Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- BO’LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH SHARTLARI Bahronova Shaxlo Islomovna
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.A. Muslimov, Sh.S. Sharipov,O.A. Qo‘ysinov ,,Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi, kasb tanlashga yo’llash’’ Toshkent -2014 2. Ibragimova S.B ,,Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari’’ Toshkent-2016 3. www.ziyonet.uz BO’LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH SHARTLARI Bahronova Shaxlo Islomovna BuxDU 1-bosqich magistranti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 6 - sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son farmoni [1] ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda erkin fikrlaydigan, zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llay oladigan pedagog kadrlarning ijodiy salohiyati, kompetentligini va kreativligini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘qitish jarayonining vazifasi ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlashni nazarda tutadi. Ta’lim beruvchilarning ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va pedagoglarini kreativligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda olimlar tomonidan kreativ o‘qitishning falsafiy, psixologik va pedagogik nuqtai nazardan ko‘p qirrali hususiyatlari tavsifi bo‘yicha bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. G.N.Ibragimovaning tadqiqot ishida kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui bo‘lib, u o‘z ichiga 184 muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi deb ta’kidlaydi. Sh.X. Pozilovaning "kreativ o‘qitish" tushunchasini, pedagog va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabat, o‘zaro ta’lim oluvchi yoki ma’lum bir vosita orqali ta’lim oluvchi orasidagi jarayon bo‘lib, u shaxs kreativligini rivojlantirishga xizmat qiladi deb ta’riflaydi. Kreativlik tushunchasi (lot. ing.“create” yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi [2]. Haqiqattan esa yangi, original (o’ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy bog’liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Pedagogik faoliyatda kreativlikning ahamiyatini “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyatida, kreativlik sifatlarida, kreativlikni rivojlantirish shartlarida ko’rishimiz mumkin. Bo’lajak pedagoglarni kreativlikni shakllantirish shartlarini keltiramiz. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling