Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko’maklashish


Download 426.5 Kb.
bet12/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

9. Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko’maklashish
Iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, shu jumladan, hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda barcha uchun arzon va teng huquqli foydalanishni ta’minlash, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuvga ko‘maklashish va ishlov beruvchi tarmoqlarning oldinlab rivojlanishi, resurs tejovchi i ekologik xavfsiz texnologiyalarni keng qo‘llash orqali mavjud korxonalarni modernizasiyalash hamda yangilarini tashkil etish yo‘li bilan 2030 yilgacha sanoat ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 40 foizga yetkazish rejalshtirilgan. Mayda sanoat korxonalari va kichik korxonalarning moliyaviy xizmatlardan, shu jumladan arzon kreditlardan, foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda ishlab chiqarish-sotish zanjirlarida qo‘shilgan qiymatni hosil qilish va bozorlarga integratsiyalashuvni kuchaytirish orqali infratuzilmani modernizasiyalash va sanoat korxonalarini qayta jihozlash, resurslardan foydalanish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlaridan keng foydalanish hisobidan ularni barqaror qilish, bunda barcha manfaatdor mamlakatlarning ularning individual imkoniyatlariga muvofiq ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.

  1. Mamlakat ichida tengsizlikni uning barcha ko’rinishlarida qisqartirish

Ushbu maqsad 2030 yilgacha aholining eng kam ta’minlangan 40 foizi daromadlarining mamlakat bo‘yicha o‘rtacha darajadan oshishiga erishish va daromadlari o‘sishini qo‘llab-quvvatlashda qaratilgan. Shu qatori barcha odamlarning, ularning yoshi, jinsi, nogironligi mavjudligi, millati, dini va ijtimoiy maqomidan qat’iy nazar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishini qonunchilik yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, qonunchilikning kamsitishga qarshi me’yor va qoidalarining amalda, ayniqsa aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga nisbatan, to‘liq va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, tegishli siyosatni, ayniqsa, byudjet-soliq siyosatini hamda ish haqi va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha siyosatni qabul qilish, asta-sekin ko‘proq tenglik ta’minlanishiga erishish hamda tartibga solingan, xavfsiz, boshqariladigan mehnat migratsiyasi va samarali migratsiya siyosatiga ko‘maklashish ko’zda tutilgan26.


  1. Download 426.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling