Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

 
 
BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TEXNOLOGIK-KONSTRUKTORLIK 
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA DASTURIY TA’LIM 
VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI 
A.R.Jo’rayev 
BuxDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri,
 
p.f.f.d. (PhD) 
N.Z.Namozova 
BuxDU “Texnologik ta’lim” yo’nalishi talabasi 
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, 
hayotda tub o’zgarishlar bo’lmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida ‘‘Ta’lim 
to’g’risida’’gi qonun va ‘‘Kadrlar tayyorlash milliy dastur’’lari asosida amalga 
oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. 
Yoshlarning kasb tanlashida, barkamol shaxs bo’lib yetishishida, ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlanishida texnologiya fani asosiy ko’makchi va muhim manba 
bo’lib xizmat qilmoqda. 
Bugun dunyo miqyosida zamonaviy ishlab chiqarishning jadal sur’atlarda 
rivojlanishi har bir mutaxasisdan, zamonaviy fan-texnika yutuqlari hamda aborot 
texnologiyalaridan unumli foydalana olish, mustaqil fikr yurita olish, muayyan 
sharoitda o’z bilimini tadbiq eta olish malakasini talab qiladi. 
Shu 
o’rinda 
bo’lajak 
o’qituvchilarda 
texnologik-konstruktorlik 
kompitentligini shakillantirish, dasturiy ta’lim vositalari hamda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish dolzarb vazifalarni belgilaydi. Kompetentlikning 
mavjudligi inson mehnatining natijasiga qarab aniqlanadi. Har bir mutaxasisning 
kompetentlik darajasi uning bajargan ishi shu kabi faoliyatning yakuniy 
natijalariga qo’yiladigan talablarga qay darajada rioya qilinganiga va inson 
mehnatining natijasiga qarab o’zgaradi. O’qituvchilarning an’anaviy o’qitish 
usulida laboratoriya va amaliy ishlar o’tkazilishi uchun ko’p vaqt sarflangan shu 
vaqt oralig’ida zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali ko’p talaba 
yoshlaga berilayotgan bilimni tez va oson o’zlashtirilishi, ularning tushunarli va 
xotirada yaxshi saqlanishiga yordam berayotganligi aniq isbotini topgan. Bundan 
tashqari ta’lim tizimida vidiokonferensiyalar tashkil qilinishi juda yaxshi samara 


182 
beribgina qolmasdan o’ziga xos imkoniyatlari ham mavjud ya’niy talabalar 
o’rtasida fikr almashishi, erkin va ijodiy tafakkurini rivojlantirish va o’z fikrini 
to’g’ri va aniq yetkazib berish qobiliyatiga ega bo’ladi. Zamonaviy ta’lim 
tizimining vazifasi shunchaki bilim berishgina emas balki o’quvchi talabalarning 
ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan iborat. 
Multimedia - bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, 
interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o‘zaro vizual va audiosamara 
ta’siridan iborat bo‘lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni bir raqamli taqdim 
etish usulida birlashtiradi. Gipermedia - bu multimediali obyektlarda 
qo‘llaniladigan gipermatnli vositalar bilan bog‘liq kompyuter fayllaridir. Ta’limni 
kompyuter va boshqa internet-texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishda, turli 
afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim kamchilklar ham mavjud: bu aloqa liniyalari 
bilan bog‘liq muammo bo‘lishi ham mumkin. Multimedia taqdimotlari deyarli 
barcha o'qituvchilar tomonidan keng qo'llaniladi. Ular o'qituvchilar uchun ham, 
talabalar uchun ham qulaydir. Asosiy kompyuter savodxonligi bilan siz 
o'quvchilarni muvaffaqiyatli natijalarga jalb qiladigan, qiziqtiradigan va 
yo'naltiradigan asl o'quv materiallarini yaratishingiz mumkin.
Multimedia taqdimotining afzalliklari quyidagilar: 
- har xil matnli audio va video tasvirlarning uyg'unligi; 
- prezentatsiyadan interfaol, multimediya doskasi sifatida foydalanish 
imkoniyati, bu sizga yangi leksik, grammatik va hatto fonetik materiallarni aniqroq 
semantirishga imkon beradi, shuningdek nutq faoliyatining barcha turlarini 
o'qitishda qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydi; 
- individual slaydlardan tarqatma materiallar (ustunlar, jadvallar, jadvallar, 
grafikalar, jadvallar) sifatida foydalanish imkoniyati; 
- butun sinfning diqqatini oshirish; 
- yangi o'quv materialini idrok etish va yodlash samaradorligini ta'minlash; 
- yangi bilimlarni o'zlashtirish va o'rganilayotgan materialni tizimlashtirish; 
- o'quvchilarning sinfdan tashqari va darsdan tashqari mustaqil ishlarini 
uyg'unlashtirish; o'qish vaqtini tejash; 
- o'qituvchilar va talabalarning kompyuter multimedia kompetentsiyasini 
shakllantirish, o'quv ishlarini tashkil etishda ularning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish. 


183 
Bugungi 
kunda 
multimedia 
texnologiyalari 

ta’lim jarayonini 
axborotlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ta’lim jarayoniga 
multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o‘quvchilarni intellektual 
rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim 
shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o‘qituvchisi tinimsiz o‘z ustida ishlashi, 
keng ijodiy tafakkurga ega, ilg‘or pedagogik va multimedia texnologiyalarini 
samarali qo‘llay oladigan shaxs sifatida o‘z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur 
fazilatlar egasi bo‘lishi davr talabidir. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot 
texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta’minotni takomillashtirish, 
moddiy baza, shuningdek, o‘qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab 
etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada 
oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling