Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


Umumqamrovli va adolatli sifat ta’limini ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag’batlantirish


Download 426.5 Kb.
bet10/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

Umumqamrovli va adolatli sifat ta’limini ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag’batlantirish;

Ushbu maqsadda 2030 yilgacha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’limni, umumiy qamrovni saqlab qolgan holda, o‘qitishning dolzarb va samarali natijalariga erishishni ta’minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, barcha o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha o‘qitishning sifatli tizimlaridan ular boshlang‘ich ta’limni olishga tayyor bo‘lishlari maqsadida bemalol foydalanish imkoniyatini ta’minlash, barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun arzon va sifatli o‘rta maxsus, oliy, kasb-hunar hamda qo‘shimcha ta’limdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, shu bilan birga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ko‘nikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish kabi vazifalar qo’yildi.

  1. Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

Hamma joyda barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatasiya hamda ekspluatasiyaning boshqa shakllarini tugatish, erta nikohlar va zo‘rlab nikohlashni tugatish, kommunal xizmatlar, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimlarini taqdim etish orqali parvarishlash va uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha haq to‘lanmaydigan mehnatni tan olish va qadrlash, milliy sharoitlarni hisobga olgan holda oilada xo‘jalik yuritish uchun umumiy mas’uliyat tamoyilini rag‘batlantirish, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida har tomonlama ishtirok etishlarini hamda qaror qabul qilishda yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash kabi vazifalar belgilandi.


  1. Download 426.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling