Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Texnologiya darsida “Zakovat o‘yini”
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiya darslarida “To‘g‘ri top” o‘yini
- Zanjir o‘yini.
Texnologiya darsida “Zakovat o‘yini”. Bu o‘yinni o‘tkazishda dastlab dars
jarayonini o‘yinga moslashtirish lozim bo‘ladi. O‘yin ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi. Yuqori ball olgan o‘quvchilar o‘yinda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. O‘yin ishtirokchilari 6-8 kishidan iborat bo‘ladi. Qolgan o‘quvchilar esa o‘yinni tamoshabin sifatida kuzatib turishadi. O‘yin uchun mo‘ljallangan savollar konvertga joylashtirib qo‘yiladi. Guruh sardori savolni olib o‘qituvchiga beradi. O‘qituvchi savolni o‘qib eshittiradi. Javobni aniqlash uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi. Bu vaqt orasida o‘yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib topishga harakat qilishadi. Bu o‘yinni asosan, yuqori sinfda o‘tkazish tavsiya etiladi. Misol: Gazlamalarning fizik xossalari….. Gazlamalarga issiqlik ishlovi berish….. Jun gazlamalarning olinishi…… Ipak gazlamalarning xususiyatlari v.h.k. Zakavot o‘yinlarida asosan, o‘rtaga muammoli savollar tashlanib, muammoning yechimi ko‘proq o‘quvchilar tomonidan mustaqil hal etiladi. Texnologiya darslarida “To‘g‘ri top” o‘yini. Ushbu o‘yinni tashkil etish uchun ikkita plakat kerak bo‘ladi. O‘qituvchi birinchi navbatda mavzu bo‘yicha kalit so‘zlarni yozib qo‘yadi, o‘quvchi esa tartibni o‘zgartirgan holda kalit so‘zlarning izohini yozib qo‘yadi, bu o‘yin ko‘proq mavzularni mustahkamlashda ahamiyatlidir. Misol: Texnologik xarita….. Texnologik operatsiya…. 176 Texnologik jarayon v.h.k. Zanjir o‘yini. O‘yin mazmuni, 4ta kichik guruh shakllantiriladi, har bir guruhdan 1 ta o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. 1 o‘quvchi mavzuga tegishli atamani aytadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi aytganini va o‘zinikini qo‘shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2 o‘quvchi aytgan atamalarga yana o‘zi yangisini qo‘shib aytadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi, o‘yin so‘nggida o‘yindan chiqib ketmay qolgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Ushbu o‘yinning afzalligi shundaki, xotirani mustahkamlashga yordam beradi, barcha o‘quvchini dars jarayoniga jalb qiladi, tafakkurni rivojlantiradi. O‘quvchi faoliyatida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish quyidagi funksiyalarni bajaradi: • o‘yin har doim o‘quvchilarning ma‘lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishini orttiradi; • o‘yin davomida o‘quvchilarga muloqotga kirishishi kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi; • o‘quvchining o‘z iqtidori, qiziqishi bilimini va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi; • o‘yin jarayonida ijtimoiy me’yorlarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; • o‘quvchining ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi; • o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘nikmasi shakllantiriladi [3]. Xulosa shuki, innovatsion texnologiyalarning mohiyatini to‘g‘ri anglagan, undan maqsadga muvofiq foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, innovatsion kasbiy faoliyatni yaratishi, mahoratli va albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling