Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


-rasm. Zukker mashinasining tola yigirish jarayoni


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

1-rasm. Zukker mashinasining tola yigirish jarayoni 
Paxta tolasiga ishlov berish jarayonlari 3D formatida ishlab chiqilgan video 
lahvalar orqali ketma ketlikda izohlab borilgan bo’lib, bunda talabalar har bitta 


67 
jarayonni eshitish bilan birgalikda ko’rish imkoniyatlariga ham ega bo’ladilar. Shu 
bilan birga qisqa vaqt ichida jarayonni yakunigacha ko’rish, bilim va 
ko’nikmalarga ega bo’lishlari, “Zukker” (tola yigirish) mashinalarining ishlash 
sxemalari bilan ham tanishib olish imkoniyatlari yaratiladi. 
Zamonaviy ta’lim tizimini modernizaysiya qilish jarayonida har bitta ishlab 
chiqilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, va majmualarni dasturiy vositalar, 
innovatsion-pedagogik texnologiyalar asosida yaratish ta’lim tizimida tub 
islohatlar, yangilanishlar bo’lishiga sabab bo’ladi. Bundan ko’zlangan maqsad esa 
har bitta tayyorlanayotgan texnologiya fani o’qituvchilari uchun yengillik, ilmiy 
salohiyatlarining yanada yuksak darajada shakllanishiga olib keladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. A.Parpiev, A.Maraximov Elektron o’quv uslubiy majmualar. Oliy ta’lim 
muassasalari uchun / –T.: O’zME davlat ilmiy nashriyoti, 2008. – 144 b. 
2. Solovov A.V. Virtualnыe uchebnыe laboratorii: nekotorыe napravleniya i 
prinstipы razrabotki // Telematika, 2002: Sankt-Peterburg: SPbGITMO, Moskva: 
GosNII ITT «Informatika», 2002. – 366 s. 
3. Ziyonet.uz 
 
 
ELEKTROTEXNIKA, RADIOTEXNIKA VA ELEKTRONIKA FANINI 
O’QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN FOYDALANISH 
IMKONIYATLARI 
U.I. Bahranova
BuxDU 2-bosqich magistranti 
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va 
nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. 
Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham - novatsiya, - 
innovatsiya hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z 
yuritiladi.
Pedagogik innovatsiya ta’lim mazmunini boyitadi va o‘qitish shakl, usul va 
vositalarini yangilash vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarning 
kirib kelishi kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, 
axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalari yordamida ta’lim jarayonida 
pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qaratilgan tizimni o‘z ichiga oladi [1].
Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv 
jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik 
vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli 
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi 
sifatida ishlatiladi. 


68 
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
1. O‘rgatuvchi dasturlar - o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan 
kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; 
2. Test dasturlari - egallangan bilim, malaka, ko‘nikmalar va 
kompetensiyalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; 
3. Mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va 
mustahkamlashga xizmat qiladi; 
4. O‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar 
(Virtual borliq tizimlari) [3]. 
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish 
maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy 
omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik 
guruhlarga ajratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar 
kiradi: ilmiylik, tushunarlilik, qat’iylik va tizimlilik (pedagogika, psixologiya, 
informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental 
asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), 
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy davomi hamda 
to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollik (o‘qitish 
mustaqilligi hamda faollik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini 
o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolligi, o‘qitish, tarbiyalash, 
rivojlantirish va amaliyotning yaxlitligi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy), tafakkur (tushunchaviy-
nazariy, ko‘rgazmali-amaliy), diqqat (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivatsiya 
(yuqori darajada ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta aloqa yordamida 
o‘quvchilarning 
yuqori 
darajadagi 
motivatsiyalarini 
doimiy 
ravishda 
rag‘batlantirish), xotira, tasavvur, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini 
hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini hisobga 
olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv masalalari murakkablik darajasi ta’lim 
oluvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv 
materialini o‘zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan 
ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi. 
Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi 
qurilmalari, test o‘tkaziladigan manbalar kiradi. 
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, internet navigatorlar
tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o‘qitish 
jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. 
Estetik talablarga tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o‘lchami, 
rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. 
Maxsus talablarga interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik, mustaqillik va 
moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual 
rivojlanish, 
differensiatsiyalash 
(tabaqalashtirish), 
kreativlik, 
ochiqlik, 
funksionallik, ishonchlilik.


69 
Ergonomik talablarga do‘stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran 
shakllarini tashkil etish.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik 
talablarga javob berishi kerak: 
- o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli 
komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi; 
- o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo 
mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga olinishi; 
- ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bosqichma - bosqich o‘zlashtirganligini 
turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining 
yaratilishi. 
Shu o‘rinda elektrotexnika, radiotexnika va elektronika fanini o’qitishda 
dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish o‘qitishning eng sodda va sifatli usuli 
hisoblanadi, jumladan quyidagi “Elektronika” virtual laboratoriya dasturi ta’lim 
jarayoni samaradorligini oshirishda qo‘l keladi (1-rasm). 
“Elektronika” virtual laboratoriya dasturi yordamida elektrotexnika, 
radiotexnika va elektronika fanidan laboratoriya ishlariga doir zanjirlarni yig‘ish, 
tajribalar o‘tkazish, tajriba natijalarini elektron hisobot tarzida chop qilish 
imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi. 
1-rasm. “Elektronika” virtual laboratoriya dasturi oynasi. 
“Elektronika” virtual laboratoriya dasturi o‘zida quyidagi imkoniyatlarni 
jamlagan (2-rasm):
2-rasm. “Elektronika” virtual laboratoriya dasturi paneli. 
“Elektronika” virtual laboratoriya dasturi yordamida tajriba natijalarini 
elektron hisobot tarzida chop qilish va tahlil qilish mumkin. Bu esa ta’lim 
oluvchilarning 
kasbiy 
kompetensiyalarini 
shakllantirishning 
innovatsion 


70 
usullaridan biri bo‘lib, ta’lim oluvchilarning olgan natijalari asosida baholash 
imkonini beradi va innovatsion usulda nazorat o‘tkazishni ta’minlaydi. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling