Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Texnologiya darsida “Zakovat o‘yini”


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Texnologiya darsida “Zakovat o‘yini”. Bu o‘yinni o‘tkazishda dastlab dars 
jarayonini o‘yinga moslashtirish lozim bo‘ladi. O‘yin ishtirokchilari test 
yordamida saralab olinadi. Yuqori ball olgan o‘quvchilar o‘yinda ishtirok etish 
huquqiga ega bo‘ladi. O‘yin ishtirokchilari 6-8 kishidan iborat bo‘ladi. Qolgan 
o‘quvchilar esa o‘yinni tamoshabin sifatida kuzatib turishadi. O‘yin uchun 
mo‘ljallangan savollar konvertga joylashtirib qo‘yiladi. Guruh sardori savolni olib 
o‘qituvchiga beradi. O‘qituvchi savolni o‘qib eshittiradi. Javobni aniqlash uchun 
bir daqiqa vaqt ajratiladi. Bu vaqt orasida o‘yin ishtirokchilari javobni 
maslahatlashib topishga harakat qilishadi. Bu o‘yinni asosan, yuqori sinfda 
o‘tkazish tavsiya etiladi. 
Misol:

Gazlamalarning fizik xossalari….. 

Gazlamalarga issiqlik ishlovi berish….. 

Jun gazlamalarning olinishi…… 

Ipak gazlamalarning xususiyatlari v.h.k. 
Zakavot o‘yinlarida asosan, o‘rtaga muammoli savollar tashlanib, 
muammoning yechimi ko‘proq o‘quvchilar tomonidan mustaqil hal etiladi. 
Texnologiya darslarida “To‘g‘ri top” o‘yini. Ushbu o‘yinni tashkil etish 
uchun ikkita plakat kerak bo‘ladi. O‘qituvchi birinchi navbatda mavzu bo‘yicha 
kalit so‘zlarni yozib qo‘yadi, o‘quvchi esa tartibni o‘zgartirgan holda kalit 
so‘zlarning izohini yozib qo‘yadi, bu o‘yin ko‘proq mavzularni mustahkamlashda 
ahamiyatlidir. 
Misol: 

Texnologik xarita….. 

Texnologik operatsiya…. 


176 

Texnologik jarayon v.h.k. 
Zanjir o‘yini. O‘yin mazmuni, 4ta kichik guruh shakllantiriladi, har bir 
guruhdan 1 ta o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. 1 o‘quvchi mavzuga tegishli 
atamani aytadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi aytganini va o‘zinikini qo‘shib 
aytadi. Undan keyingisi oldingi 2 o‘quvchi aytgan atamalarga yana o‘zi yangisini 
qo‘shib aytadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi, 
o‘yin so‘nggida o‘yindan chiqib ketmay qolgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Ushbu 
o‘yinning afzalligi shundaki, xotirani mustahkamlashga yordam beradi, barcha 
o‘quvchini dars jarayoniga jalb qiladi, tafakkurni rivojlantiradi.
O‘quvchi faoliyatida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish quyidagi 
funksiyalarni bajaradi:
• o‘yin har doim o‘quvchilarning ma‘lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishini 
orttiradi;
• o‘yin davomida o‘quvchilarga muloqotga kirishishi kommunikativ - 
muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi;
• o‘quvchining o‘z iqtidori, qiziqishi bilimini va o‘zligini namoyon etishga 
imkon yaratadi;
• o‘yin jarayonida ijtimoiy me’yorlarga mos xulq-atvorni egallash
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
• o‘quvchining ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin 
tayyorlaydi;
• o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish 
ko‘nikmasi shakllantiriladi [3].
Xulosa shuki, innovatsion texnologiyalarning mohiyatini to‘g‘ri anglagan
undan maqsadga muvofiq foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z 
qobiliyatlarini takomillashtirishi, innovatsion kasbiy faoliyatni yaratishi, mahoratli 
va albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling