Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Foydalanilgan adabiyotlar: 
4. Бегимкулoв 
У.Ш. 
Педaгoгик 
тaълимдa 
зaмoнaвий 
axбoрoт 
теxнoлoгиялaрини 
жoрий 
этишнинг 
илмий-нaзaрий 
aсoслaри. 
Moнoгрaфия. -T.: Фaн, 2007.
5. Қoдирoв 
Б.Ғ., Бегимқулoв У.Ш., Aбдуқoдирoв A.A. “Axбoрoт 
теxнoлoгиялaри”. Электрoн дaрслик. 2002 й. 


65 
PROFESSIONAL VA TEXNOLOGIK TA’LIMNI 
MODERNIZATSIYALASH JARAYONIDA DASTURIY VOSITALARNING 
O’RNI 
S.I. Baxtiyorova 
BuxDU 1-bosqich magistranti
 
Respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va jahon talablariga 
javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash o’qituvchilar zimmasiga 
muhim vazifalarni qo’ymoqda. Ana shunday vazifalar qatorida professional 
ta’limni modernizatsiyalash, o’quv adabiyotlarining zamonaviy avlodini yaratish 
alohida ahamiyatga molikdir. Chunki taraqqiyotning hozirgi bosqichi bir qator 
xususiyatlari bilan farq qilibgina qolmasdan, unga mos bo’lgan talablarni ro’yobga 
chiqarishni ham taqazo qilmoqda. Natijada bugungi kunda tahsil olayotgan bilimga 
chanqoq, zukko talabalarni bundan 10-15 yil ilgarigi talabalarga tenglashtirish 
mumkin emas. Gap shundaki, yaqin 10 yil ilgari talabalar zarur malumotlarni 
asosan o’qituvchi va mavjud adabiyotlardan olgan bo’lsa, bugun esa vaziyat keskin 
o’zgardi. Zamonaviy va samarador innovatsion-pedagogik texnologiyalarning 
hayotga keng joriy etilayotganligi, ayniqsa bu jarayonlarning axborot almashinuv 
tizimiga ham keng qamrovda kirib kelayotganligi vaziyatni tubdan yangilamoqda. 
Oqibatda hozirgi avlodning ma’naviy ehtiyojlari ham tez o’sib borayapti. Ularni 
aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish va o’qish mativlarini shakillantirishda 
o’qituvchidan pedagogik bilimdonlik, pedagogik tajriba, ijodiy izlanuvchanlik 
hamda o’z ustida tinimsiz ishlashi bilan birga zarur axborot vositasi va ta’lim 
usullaridan oqilona va o’rnida foydalanishi darsning samarali tashkil etilishini 
taminlaydi. Shundagina o’quv jarayonining sifat va samaradorligi oshadi. Bundan 
kelib chiqqan holda isloh etilayotgan ta’lim tizimi oldiga talabalarimiz talablariga 
javob bera oladigan o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish zaruratini ham 
ko’ndalang qilib qo’ygani ham bejiz emas aslida.
Darslarning sifati o’qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga o’qituvchining 
nechog’li ma’suliyat bilan yondashishligi, uning mazmunini yetkazishga qaratilgan 
mahorati, faoliyati bilan belgilanadi. O’qituvchi mavzuni yoritish uchun o’ta 
muhim bo’lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog’langanligini 
his qilib bayon etib tushuntira olsa ma’lum maqsadga erishgan bo’ladi. Buning 
uchun hozirgi mavjud o’qitish vosita va qurollardan samarali foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda professional ta’limni modernizatsiyash yani 
innovatsion-pedagogik texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish usullarini 
ishlatish (kompyuter, internet, proeksion apparatlar, virtual labaratoriya, 
multimediyalar va hokozolar) asosiy maqsad hisoblanadi. Hаr qаndаy islоhоt, 


66 
iqtisоdiyotdаgi hаr qаndаy nаtijаning pirоvаrd mаqsаdi, kishilаr turmushini, 
mаishiy shаrоitini yaхshilаsh, fаrоvоnlik dаrаjаsini yuksаltirishgа qаrаtilgаn. 
Ma’lumki, ko’p hollarda o’quv dasturida muayyan bir tushuncha yoki 
bilimni egallashi uchun belgilab qo’yilgan vaqt bo’lajak texnologiya fani 
o’qituvchilarining o’zlashtirish imkoniyatlariga mos kelmaydi, bu esa talabalarning 
vaqti, kuchini tejashda nomutanosib holatlarni vujudga keltirishi, professional 
ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida dasturiy vositalardan foydalangan 
holda, katta mazmundagi dasturlashtirilgan elektron o’quv qo’llanmalarni 
shakllantirish, tadbiq qilingan elektron darsliklar ustida yanada mukammalroq 
ishlash 
taassurotlarini 
uyg’otadi. Shuningdek “Materialshunoslik” fani 
yuklamalarida ko’rsatilgan labaratoriya dars mashg’ulotlarini bevosita bajarib 
ko’rish qiyinligini hisobga olgan holda, mashg’ulotlarni elektron o’quv 
qo’llanmalar asosida tashkil qilish, professional ta’limni modernizatsiya qilishning 
yana bir bo’g’ini hisoblanadi. Labaratoriya dars mashg’ulotlarini tashkil etish 
jarayonida talabalarni to’qimachilik korxonalariga olib bormasdan turib, 
dasturlashtirilgan elektron o’quv qo’llanmalar asosida dars jarayonini tashkil etish, 
yuksak natijalar olish imkoniyatlarini yaratadi. Dasturlashtirilgan elektron o’quv 
qo’llanmada “To’qimachilik tolalarining olinish jarayoni” bevosita videoroliklar, 
foto lavhalar, 3D animatsiyalar asosida tashkil qilinishini ko’rishimiz mumkin va 
bu albatta professional ta’limda yangi natijalarga erishishni ta’minlab beradi. 
Dasturlashtirilgan elektron o’quv qo’llanmada to’qimachilik tolalariga Zukker 
mashinasi orqali ishlov berish jarayoni quyidagi 3D formatida ishlab chiqilgan 
video animatsiyalar orqali namoyon bo’ladi. Bunday animatsiyalar quyidagicha: 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling