Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

 
 


142 
Список литературы: 
1. Михайлишина Г.Ф. Изучение современной физики в педагогическом 
вузе. 
Диссертация 
на 
соискание 
ученой 
степени 
кандидата 
педагогических наук // Москва, 2002. 288 c. РГБ ОД, 61:02-13/2035-2 
2. мhttps://qomus.info/oz/encyclopedia/f/fizika/ 
 
XALQ HUNARMANDCHLIGINING AMALIY JIHATLARINI 
O‘RGATISH 
A.T.Umirov 
TerDU “Umumtexnika fanlari va texnologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi 
 
Respublikamizda yoshlarga xalq hunarmandchiligi turlarini o‘rgatish va uni 
istiqbolli rivojlantirish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Respublikamiz miqiyosida xalq hunarmandchiligi va uni rivojlantirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan qaror va farmonlarning qabul qilinishi, qolaversa har xil xalqaro 
festivallarning tashkil etilishi va o‘tkazilishi shular jumlasidandir. 
O‘zbekistonni xorijiy mamlakatlarga tanishtirishda asosiy vosita sifatida 
hunarmandlar tomonidan did bilan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari 
hisoblanadi. Bular jumlasiga (to‘qilgan va tikilgan buyumlar, naqqoshlik va 
o‘ymakorlik buyumlari, zardo‘zlik buyumlari va h.k)ni kiritish mumkin. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlarida, kasb-hunarni 
o‘rganish bo‘yicha markazlarda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ,ustoz-
shogird maktablarida xalq hunarmandchiligi turlari va uning elementlarini 
o‘rgatish asosiy va dolzarb masalalardan biri ekanligini har bir o‘qituvchi bilish va 
bu haqda o‘rgatish lozimligini unutmasliklari lozim. 
Xalq hunarmandchiligining amaliy jihatlarini o‘rgatish jarayonida eng avvalo, 
o‘quvchilar uning turlarini, yo‘nalishlarini, rivojlanish bosqichlarini,maktablarini 
va asoschilarini va ularning qo‘shgan hissalarini hamda zarur bo‘lgan asbob-
anjomlarini, sir-asrorlarini tanishish bilan boshlashlari lozim 
Xalq hunarmandchiligining naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik,
kulolchilik, beshikchilik, mebelsozlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi turlarning sir-
asrorlari bilan yaqindan tanishdilar. 
Yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik... tarixi V-VI asrlarga borib taqaladi. 
Arxeologik qazish ishlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, Respublikamizda yog‘och 
o‘ymakorligi, kulolchilik va boshqa Xalq hunarmandchiligi turlari juda qadimda 
ham san’at asarlari darajasida rivojlangan. 
Yog‘och o‘ymakorligi kulolchilik va boshqa Xalq hunarmandchiligining 
barcha turlarini o‘rganishda chizmani, naqqoshlik sirlarini o‘zlashtirishlari lozim 
bo‘ladi. Eskiz va buyumlarning chizmalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishlari 
lozim bo‘ladi. 


143 
Yog‘och o‘ymakorligi , naqqoshlik va boshqalar bilan shug‘ullanishda 
o‘quvchilar qobiliyatlarini aniqlanishi, shakllantirilishi ham bosqichma-bosqich 
belgilab berilsagina yaxshi ntaija beradi degan fikrdamiz. 
Amaliy vazifalarni bajarishda quydagi bosqichlarni amalga oshirish lozim 
bo‘ladi: 
1.Bajariladigan vazifani idrok etishi, tushunishi va asoslashi lozim; 
2.Topshiriqlarni eskizini yoki chizmasini ishlab chiqishi; 
3.Topshiriqni (mehnat ob’ekti) ustida asboblarni tanlab o‘z o‘rnida 
foydalanib, amaliy ishlarni bajarishi; 
4.Ishlarni bosqichlar asosida bajarilishi; 
5.Tayyor bo‘lgan buyumlarni ijodiy yechimlarini to‘g‘ri baholashi. 
Amaliy topshiriqlarni bajarishda har bir bosqichning natijaviyligini 
o‘quvchilarda mexanik fikrlash, o‘lchov va ish asboblaridan o‘z o‘rnida unumli 
foydalanishi va ko‘nikma malakalarini rivojlanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. 
Yog‘och o‘ymakorligi yoki boshqa xalq hunarmandchiligi ishlarida amaliy 
vazifalarni bajarishda zagatovkalarni to‘g‘ri tanlashi, ishni bajarishga tayyorlab 
olinishi va undan so‘ng unga moslab andozasi (ulgi, nusxa)ni va asboblarni 
tayyorlab olishi yaxshi natija beradi. 
Naqqoshlik, o‘ymakorlik ganchkorlik turlarida islimiy pargori ustasi Qodirali 
Haydarov ish tajribasidan ham bosqich ketma-ketligining elementlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Xalq hunarmandchiligini naqsh bilan bog‘liq jihatlarini tanlashda har bir 
elementni qismini, turini, guruhini to‘g‘ri bajarishda “oddiydan-murakkabga”, 
“osondan-qiyinga” mosligiga rioya qilib borish ham yaxshi natija beradi.
O‘ymakorlik, naqqoshlik va ganchkorlik ishlarida tanlanadigan narsalarni 
qanday buyumga hamda katta-kichikligiga qarab, dastlab naqshning yarim gajak, 
gajak navdalarini chiziqlarini, bandlari chizib olinib, shunga mos iskanalar 
tanlanadi, ya’ni baliq sirtni (nov) iskanalar bilan o‘yilsa o‘yma chiroyli chiqadi, 
jozibadorligi oshadi. Naqshlar atrofi to‘liq kesilib, bo‘lingach, maxsus uchi egik 
iskana bilan naqshlarning zamini o‘yilib, chuqurlashitiriladi. 
Tekislash ishlarida esa to‘g‘ri iskanalardan foydalanish yaxshi natija beradi. 
O‘ymalarni bajarishda har bir iskanalarni ehtiyotkorlik bilan aniq holda, o‘z 
o‘rnida foydalanilsa, o‘yilayotgan naqsh sifatli va ko‘rkam chiqadi. 
Xalq hunarmandchiligi yo‘anlishalarining amaliy jihatlarini o‘rganishda 
amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, suxbatlarni tashkil etish, ilmiy maqolalarni 
o‘qish, milliy urf-odatlarni o‘rganish, so‘rab-surishtirish,ustoz-shogird tizimi 
asosida amaliy ishlarni bajarishda ishtirok etish, uchraydigan muammoli 
vazifalarni jamoa bo‘lib bartaraf etish, o‘zaro axbarotlarni almashish muhim ijobiy 
natijalarga erishishga amaliy yordam beradi. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling