Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Қўйсинов О.А. Компетентли ёндашув асосида бўлажак ўқитувчиларнинг 
касбий-педагогик ижодкорлигини ривожлантириш технологиялари. Дисс. 
... п.ф.д. DSc. – Т.: - 2019. – 218 б. 
2. Ҳамидов Ж.А. Бўлажак касб таълими ўқитувчиларини тайёрлашда 
ўқитишнинг замонавий дидактик воситаларини яратиш ва қўллаш 
технологияси. Дисс. ... п.ф.д. DSc. – Т.: - 2017. – 335 б. 
3. Ҳимматалиев Д.О. Касбий фаолиятга тайёргарликни диагностика қилишда 
педагогик ва техник билимлар интеграцияси. DSc диссертацияси 
автореферати – Т.: - 2018. – 22 б. 
4. Chorshanbiyev Z.E. The pedagogical potential of e-learning environments to 
improve mathematical and scientific training of engineering personnel. 
European Journal of Research and Reflection in Educational Science. Volume 
7, Number 1, 2019, 41-44pp. 
5. Chorshanbiyev Z.E. Content as Component Aimed af Improving Quality of 
Students’ Understanding Studied Material. Eastern European Scientific Journal. 
Ausgabe 3-2018. 333-336pp. 


93 
TEXNOLOGIK MA’DANIYAT VA KASBIY KOMPETENTLIKNI 
SHAKLLANTIRISH OMILLARI 
E.J. Turdiyev
QarDU dotsenti, p.f.n., 
V. Bozorova, Q. Raximov
QarDU magistrantlari 
Oliy ta’lim tizimining zimmasiga Prezidentimiz takidlaganidek, “... o’z 
kasbining puxta bilimdoni, qobiliyatli, yuksak pedagogik madaniyatga ega bo’lgan 
...” yuqori makali kadrlarni tayyorlash vazifasini yuklatilgan. 
Zamonaviy talabga javob bera oladigan texnologik ta’lim o’qituvchisini 
tayyorlashda umuminsoniy madaniyatni shakllantirish bilan bir qatorda pedagogik, 
kasbiy va texnologik ma’daniyatni ham shakllantirish nazarda tutiladi. 
Texnologiya o’qituvchisida pedagogik, kasbiy va texnologik ma’daniyatni 
kasbiy kompetentlikni shakllantirish orqali amalga oshirish yaxshi samara beradi. 
Avvalo “ma’daniyat”, “pedagogik madaniyat”, “kasbiy madaniyat”, 
“texnologik madaniyat” tushunchalariga to’xtalib o’taylik. 
Ma’daniyat - bu insoniyat tomonidan o’zining o’sib borayotgan extiyojlarni 
to’laroq qondirish maqsadida amalga oshirib kelgan barcha faoliyat (ijtimoiy, 
iqtisodiy, ma’naviy, marifiy va h.k.)lari natijasida erishilgan yutuqlarining yuqori 
darajasi. 
Pedagogik ma’daniyat esa pedagogik kasbiy vazifalarini hal qilish, ya’ni 
zamonaviy ta’lim texnologiyalari, vositalari va tarbiyalash usullarini 
o’zlashtirganlik, pedagogik bilimdonlik, texnika va mahoratini namoyon qila 
olishning yuqori darajasi hisoblanadi. 
Kasbiy madaniyat deganda o’z sohasida ta’limiy va tarkibiy jarayonlarni 
ilmiy – nazariy, metodik va xususiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishini bildiragigan 
pedagogik madaniyatning tarkibiy qismi tushuniladi. 
Texnologik madaniyat – shaxsning zamonaviy sharoitda mavjud texnika – 
texnologiyalar (jumladan sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va h.k.)dan imkon 
darajasida xabardor bo’lish, o’z sohasidagilarining ishlash prinsiplarini va 
tuzilishini puxta o’zlashtirish, zarur vaziyatlarda ularni samarali qo’llay olish,
shuningdek texnologik – texnik fikrlash darajasini anglatadi.
Hozirgi kunda mehnat bozorida munosib o’rin egallash uchun kuchli 
raqobatga bardoshli bo’lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega 
bo’lish, uni uzchil ravishda rivojlantirib borishni taqazo etadi.
Kasbiy kompetentlik muxassis tomonidan alohida bilim, ko’nikma va 
malakalarni egallashini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ 


94 
bilimlar va harakatlarni puxta o’zlashtirishilishi bilan bir qatorda umuminsoniy 
madaniyat hamda texnologik madaniyatni egalashni ham nazarda tutadi.
Texnoligiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligi quyidagi holatlarda 
namoyon bo’ladi

murakkab texnologik jarayonlarda 

noaniq vazifalarni bajarishda 

bir biriga zid ma’lumotlardan foydalanishishda 

kutilmagan vaziyatda harakatni amalga oshirishda

ijtimoiy va o’zaro munosabatlarda 

o’zini tuta bilishi, nazorat qila olishidir 

muomila va o’z fikrini boshqalarga yetkaza olishdir 

tashkilotchilik va vaziyatlarni boshqara olishadi 

yuqori darajada insoniyatlik fazilatlarida 
Texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish 
orqali uning texnologik madaniyatini shakllantirish mumkin. Buning uchun:

kasbiy mahotatni muntazam oshirib borish 

o’z faoliyatiga tanqidiy va ijodiy yondashish 

kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish 

ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish 

salbiy odatlarni bartaraf etib borish 

ijobiy sifatlarni o’zlashtirish 

muloqatga kirishuvchanlik odatlarini egallash 

pedagogik fikrlashda tizimlilikka faoliyatga intilish 

ijodkorlik, hozir javoblilik qobiliyatini rivojlantirish 

texnik texnologik malakalarni egallash kabi omillardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
Shunday qilib, kasbiy kompetentlikni shakllantirish orqali texnologik ta’lim 
o’qituvchisining texnologik madaniyatini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lish 
mumkin. Bu esa o’quv va tarbiya jarayonida talabalarga texnalogik ta’lim 
o’qituvchisiga xos va mos bo’lgan kasbiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling