki Global Maqsadlar deb nomlanuvchi qashshoqlikni yo'q qilish, sayyorani himoya qilish va barcha odamlarga tinchlik va farovonlik olib kelishga qaratilgan universal choralardir. Download 426.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling