Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. N.A. Muslimov, Sh.S. Sharipov,O.A. Qo‘ysinov ,,Mehnat ta’limi o’qitish 
metodikasi, kasb tanlashga yo’llash’’ Toshkent -2014 
2.
Ibragimova S.B ,,Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish 
texnologiyalari’’ Toshkent-2016
3. www.ziyonet.uz 
BO’LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIV QOBILIYATLARINI 
SHAKLLANTIRISH SHARTLARI 
Bahronova Shaxlo Islomovna 
BuxDU 1-bosqich magistranti 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 6 - sentyabrdagi 
“Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son farmoni [1] ijrosini ta’minlash 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan 
holda, bugungi kunda erkin fikrlaydigan, zamonaviy axborot texnologiyalarni 
qo‘llay oladigan pedagog kadrlarning ijodiy salohiyati, kompetentligini va 
kreativligini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
O‘qitish jarayonining vazifasi ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini 
ta’minlashni nazarda tutadi. Ta’lim beruvchilarning ilmiy-nazariy va amaliy 
bilimlarini oshirishda ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va pedagoglarini 
kreativligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamizda olimlar tomonidan kreativ o‘qitishning falsafiy, psixologik 
va pedagogik nuqtai nazardan ko‘p qirrali hususiyatlari tavsifi bo‘yicha bir qancha 
ilmiy izlanishlar olib borilgan. 
G.N.Ibragimovaning tadqiqot ishida kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, 
ijodkorlik xislatlarlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui bo‘lib, u o‘z ichiga 


184 
muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan 
ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi deb ta’kidlaydi.
Sh.X. Pozilovaning "kreativ o‘qitish" tushunchasini, pedagog va ta’lim 
oluvchi o‘rtasidagi munosabat, o‘zaro ta’lim oluvchi yoki ma’lum bir vosita orqali 
ta’lim oluvchi orasidagi jarayon bo‘lib, u shaxs kreativligini rivojlantirishga xizmat 
qiladi deb ta’riflaydi. 
Kreativlik tushunchasi (lot. ing.“create” yaratish, “creative” yaratuvchi, 
ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi 
[2]. 
Haqiqattan esa 
yangi, original (o’ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy 
bog’liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, 
o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. 
Pedagogik faoliyatda kreativlikning ahamiyatini “Kreativlik” va “pedagogik 
kreativlik” tushunchalarining mohiyatida, kreativlik sifatlarida, kreativlikni 
rivojlantirish shartlarida ko’rishimiz mumkin.
Bo’lajak pedagoglarni kreativlikni 
shakllantirish shartlarini keltiramiz.

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling